Amirxon Umarov (1995-yil 21-yanvar, Namangan shahri, Oʻzbekiston) — taniqli boshlovchi[1], rejissyor, prodyuser, „Mening Yurtim“ telekanali ijrochi direktori[2], „Oltin qalam“ va „Oltin kabutar“ kabi mukofotlar sohibi va Oʻzbekistonda Turizm elchisi. U, shuningdek, Markaziy Osiyoning eng yaxshi teleboshlovchisi deb topilgan[3].

Amirxon Umarov
Umarov Amirxon Nasim oʻgʻli
Tavalludi 21-yanvar 1995-yil (1995-01-21) (29 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Kasbi boshlovchi
rejissyor
prodyuser
Mukofotlari „Oltin qalam“
„Oltin kabutar“
„MY5 awards“
„Tahsin“
„Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni

Biografiyasi

tahrir

Amirxon Umarov 1995-yil 21-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Onasi Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasida rejissyor sifatida ish olib borgan. Otasi „Toshkent Oliy Umumqoʻshin qoʻmondonlik“ bilim yurti polkovnik lavozimida ishlagan[manba kerak]. Umarov dastlab Toshkent shahridagi 227-maktabini, soʻngra Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini bitirgan. Oliy taʼlimni „Oʻzbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar universiteti“da olgan[4][5].

Faoliyati

tahrir

Boshlovchilik ish faoliyati 12 yoshida Oʻzbekiston radio kanali FM103.1 „Kelajak tongi“ dasturida boshlovchilik qilishdan boshlangan[6]. NTT telekanlida „Yangi avlod“ koʻrsatuvi boshlovchisi, Yoshlar telekanalida „Boʻlajak general“ koʻrsatuvi boshlovchisi, „Non-stop“ koʻrsatuvida, „Markaziy studiya“ koʻrsatuvida boshlovchilik qilgan[7]. UNICEF bolalar jamgʻarmasi faol ishtirokchisi. „Mening Yurtim“ telekanali ijrochi direktori[8][9][10]. 20212022-yillarda „Yosh jurnalistlar“ maktabi direktori.

Prodyuserlik

tahrir

„Jiddiy bolalar“, „Qafasdagi goʻzallik“, „Muzqaymoq party“ tele loyihalar hamda „Qoʻlimdan tut“, „Poyga“ va „Gʻiybatchilar“ kabi seriallarda prodyuserlik qilgan[manba kerak].

„Chaqa-chum“ koʻrsatuvi va „Reportyor“ reality, „Amirxon Umarov tok-shousi“ va „Xizmat doirasidan tashqarida“ kabi shoular muallifi. „Reportyor“ reality shousi muallifi. Poytaxt FM103.5 radiokanalida „Yoshlar vaqti“ dasturining muallifi va boshlovchisi sifatida faoliyat olib borgan[11].

Ambassadorligi

tahrir

„Booknomy“ kompaniyasi[12][13], „Sanmi Jenshen“ kompaniyasi, „Nutva kompleks“ mahsuloti, „Alfraganus“ universiteti, „Stroy-mart“ qurilish kompaniyasi va „Effect-herbals“ kabi kompaniyalarning ambassadori.

Mukofotlari

tahrir

Amirxon Umarov „Oltin qalam“ milliy mukofoti. Markaziy Osiyoning eng yaxshi teleboshlovchisi[14], „Oltin kabutar“ mukofoti, „MY5 awards“ mukofoti, „Tahsin“ mukofoti, „Oʻzbekiston belgisi“ nishoni sohibi, „Yoshlar eʼtirofi mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Tanqidlar

tahrir

Amirxon Umarov 2021-yil Booknomy bilan bogʻliq mashmashaga aralashib qolgan[15]. Ammo boshlovchi anglashmovchilik boʻlganini aytdi[16].

Manbalar

tahrir
  1. Administrator „Amirxon Umarov uylangani va farzandi borligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi“ (uz-UZ). Buxoroisharif.uz (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  2. „Телебошловчи Амирхон Умаров «Менинг Юртим» телеканали ижрочи директори бўлди“ (uz). Ўзбекистон янгиликлари, энг сўнгги тезкор хабарлар ✅ - EVERYDAY.UZ. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  3. „Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda - 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston“ (uz). oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  4. Amirxon Umarov Xayoti va Ijodi BIOGRAFIYASI//Амирхон Умаров Хаёти ва Ижоди БИОГРАФИЯСИ (inglizcha), qaraldi: 2024-03-01
  5. „Амирхон Умаров прокомментировал слухи о своей женитьбе, и о том, что стал отцом“ (ru). Repost. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  6. uz, Kun „“Yosh yigitcha siyosatni gapirganida kulishgandi” - SUBYEKTIV'da Amirxon Umarov bilan suhbat“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  7. „ҚАЧОНГАЧА ТЕЛЕВИДЕНИЕДА КЎЧИРМАКАШЛИК БИЛАН ШУҒУЛЛАНАМИЗ?“ (ru-RU). Nargis.uz (2022-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  8. uz, Daryo „“Гулсанамга у саҳнанинг эгаси борлигини айтганман” — Отабек Муҳаммадзоҳид Гулсанам Мамазоитованинг давлат тадбирларининг якуний қўшиқларни куйламаётганига изоҳ берди (фото)“ (uz). Daryo.uz (2023-yil 25-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  9. „Таниқли телебошловчи «Менинг Юртим» телеканали ижодий директори бўлди“ (uz). Darakchi. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  10. „"My5" телеканали Бош директори лавозимини тарк этди. Амирхон-чи?“. aniq.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  11. „Amirxon Umarov bir oylik daromadi haqida gapirdi“ (ru-RU). QVZ.UZ (2021-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  12. „Амирхон Умаров ҳеч қандай фирибгарлик ҳолати бўлмаганини айтди — видео“ (uz). uznews.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  13. Узбекистан, Sputnik „Скандал вокруг розыгрыша Nexia: ведущий Амирхон Умаров объяснил случившееся“ (ru). Sputnik Узбекистан (19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  14. „HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal“. Telegram. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  15. Aniq.uz „"Виждонинг борми, Амирхон Умаров? Нега бизни алдайсан?". Хоразмлик оила мурожаат билан чиқди (ВИДЕО)“ (oz). Aniq.uz (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  16. „Амирхон Умаров ютуқли ўйинда ғирромликка йўл қўйгани тўғрисидаги хабарга муносабат билдирди — видео“ (uz). Teznews. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.

Havolalar

tahrir