Amsterdam
Amsterdam – Niderlandiya poytaxti. Amstel daryosining quyilish yerida joylashgan. A. mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, aholisi soniga koʻra eng katta shahri, yirik dengiz porti (yuk oboroti 20 mln.t.dan ortiq). Aholisi 724 ming kishi (1994; shahar atrofi bilan 1 mln.dan ziyod). Sxipxol aeroporti xalqaro ahamiyatga ega, yirik temir yoʻl tuguni. Metropoliten qurilgan. A. „Shimoliy Venesiya“ degan nom bilan ham mashhur. Am-stel daryosi va uning tarmoqlari hamda ularni tutashtirib turgan kanallar shaharni qismlarga boʻlib yuborgan. 400dan ortiq koʻprik mavjud. Shaharning qadimgi uylari yirik qoziqlar ustiga qurilgan. Shahar yilnomalarda dastlab 1275-yilda tilga olingan. 17-asrda savdo va kredit berishning jahon ahamiyatiga molik markazi boʻlgan. 1795-1806-yillarda Bataviya Respublikasining, keyinroq Niderlandiya Qirolligining poytaxti. Mashinasozlik (kemasozlik, samo-lyotsozlik, elektron asboblar), neftni qayta ishlash, poligrafiya, farmatsevti-ka, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sano-ati korxonalari bor. Sanoatining koʻp tarmoqlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. A. olmosga sayqal be-rish va olmos bilan savdo qilish sohasida yirik markaz sifatida qadimgidan mashhur. A.da Fapbiy Yevropaning eng muhim moliya va bank muassasalari joylashgan, mam-lakat madaniyati va fanining asosiy markazi. A.da IX Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan (1928). 2 universitet, Fanlar Akademiyasi, bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, koʻpdan-koʻp tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari, jumladan cherkov binolari (13-17-asrlar), oʻnlab muzey (Gollandiya tasviriy sanʼat maktabi asarlari toʻplangan Dav-lat rasmlar muzeyi, 1808), Rembrand uyi (1907-yildan muzey), Dengiz muzeyi, tarix muzeyi mashhur.
Amsterdam | |
---|---|
poytaxt | |
52°23′0″N 4°54′0″E / 52.38333°N 4.90000°E | |
Mamlakat | Niderlandlar |
{{{mintaqa_turi}}} | Shimoliy Gollandiya |
Hukumat | |
• Burgomistr | Eberxard van der Lan |
Ilk eslatilishi | 1275 |
Maydon | 21,907 km2 (8,458 kv mi) |
Markazi balandligi | 4767 m |
Aholisi (2012) |
790 044 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Telefon kodi | +31 020 |
Pochta indeks(lar)i | 10xx10xx |
Avtomobil kodi | 01 – 09, (10, 30 – eskisi) |
Amsterdam shahri suv toshqinlarini nazoratga olish maqsadida toʻsilgan Amstel daryosining boʻyida tashkil etilgan. Shahar nomi toʻgʻon soʻzining mahalliy lingvistik oʻzgarishidan kelib chiqqan[1]. Dastlab XII asrning oxirida kichik baliqchilar qishlogʻi boʻlgan Amsterdam Gollandiyaning oltin asrida (XII asrda), Gollandiya iqtisodiy qudratli boʻlgan paytda yirik jahon portiga aylanadi. Amsterdam oʻsha davrda moliya va savdoning yetakchi markazi edi[2]. XIX—XX asrlarda shahar kengayib, koʻplab yangi mahallalar va shahar atrofida yangi binolar qurilgan. Amsterdam kanallari va 19-20-asrdagi Amsterdamning mudofaa chizigʻi (Stelling van Amsterdam) YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 1921-yilda Amsterdam munitsipaliteti tomonidan qoʻshib olingan Sloten shaharning eng qadimgi qismi boʻlib, IX asrga tegishli. Shahar uzoq vaqtdan beri ochiqlik, liberallik va bagʻrikenglik anʼanalariga ega[3]. Velosiped shaharning eng koʻp foydalaniladigan transport turi boʻlib, butun shahar boʻylab koʻplab velosiped yoʻlaklari mavjud[4][5].
