Poyi Kalon (Forscha: پای کلان – Toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi: "katta oyoq' „) – Minorai Kalon etagida joylashgan meʼmoriy ansambl hisoblanadi. Majmua XII – XVI asrlarda qurilgan uchta inshootdan, jumladan, Kalon minorasi, Kalon masjidi va Mir Arab madrasasidan tashkil topgan. Poyi Kalon bosh Registon maydonida joylashgan va u Buxoroning markaziy meʼmoriy ansamblidir. Poyi Kalon – Fors tilidan tarjima qilinganda ,,yaqinroq, yaqinida“ degan maʼnolarni anglatgan. Bundan tahqari, xalq tilida „Poyi masjid/Kalon madrasasi“ yoki boʻlmasa „hovli yaqinidagi, masjid/Madrasa yaqinida“ degan atamalar bilan ham uchrab ataladi.

Poi Kalon
Poyi Kalon

Poyi Kalondagi madrasa va minorali hovli
Joylashuvi Buxoro, Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°46′34″N 64°24′54″E / 39.77602253186687°N 64.41488770962752°E / 39.77602253186687; 64.41488770962752 (koordinatalar shu koʻrinishda joylanadi) /-->
Konfessiya islom
Arxitektura uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Asoschi Arslonxon
Asosiy sanalar 1127-yil, 1514-yil, 1536-yil
Qurilish boshlanishi XII asr
Qurilish yakunlanishi 1915-yil
Binolar Minorai Kalon • Masjidi Kalon • Mir Arab madrasasi • Amir Olimxon madrasasi
Map
Poi Kalon xaritada
Poi Kalon Vikiomborda

Tarixi

tahrir

Minorali qal’a masjid VIII asrda arablar tomonidan Movarounnahr egallab olinishidan oldin Buxorodagi shahar qalʼasi etagida joylashgan boʻlgan. XII asrga kelib, Arslonxon Muhammad tomonidan shaharni qayta tashkil etish rejasi tuzilgan. Markaziy koʻchalardan hisoblangan Bu-Laysa koʻchasidagi shahar saroyi demontaj qilinib, oʻsha paytda xarobaga aylangan qal’a qayta tiklangan hamda shahar masjidi koʻchirilgan. Qoʻrgʻondan taxminan bir yuz ellik metr janubi-sharqda yangi masjid, yonida esa minora qurililgan. Narshaxiyning fikriga koʻra minora – „chiroyli ishlagan“[1] ammo u mustahkam qilib qurilmagan. Qurilish ishlari tugagandan soʻng, minora masjid ustiga qulab tushgan va uning uchdan ikki qismini vayron boʻlgan. 1121-yilga kelib yangi masjid, 1127-yilda esa minora qayta qurilgan. Mazkur minora hozirgacha saqlanib qolingan.

XV asrda Arslonxon masjidi oʻrnida hozirgi Masjidi Kalon qurilgan boʻlib, uning bezaklari 1514-yilda yakunlangan. Bu haqda bino fasadidagi yozuvda bitib qoʻyilgan. Ansamblning hozirgi koʻrinishi 1536-yil Ubaydullaxonning ishonchli odami yamanlik Mir Arab maslahati bilan bunyod etilgan. Miri Arab vafotidan keyin qabri uning nomidagi madrasa hovlisida qad rostlagan va Ubaydullaxonning oʻzi ham shu yerga dafn etilgan.

Arxitektura xususiyatlari

tahrir

Tartibi va joylashuvi

tahrir

Maydon Buxoro Registoni yonida joylashgan va uning shimoliy eshigi shaharning markaziy koʻchalaridan biriga tutashgan. Masjid va madrasa fasadlari bir-biriga qarama-qarshi joylashgan boʻlib, ular bir qoshni tashkil qiladi.

Minorai Kalon

tahrir

Minorai Kalon yoki Buxoro katta minorasi maydondagi eng qadimiy bino boʻlib, u 1127-yilda Arslonxon tomonidan qurilgan va deyarli 900 yil davomida hech qachon taʼmirlanmagan. Minora Buxorodagi eng baland binolardan biri hisoblanadi. Uning balandligi 46,5 metr, pastki diametri esa 9 metrni tashkil qiladi. Konstruksiyaning oʻzi konussimon shaklda hamda tepasida fonar oʻrnatilgan. Minora ajoyib va noodatiy usulda bezatilgan boʻlib, silindrsimon korpusi tekis va relyefli toshli chiziqlar bilan qoplangan. Ushbu usulning afzalligi shundaki, har qanday yorugʻlikda ham inshoot oʻzining yumaloqligini ochib beradi. Chiroqning gumbazi saqlanib qolinmagan.

Masjidi Kalon

tahrir
Kalon masjidining ichki hovlisi, Poyi Kalon majmuasi, Buxoro, Oʻzbekiston

Kalon masjidi (oʻzbekcha: Juma masjid, yana Kalon – „Ulugʻ masjid“ ham deb ataladi) – qoraxoniylar masjidi hisoblangan Buxoro qal’a masjidi vayron boʻlgandan soʻng uning oʻrniga qurilgan. Qurilishi 1514-yilda yakunlangan, Samarqanddagi Bibixonim jome masjididan keyin Markaziy Osiyoda ikkinchi yirik masjid hisoblanadi. Ushbu masjid Temuriylar meʼmorligi anʼanalari asosida yaratilgan hamda sirlangan mozaikalar bilan bezatilgan[2].

Mir Arab madrasasi

tahrir
 
Buxorodagi Mir Arab madrasasidagi murakkab koshin ishlariga nazar.
 
Mir Arab Ivan madrasasi.

Mir Arab madrasasi („arab amiri“) – 1535—1536-yillarda Ubaydullaxon tomonidan Yaman shayxi Abdulloh uchun qurilgan madrasa hisoblanadi. Bino ancha katta − 111 hujra va ikkita xoch shaklidagi zalni oʻz ichiga oladi: birinchisi masjid va maʼruza zali sifatida ishlatilgan, ikkinchisi esa Ubaydullaxon va yamanlik Abdulla hamda boshqalarning qabri boʻlgan[3].

Qiziq faktlar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Muxammed Narshaxi. Istoriya Buxari. perevod I. S. Lishina. Tashkent. 1897. sit. po L. I. Rempel. Iskusstvo srednego Vostoka.
  2. История народов Узбекистана. Ташкент: Изд. АН УзССР, 1947 — 63-bet. 
  3. Воронина, В. Л. „Архитектура Средней Азии XVI-XVII вв“, . Всеобщая история архитектуры. Москва: изд-во Акад. архитект. СССР, 1969 — 307-309-bet. 
  4. Poi-Kolyan[sayt ishlamaydi].

Havolalar

tahrir