Amadu Ba
Amadou Ba (1961-yil 17-mayda tugʻilgan) – ota-onasi gvineyalik boʻlgan senegallik siyosatchi. U 2022-yil 17-sentabrda Senegal bosh vaziri etib tayinlangan. 2019—2020-yillarda Senegal tashqi ishlar vaziri lavozimida foliyat yuritgan. 2013—2019-yillarda Moliya va iqtisodiyot vaziri boʻlgan.
Amadou Ba | |
---|---|
Ba 2018-yilda | |
Senegal Bosh vaziri | |
Mansab davri 17-sentabr 2022-yil | |
Prezident | Macky Sall |
Oʻtmishdoshi | Mahammed Dionne |
Senegal tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2019-yil aprel – 1-noyabr 2020-yil | |
Prezident | Macky Sall |
Bosh vazir | Mohammed Dionne |
Oʻtmishdoshi | Sidiki Kaba |
Vorisi | Aissata Tall Sall |
Moliya va iqtisodiyot vaziri | |
Mansab davri 2-sentabr 2013-yil – 2019-yil aprel | |
Prezident | Macky Sall |
Bosh vazir |
Aminata Touré Mohammed Dionne |
Oʻtmishdoshi | Amadou Kane |
Vorisi | Abdoulaye Daouda Diallo |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-may 1961-yil Dakar, Senegal |
U 2011[1], 2012 va 2013-yillarda New African jurnali tomonidan eng nufuzli 100 ta afrikaliklardan biri sifatida qayd etilgan[2].
Yoshligi va taʼlimi
tahrir1980-yilda menejment boʻyicha texnik bakalavr darajasiga erishgan. 1988-yilda Milliy boshqaruv va magistratura maktabining (ENAM) iqtisod fanlari boʻyicha korporativ boshqaruv va soliqlar va mulklar boʻyicha chuqurlashtirilgan holda magistrlik darajasi diplomini olgan.
Karyerasi
tahrirAmadou Ba 1989-yilda Diurbelda stajyor-inspektor boʻlgan. Keyin Dakardagi Soliq va mulk Bosh boshqarmasida (DGID) qoʻshilgan qiymat soligʻi birinchi boʻlimining bosh inspektori lavozimida ishlagan. 1991-yilda Parij va Baltimordagi xalqaro maʼmuriyat institutida qoʻshimcha malaka oshirgan[3].
1990-yildan 1992-yilgacha u Dakar-Plato boʻyicha bosh inspektor boʻlgan. Keyin 1994-yilgacha Sugʻurta direksiyasida sugʻurta boʻyicha nazorat komissari lavozimini egallagan, soʻngra tekshirish va fiskal tekshiruvlar direksiyasida tekshirish inspektori boʻlib ishlagan[3].
Bu lavozimlar bilan bir qatorda, Amadou Ba 1992-yilda ENAMda soliqlar va mulk boʻlimida va 1995-yildan 2000-yilgacha COFEB/BCEAO da dars bergan[3].
2013-yil 2-sentabrda Aminata Ture bosh vazir boʻlgach, Amadou Ba Amadu Keyn oʻrniga Moliya va Iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi[3]. 2023-yil 9-sentabrda u Prezident Macky Sall tomonidan 2024-yilgi prezidentlik saylovlari uchun Benno Bokk Yakaar (BBY) koalitsiyasining nomzodi etib saylandi[4].
Boshqa lavozimlari
tahrir- Afrika taraqqiyot banki (AfDB), Boshqaruvchilar kengashining rasmiy aʼzosi (2013-yildan)[5]
- Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ), Boshqaruvchilar kengashining rasmiy aʼzosi (2013-yildan)[6]
- Koʻp tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA), Jahon banki guruhi, Boshqaruv kengashining sobiq aʼzosi (2013-yildan)[7]
- Jahon banki, Boshqaruv kengashining rasmiy aʼzosi (2013-yildan)[8]
Shaxsiy hayoti
tahrirAmadou Ba uylangan va uch farzandi bor. [3]
Manbalar
tahrir- ↑ „Africa: Amadou Mahtar Ba Named to 'Most Influential' List“ (en). allAfrica.com (2011-yil 13-iyun). Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
- ↑ Gundan. „The 10 Most Powerful Men In Africa 2014“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 " Voici le curriculum vitæ de Monsieur Amadou Ba, Ministre de l’Economie et des Finances ", DakarActu, 2 September 2013.
- ↑ „Au Sénégal, Amadou Ba intronisé dauphin de Macky Sall“. https://www.jeuneafrique.com/. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
- ↑ AfDB Annual Report 2017 African Development Bank (AfDB).
- ↑ Board of Governors International Monetary Fund (IMF).
- ↑ Board of Governors Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA), World Bank Group.
- ↑ Board of Governors World Bank.