Amsterdamning asosiy diqqatga sazovor joylariga shahar hududidan oqib oʻtuvchi tarixiy kanallar kiradi. Rijks muzeyi – Gollandiyaning oltin davrini aks ettiruvchi sanʼat namunalarining keng toʻplamiga ega davlat muzeyi. Amsterdamda shuningdek, Van Gog muzeyi, Amsterdam Qirollik saroyi va sobiq meriyasi (stadhuis) joylashgan Dam maydoni, Amsterdam muzeyi; Stedelijk muzeyi, Amsterdam Ermitaji, Concertgebouw konsert zali, Anne Frank uy muzeyi; Het Scheepvaartmuseum, Heineken Experience, Natura Artis Magistra, Hortus Botanicus, NEMO, Qizil chiroq mavzesi va koʻplab qahvaxonalar joylashgan. Shahar oʻzining tungi hayoti yaʼni dunyoning eng nomdor tungi klublari (Melkweg, Paradiso) va festivallari bilan mashhur. Asosan oʻzining badiiy merosi, mukammal kanallar tizimi bilan mashhur; shaharning XVII asrdagi oltin davriga oid qiyofasining yaxshi saqlanib qolgani va mashhur gollandiyalik rassomning asarlari namoyish etiladigan Van Gog muzeyining tashkil etilishi har yili Amsterdamga millionlab mehmonlarni jalb qiladi.
1602-yilda tashkil etilgan Amsterdam fond birjasi dunyodagi eng qadimgi „zamonaviy“ qimmatli qogʻozlar bozori birjasidir. Amsterdam Gollandiyaning tijorat poytaxti va Yevropaning eng yirik moliyaviy markazlaridan biri, shuningdek, Niderlandiyaning madaniy poytaxti hisoblanadi[6]. Gollandiyadagi koʻpgina yirik muassasalarining bosh qarorgohi shaharda joylashgan, jumladan: Philips konglomerati, AkzoNobel, Booking.com, TomTom va ING[7]. Dunyodagi koʻplab yirik kompaniyalar Amsterdamda joylashgan yoki oʻzlarining Yevropadagi shtab-kvartirasini shu shaharda tashkil etgan. Ularga Uber, Netflix va Tesla kabi yetakchi texnologiya kompaniyalari kiradi[8]. 2022-yilda Amsterdam Economist Intelligence Unit tomonidan oʻtkazilgan dunyodagi yashash eng yaxshi boʻlgan shaharlar orasida toʻqqizinchi[9] va Mercer tomonidan oʻtkazilgan yashash sifati boʻyicha dunyo miqyosidagi shaharlar orasida atrof-muhit va infratuzilmasi bilan 12-oʻrinni egalladi[10]. Shahar Savills Tech Citiesning 2019-yilgi hisobotida eng yaxshi texnologiya markazi sifatida dunyo miqyosida 4-oʻrinni (Yevropada 2-oʻrin) egallagan[11]. Amsterdam porti Yevropada beshinchi yirik port hisoblanadi[12]. Amsterdamning asosiy aeroporti Schiphol Gollandiyadagi eng gavjum aeroportdir. Dunyodagi eng gavjum aeroportlar orasida 11-oʻrinda turadi (Yevropada uchinchi)[13]. Gollandiya poytaxti dunyodagi eng koʻp madaniyatllarni jamlagan. Amsterdamda 177 millat vakillari istiqomat qiladi[14]. Amsterdamdagi immigratsiya va etnik segregatsiya dolzarb masaladir[15].
Amsterdam taniqli rassomlar Rembrandt va Vinsent van Gog, XVII asr faylasuflari Baruch Spinoza, Jon Lokk, Rene Dekart va Anne Frankning vatanidir.
