Andalusiya hovlisi
Andalusiya hovlilari Ispaniya janubidagi hovli uylaridagi markaziy ochiq joylardir. Toshli verandalar Rim atriumining meʼmoriy evolyutsiyasidir[1] .
Tarixi
tahrirQadimdan uylar va saroylarni katta ochiq maydonlar va xushboʻy gullar, favvoralar, kanallar, quduqlar, hovuzlar, mifologik manzarali freskalar va marmar medalyonlar (devorlarda) bilan bezatilgan, ammo uygʻun shakllar bilan bezash odat tusiga kirgan. Klassik va musulmon meʼmorlari tasavvur qilganidek, jannat bogʻini tasvirlash niyatida ushbu meʼmoriy ishlar olib borilgan.
Andalusiya mintaqasida, xususan, Kordovaning tarixiy kvartalida koʻplab misollar mavjud, bu yerda „Verandalar bayrami“ nishonlanadi. Bu veranda uylari kommunal, oilaviy yoki koʻp xonadonli uylar yoki umumiy verandali yakka tartibdagi uylar toʻplamidir. Xarakterli madaniy makon oʻsimliklarning koʻpligi bilan faxrlanadi va bayram paytida aholi ovqat va sharob bilan boʻlishishlari va barcha tashrif buyuruvchilarni ularning goʻzalligi va ularni yaratishda ishtirok etgan mahoratiga qoyil qolishlari uchun bemalol kutib olishlari mumkin[2].
Uslubning oʻziga xosligi
tahrirUslub rivojlanib borgan sari uyning ichidan bogʻga derazalar, toʻsiqlar (temir yoki yogʻochdan), balkonlar va boshqa koʻrinishlarni qoʻshish odatiy holga aylandi. Ulardan baʼzilari tomoshabinni tashqi kuzatuvchilardan yashirgan holda verandaning koʻrinishini berish uchun moʻljallangan. Bezaklari va arxitektura uslubi bilan Marokash uslubidagi ayrim obrazlar bilan bevosita bogʻliqdir. Bunga esa tarixdagi Marokashga kelgan Andalusiyalik muhojirlar sabab hisoblanadi. Hovlilar turli gullar va manzarali daraxtlar bilan uy ichida markaziy kichik favvora va sugʻorish tizimi bilan jihozlandi. Albatta bu kabi hovli andalusiyaliklarning estetik didlari natijasida paydo boʻlgan uslublardan biri boʻlib, ular har qanday uyga oʻziga xos joziba bagʻishlaydi[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Obras públicas y urbanismo - Roma - Cultura Clásica 3º“. recursos.cnice.mec.es.
- ↑ Cameron. „Outdoor Living: The Joys of the Andalusian Patio“. BuildDirect. 7-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2016-yil.
- ↑ „Fiesta of the patios in Cordova“. Intangible cultural heritage. 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2021-yil.