Amir Olimxon madrasasi
Amir Olimxon madrasasi[1][2] — 1915-yilda mang‘it hukmdori Sayid Olimxon tomonidan Buxoro amirligining oʻsha paytdagi poytaxti — Buxoroda tashkil etilgan madrasa.
Amir Olimxon madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | Madrasa |
Material | Pishiq g‘isht |
Meʼmoriy uslubi | Markaziy Osiyo arxitekturasi |
Qurila boshlagan | 1914 |
Qurilish tamomlangan | 1915 |
Ochilish sanasi | 1915 |
Xarita | |
Koordinatalari | 39°46′32″N 64°24′56″E / 39.77556°N 64.41556°E |
Tarixi
tahrirMadrasa 1914—1915[2]-yillarda Buxoro amirligidagi soʻnggi hukmdori Said Olimxon mablagʻlari hisobidan sakkiz burchakli gumbazli bino saqlanib qolgan Qozi Kalon hammomi[3] oʻrnida qurilgan.
Madrasa Poyi-Kalon[4] ansambli maydonining janub tomonida, Miri Arab madrasasi[3] yonida joylashgan.
Buxoroda Sovet hokimiyati o‘rnatilgach madrasa yopib qo‘yildi. 1924-yil boshidan yodgorlik shahar kutubxonasi vazifasini bajargan[3]. Keyinchalik O‘zbekiston SSR davrida madrasa Pavlik Morozov nomidagi bolalar kutubxonasiga aylantirildi.
Endilikda Oʻzbekistonning „Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxati“ga kiritilgan[5]. Hozirgacha kutubxona sifatida faoliyat yuritib kelmoqda[1].
2011-yilda madrasada taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan[1].
Ta‘lim
tahrirImom Sobirjon Mustofiy „Vaqt“ gazetasida chop etilgan „Buxoroda madrasa taʼsis etiluv munosabatila“ nomli maqolasida madrasaning bosh mudarrisi etib toshkentlik Xolmurod afandi tayinlangani, mudarris Sadriddin maxdum hisob, handasa, faroiz, mudarris Ibodulla Maxdum fatvo fanlaridan dars o‘tgani haqida maʼlumot bergan. Madrasada tafsir, hadis, kalom, fikh, usuli fikh, hisob, tajvid, tarix fanlaridan taʼlim berish belgilab qo‘yiladi. Madrasaning nizomnomasida bu o‘quv muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchining ikkinchi madrasada o‘qishi taʼqiqlanib, har yili tahsilning oxirida talabalarni imtihon qilish qatʼiy belgilab qo‘yilgan. Madrasa tashkil etilgan vaqtda unga faqat buxoroliklarni taʼlim olishiga ruxsat berilgan bo‘lib, keyinchalik chetdan kelgan o‘quvchilar ham qabul qilingan. „Vaqt“ jurnaliga Buxorodan kelgan bir maktubda 1915—1916-o‘quv yilida tataristonlik Is’hoq Sayfiddin madrasaga tahsil olish uchun qabul qilinganligi qayd etilgan[6]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Приложение №1 к Постановлению КМ РУз от 23.03.2010 г. N 49 «Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года»“. Nrm.uz. 2021-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Медресе Амир Олимхон“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Бабаджанова 1988.
- ↑ Юсупова 1997.
- ↑ „«Об утверждении Национального перечня объектов недвижимости материального культурного наследия»“. Lex.uz. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
- ↑ Jamolova, Dilnoza „Buxoro amiri Sayyid Olimxonning ta’lim sohasidagi islohotlari“. Buxoroisharif.uz. Qaraldi: 23-dekabr 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
°