Etimologiyasi
tahrir1170- va 1173-yillardagi suv toshqinlaridan keyin Amstel daryosi yaqinida yashovchi mahalliy aholi daryo ustida ko'prik va to'g'on qurib, qishloqni "Amestelledamme" (so'zma-so'z "Amsteldagi to'g'on") deb atashgan. Bu nomning eng qadimgi qoʻllanishi 1275-yil 27-oktabrdagi hujjatda qayd etilgan boʻlib, u qishloq aholisini graf Floris V ga koʻprik toʻlovini toʻlashdan ozod qilgan[16][17]. Ushbu hujjatda "Amestelledamme yaqinida yashovchi odamlar", ya'ni Amsteldagi to'g'on qayd etilgan[18]. 1327-yilga kelib, qishloq nomi "Amsterdam"ga o'zgartirildi[16][19].
Tarixi
tahrirEng qadimgi davr
tahrirIlgari nam iqlimli geografik joylashuvi tufayli Amsterdamda Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda rivojlanish kechroq yuz bergan. Amsterdam atrofida dehqonlar bundan uch ming yil oldin joylashganlar. Miloddan avvalgi asrlarda ular IJ daryosi va uning irmogʻi Amstelning yuqori oqimida yashagan. Bu hudud, ayniqsa, soʻnggi bronza, temir va Rim imperiyasi hukmronligi davrida ham muhim mahalliy aholi punktiga aylana oldi. Amsterdamning Damrak va Rokin hududlarida olibb borilgan qazishmalar natijasida neolit va Rim imperiyasi davriga oid artefaktlar topilgan, masalan, Bell Beaker madaniyatiiga oid namunalar (miloddan avvalgi 2200-2000 yillar) va ishlov berilgan toshlar (miloddan avvalgi 2700-2750) topilgan[20][21]. Bu artefaktlar Amstel daryosi qirgʻoqlari atrofida yarim doimiy yoki mavsumiy turar-joy mavjudligiga ishora qiladi. Hududda suv bilan bogʻliq muammolar nazorat qilinmaguncha, doimiy yashash imkonsiz edi, chunki bu davrda daryo boʻyi va Amstel qirgʻoqlari doimiy yashash uchun juda nam edi[22][23].
Iqtisodiyot
tahrirMoliya
tahrirAmsterdam Niderlandiyaning moliyaviy va biznes poytaxti hisoblanadi[24]. Banklar va korporatsiyalar soni boʻyicha Yevropaning eng yirik shaharlaridan London, Parij, Frankfurt va Barselonadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi[25]. Niderlandiya Banki, ABN AMRO, Akzo Nobel, Heineken, ING Group, Ahold, TNT Express, TomTom, Delta Lloyd Group, Booking.com, VimpelCom Ltd va Philips kabi tashkilotlarning shtab-kvartirasi Amsterdamda joylashgan. Shaharning tarixiy markazida hali ham ba'zi kompaniyalarning ofislari mavjud, ammo ularning aksariyati janubiy qismida joylashgan.
Amsterdam fond birjasi dunyodagi eng qadimiy va Yevropadagi eng yirik fond birjalaridan biri hisoblanadi. U shahar markazidagi Dam maydoni yaqinida joylashgan.
Sanoat
tahrirAmsterdam hududida elektrotexnika va mashinasozlik sanoati korxonalari joylashgan. Ayniqsa samolyotsozlik, kemasozlik, kimyo va yogʻochni qayta ishlash sanoati, neftni qayta ishlash rivojlangan. Bundan tashqari, shahar olmos kesish va savdo markazidir.
Niderlandiya poytaxti yengil sanoati bilan mashhur. Respublikada sanoat tovar ayirboshlashning 50 foizga yaqini shu yerda jamlangan. Oziq-ovqat ishlab chiqarish qahva, tamaki, kakao, kokos moyi, kartoshka, don va qand lavlagini qayta ishlashga asoslangan.
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Amsterdam | History, Population, & Points of Interest“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 5-yanvar.
