Anastasiya Chudnaya

sut sogʻuvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Anastasiya Chudnaya (20-yanvar 1928-yil, Andreyev tumani, Novosibirsk viloyati — ?) — sut sogʻuvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966), KPSS aʼzosi (1962)[1].

Anastasiya Chudnaya
Tavalludi 20-yanvar 1928-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, sut sogʻuvchi
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Anastasiya Ivanovna Chudnaya 1928-yil 20-yanvar Andreyev tumanida tavallud topgan. Chudnaya 1952-yildan Oʻzbekiston Chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining „Krasniy vodopad“ tajriba bazasi (qoramol fermasi)da sut sogʻuvchi boʻlib ishlagan[2]. Bir necha yillar davomida 170—200 bosh sigirning har biridan yiliga 3500—4100 kilogramm sut sogʻib olgan. Mashinada sut sogʻish boʻyicha Chudnaya oʻziga xos maktab yaratgan. Maktab institut tajriba bazasida 1966-yildan ishlab turgan, maktab Chudnaya nomi bilan atalgan. Oʻzbekiston KP 17-syezdida reviziya komissiyasi aʼzosi, 18-syezdda Oʻzbekiston KP MK aʼzosi. 6—7-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963—1970-yillar) boʻlgan. SSSR Davlat mukofoti laureati (1976). Lenin ordeni, 2 ta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzSE 1979, s. 588
  2. „Chudnaya“ (rus tilida). 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1979 — 656-bet.