Mening Yurtim“ (qisqacha „MY5“ bilan tanilgan) — Oʻzbekistondagi butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Ushbu kanal faoliyatini 2014-yil 12-noyabrdan boshlagan.

MY5
Mening Yurtim

Joriy logotipi, 2018–bugun
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti kun-u tun
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til(lar)i Oʻzbek tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri, Hamid Olimjon maydoni
Tasvir formati 576i (SDTV)
1080i (HDTV)
Mazmuni musiqiy-koʻngilochar
Efirga chiqqan 2014-yil, 12-noyabr
Tomoshabinlar 35
Asoschisi Firdavs Abduxoliqov[1]
Rahbarlari

2014 - Nazira Maksudova
2015 - Nurulla Abdullayev
2016-2018 - Abdusamad Mehmonov
2018-2020 - Qobuljon Axmedov, Bosh prodyuser Amirxon Umarov, Rustambek Eshbekov, Jaloliddin Mirzayev[2][3][4]
2020-2022 - Nozim Kadirov

2022-hozir - Qobuljon Axmedov[5]
Aloqador telekanallar Sevimli TV
ZOʻR TV
Milliy TV
Telekanal ovozi Jaloliddin Mirzayev[6]
Shiori Koʻngilochar koʻrsatuvlar orqali yoshlarga bilim ulashish.
Sayt my5.media

„MY5“ qisqartmasi oʻzida soʻz oʻyinini mujassam etadi:

  1. Birikma „Mening Yurtim“ soʻzlaridan tashkil topgan boʻlib, u Vatanga sadoqatni anglatadi.
  2. „My“ soʻzi ingliz tilidan tarjima qilinganida „mening“, „menga tegishli“, „meniki“, „menga mansub“ maʼnolarini anglatadi. „5“ raqami esa, ishlar aʼlo darajadaligini ifodalovchi koʻrsatkichdir.[manba kerak]

Faoliyati

tahrir

12-noyabr 2014-yildan oʻz faoliyatini boshlagan yangi „Mening yurtim“ nodavlat telekanali shu yilning dekabr oyidan toʻliq efirda namoyish etila boshlangan[7] Hozirgi kunda „Markaziy studiya“[8][9][10][11], „Hashtag“[12][13], „Like bos“[14], „Yashirin kamera“, „Muzqaymoq Party“, „Hudud“, „Diydor shirin“, „Xush koʻrdik“, „Happy time“, „Kinolife“, „25-kadr“, „Eʼtibor markazida“ kabi koʻrsatuvlari xalq orasida mashhurlikka erishdi.

Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan anʼanaviy tashkil etiladigan „Oltin qalam“ mukofoti uchun 2019-yildagi xalqaro tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimida televideniye yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻringa „Mening yurtim“ telekanalining „Markaziy studiya“ dasturi sazovor boʻldi. Sarvar Bahoridov, Amirxon Umarov, Jaloliddin Mirzayev, Hilola Isoqova, Timur Rajabov,Umida Olimova kabi yosh ijodkorlardan iborat jamoa yoshlarga oid davlat siyosatini keng targʻib qilish bilan birga xalqimiz turmush tarzini farovon qilish yoʻlida qator tahliliy-tanqidiy materiallarni efirga uzatib kelmoqda[15][16][17][18].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzEOAVMA raisi Firdavs Abduxoliqov haqida, 2020-11-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-11-04
  2. Bugun “Mening yurtim” kanali kadrlar tarkibida oʻzgarishlar!
  3. Taniqli teleboshlovchi «Mening Yurtim» telekanali ijodiy direktori boʻldi
  4. „“Mening yurtim” kanali kadrlar tarkibida o'zgarishlar!“. 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  5. MY5'da nima gaplar? Telekanal qayta jonlanadimi?
  6. Mening yurtim telekanali ovozi va boshlovchisi – Jaloliddin Mirzayev
  7. „Telekanal faoliyatining boshlanish davri“. 2018-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
  8. MY5 oproverg informatsiyu o devushke, pitavsheysya pokonchit s soboy (video)
  9. Markaziy studiya koʻrsatuvi sonlari
  10. MY5 otreagiroval na soobщeniya o suitside devushki posle sʼemki skritoy kameroy
  11. Rayhon Gʻanieva My5 telekanalining „Markaziy studiya“ koʻrsatuviga intervyu berdi
  12. Hashtag koʻrsatuvi IT-Life bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
  13. Hashtag koʻrsatuvi sonlari
  14. Like bos koʻrsatuvi sonlari
  15. „Oltin qalam“ XIV Milliy mukofoti gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi
  16. „Oltin qalam“ XIV milliy mukofoti: Gʻoliblar taqdirlandi!
  17. Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti gʻolib va sovrindorlari, 2021-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-05-09
  18. “Oltin qalam-2019”: “Markaziy studiya” – televideniye yoʻnalishida birinchi!, 2021-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-05-09

Havolalar

tahrir