- ↑ Cambridge.org (Wayback Machine saytida 16 November 2017 sanasida arxivlangan), Capitals of Capital -A History of International Financial Centres – 1780–2005, Youssef Cassis, ISBN 978-0-521-84535-9
- ↑ Shorto, Russell. Amsterdam: A History of the World’s Most Liberal City. New York: Vintage Books 2014. ISBN 9780307743756
- ↑ Nello-Deakin, Samuel, and Anna Nikolaeva. „The human infrastructure of a cycling city: Amsterdam through the eyes of international newcomers.“ Urban Geography 42.3 (2021): 289-311.
- ↑ Feddes, Fred, Marjolein de Lange, and Marco te Brömmelstroet. „Hard work in paradise. The contested making of Amsterdam as a cycling city.“ The Politics of Cycling Infrastructure. Policy Press, 2020. 133-156.
- ↑ After Athens in 1888 and Florence in 1986, Amsterdam was in 1986 chosen as the European Capital of Culture, confirming its eminent position in Europe and the Netherlands. See EC.europa.eu for an overview of the European cities and capitals of culture over the years. (Wayback Machine saytida 14 December 2008 sanasida arxivlangan)
- ↑ Forbes.com (Wayback Machine saytida 20 May 2020 sanasida arxivlangan), Forbes Global 2000 Largest Companies – Dutch rankings.
- ↑ „The Next Global Tech Hotspot? Amsterdam Stakes Its Claim“ (2016-yil 22-may).
- ↑ „Best cities ranking and report“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Best cities in the world (Mercer)“. City Mayors (2010-yil 26-may). 2010-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Tech Cities in Motion – 2019“. Savills (2019-yil 4-fevral).
- ↑ Rotterdam Port Authority (2016-yil may). „Port Statistics 2015“. Press-reliz.
- ↑ „Air freight services and solutions“.
- ↑ „Amsterdam world's most multicultural city.“ (2008-yil 26-fevral).
- ↑ Musterd, Sako. „Immigration and ethnic segregation in the Netherlands with a special focus on Amsterdam.“ Ethnic Minorities and Inter-Ethnic Relations in Context. Routledge, 2017. 287–303.
- ↑ 16,0 16,1 Berns, Daan 1993, s. 91.
- ↑ Mak 1994, s. 19.
- ↑ „The toll privilege of 1275 in the Amsterdam City Archives“ (deadlink). Stadsarchief.amsterdam.nl. 2016-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-oktyabr.
- ↑ Mak 1994, ss. 18–20.
- ↑ Gawronski, J (2017). "Ontstaan uit een storm; De vroegste geschiedenis van Amsterdam archeologisch en landschappelijk belicht" (Dutch). Jaarboek van het Genootschap Amstelodamum (Amsterdam: University of Amsterdam) 109. https://www.theobakker.net/pdf/TX_Gawronski2017JbAmstelodamum_10.pdf. Qaraldi: 5 January 2021.Amsterdam]], pp. 69–71.
- ↑ „Below the Surface - Archeologische vondsten Noord/Zuidlijn Amsterdam“. belowthesurface.amsterdam. Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.
- ↑ Gawronski, J (2017). "Ontstaan uit een storm; De vroegste geschiedenis van Amsterdam archeologisch en landschappelijk belicht" (Dutch). Jaarboek van het Genootschap Amstelodamum (Amsterdam: University of Amsterdam) 109. https://www.theobakker.net/pdf/TX_Gawronski2017JbAmstelodamum_10.pdf. Qaraldi: 5 January 2021.Amsterdam]], pp. 62–63.
- ↑ Kranendonk, P.; Kluiving, S. J.; Troelstra, S. R. (December 2015). "Chrono- and archaeostratigraphy and development of the River Amstel: results of the North/South underground line excavations, Amsterdam, the Netherlands" (en). Netherlands Journal of Geosciences 94 (4): 333–352. doi:10.1017/njg.2014.38. ISSN 0016-7746.
- ↑ „Amsterdam – Economische Zaken“ (nl). 2008-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-may.
- ↑ „European Cities Monitor 2007“ (nl). I Amsterdam. 2008-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-iyun.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |