Ametist (safsar) — mineral, kvarsning shaffof binafsha rang turi. Ametistning yirik, chiroyli rangli kristallari qimmatbaho tosh. Sintetik Ametist ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ametist granit pegmatitlarida, kvars yertomirlarida va baʼzan metamorfik togʻ jinslari ichida ham hosil boʻladi. Ametist konlari Brazi-liya, Shrilanka o., Myanma (Birma), Ural togʻlari, Ukraina va boshqa joylarda bor.

Asosiy
Formulasi SiO2 Kremniy dioksid
Aralashma modda Fe2+, Fe3+
Guruh Silikat guruhi
Qattiqlik 7
Zichligi 2,63—2,65 g/sm³
singoniyasi Oltiburchakli
Ametist

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil