Andijon okrugi

Oʻzbekiston SSR okrugi

Andijon okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930 -yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.

Andijon okrugi



okrug
Tegishli Oʻzbekiston SSR
Maʼmuriy markazi Andijon
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1930-yil 30-iyul
Aholi 794,3 ming kishi (1926)
Maydoni 7,3 ming km²
Xaritada

Tarixi

tahrir

Andijon okrugi 1926-yilda tashkil topgan boʻlib, Andijon shahri okrug markazi etib belgilangan[1]. 1929-yilga kelib, okrug tarkibida 12 ta tumanga boʻlgan: Andijon, Aravon, Asaka, Baliqchi, Jalolquduq, Izboskent, Kosonsoy, Qoʻrgʻontepa, Norin, Shahrixon, Shoʻrqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon.

1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Andijon okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.

Aholisi

tahrir

Okrug aholisi 1926-yilda 794,3 ming kishi boʻlgan. Shundan o‘zbeklar 593 140 nafar, qirg‘izlar 46 274 nafar, qipchoqlar 27 857 nafar, turklar 18 437 nafar, ruslar 15 884 nafar, qoraqalpoqlar 14 043 nafar, tatarlar 2476 nafar, tojiklar 28 249 nafarni tashkil etgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929. 
  2. „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“. 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.