Amudaryo kichik kurakburuni
Amudaryo kichik kurakburuni yoki toshbakra (Pseudossaphirhynchus hermanni) bakralar oilasiga (Asipenseridae) mansub butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan, Amudaryoning noyob endemik turi[1]. Turkmaniston va Oʻzbekistonda uchraydi[1]. Asosan daryoning nisbatan sayoz, osti qumli va loyqa suvlarida uchraydi. Tabiatan nihoyatda kamyob, soʻnggi marta 1996-yilda Amudaryoning oʻrta oqimidan tutilgani qayd etilgan[2].
Amudaryo kichik kurakburuni | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Pseudoscaphirhynchus hermanni (Kessler 1877)
| ||||||||||||||
|
Tashqi tuzilishi
tahrirAmudaryo katta kurakburuni ham bakralar, ham Pseudoscaphirhynchus urugʻi vakillari ichida eng kichigi hisoblanadi. Uzunligi 27,5 sm gacha, ogʻirligi 50 g gacha yetadi[2]. Tumshugʻi kalta, kuraksimon, uchi Amudaryo katta kurakburunikiga nisbatan yumaloq[3]. Tumshugʻida, koʻzlari oraligʻida va ensa qismida tikanlari yoʻq. Ogʻzi boshining pastki qismida joylashgan, keng, moʻylovlari silliq. Koʻzlari mayda. Choʻgirlari soni orqa tomonida 10-13 ta, yon tomonida 30-38 ta, qorin tomonida 6-10 ta atrofida boʻladi[3]. Orqa suzgichidagi shu’lalar soni 27-33 ta, anal suzgichida esa 15-21 ta boʻladi[3]. Jabra qilchalari soni 10-14 taga yetadi. Amudaryo kichik kurakburunining ikkita: och tusli, uzun tumshuqli formasi va toʻq rangli, kalta tumshuqli formasi uchraydi[2].
Biologiyasi
tahrirAmudaryo oʻzanida yashovchi potamodrom baliq. Koʻllarga kirmaydi. Amudaryo kichik kurakburunining oziqlanishiga doir maʼlumot kam. Ularning asosan suvda yashaydigan hasharot va ularning lichinkalari, qisman esa boshqa baliq tuxumlari va suv oʻsimliklari bilan oziqlanishi maʼlum[3]. Voyaga yetgan Amudaryo kichik kurakburunining koʻpayishi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas.
Populyatsiyasi
tahrirAmudaryo kichik kurakburuni tabiatan kamyob baliq boʻlib, har doim ularning soni kam boʻlgan[2][3]. Dastlab kashf etilgan yillari kam sonda boʻlsa-da, Amudaryoning yuqori, oʻrta va quyi uchragan. Hozirga kelib esa uning soni sezilarli ravishda kamayib ketgan, Turkmaniston va Oʻzbekistonda uchraydi, Tojikistonda uchrashi nomaʼlum[1]. Uning soni kamayib ketishiga Amudaryo oʻzanida qurilayotganda dambalar, brakanerlik, suvning ifloslanishi, paxta yetishtirish tufayli turli pestidsid va minerallar bilan toʻyingan tashlama suvlarning Amudaryoga quyilishi sabab boʻlmoqda[1]. Soʻnggi marta Amudaryo kichik kurakburuni 1996-yilda Amudaryoning oʻrta oqimida tutilgani qayd etilgan[2].
Muhofaza qilish
tahrirAmudaryo katta kurakburuni Turkmaniston, Oʻzbekiston Qizil kitoblariga kiritilgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) qizil roʻyxatiga „Butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasidagi turlar“ (CR) maqomi ostida kiritilgan[1]. Bugungi kunda ushbu baliqni ovlash mutlaqo taqiqlangan. Qizilqum, Surxon qoʻriqxonalari hududida muhofazaga olingan. SITES ning II ilovasiga kiritilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Mugue, N. (2010). "Pseudoscaphirhynchus hermanni". IUCN Red List of Threatened Species 2010: e.T18600A8497165. doi:10.2305/IUCN.UK.2010-1.RLTS.T18600A8497165.en. https://www.iucnredlist.org/species/18600/8497165.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Salnikov, V.B.; V.J. Birstein; and R.L. Mayden. The contemporary status of the two Amu Darya River shovelnose sturgeons, Pseudoscaphirhynchus kaufmanni and P. hermanni. The Sturgeon Quarterly, 1996 — 4(3): 10-14-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Тлеулов, Р. и Н.И. Сагитов. 1973. Осетровые рыбы Амударьи. Издательство «Фан» Узбекской ССР, Ташкент, с. 155.