Vincent Willem van Gogh (talaffuzi: Vinsent Villem van Gog, MFA [vɪnˈsɛnt vɑnʼxɔx]), 1853-yil 30-mart, Grot-Zyundert, Breda yaqinida, Niderlandlar — 1890-yil 29-iyul) — dunyo miqyosida mashhur niderlandlik va fransiyalik musavvir-postimpressionchi.

Vincent van Gogh

Haqiqiy ismiVincent Willem van Gogh
Tavalludi 30-mart 1853-yil
Grot-Zyundert, Niderlandlar
Vafoti 29-iyul 1890-yil(1890-07-29)
(37 yoshda)
Over-syur-Uaz, Fransiya
Sohasi rassom

Bryussel (1880-81) va Antverpen (1885—1886)dagi BAda, Parijdagi xususiy studiyada (1886—1888) oʻqigan. Vincent van Gogh ijodi Yevropa madaniyatidagi murakkab burilish davrini oʻzida aks ettirdi. 1880-yillarning 1-yarmida qoramtir, xira ranglarda mehnat axli (xususan shaxtyorlar, dehqonlar, hunarmandlar) ga hamdardlik bilan yoʻgʻrilgan asarlar yaratdi („Dehqon ayol“, „Kartoshka xoʻrandalari“, 1885 va boshqalar). Tanqidiy realizm anʼanalarini rivojlantirib, asarlarini obrazlarning taʼsirchan ruhiy kuchi, odamlarning dardi va tushkunligini chuqur his etish bilan boyitdi. 1886—88 yillarda impressionizm va yapon gravyurasi, P. Gogen asarlarini oʻrganadi. Shu davrda dadil erkin kompozitsiya yechimiga qurilgan hayotga muhabbat bilan toʻliq portret va manzaralar yaratdi („Tungi qahvaxona“, 1888; „Overda yomgirdan keyingi manzara“, 1890 va boshqalar).

Avtoportretlar

tahrir

Kungaboqarlar

tahrir

Irislar

tahrir

Peyzaj

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir