Andorra davlat madhiyasi
El gran Carlemany (talaffuzi [el‿ˈɣɾaŋ‿kaɾleˈmaɲ]; „Buyuk Karl“) – Andorra knyazligining davlat madhiyasi. Musiqani Enric Marfany Bons bastalagan, soʻzlari Juan Benlloch i Vivó tomonidan yozilgan. 1921-yil 8-sentabrda milliy madhiya sifatida qabul qilingan, bu Andorraning milliy kuni hamdir. Qoʻshiq matni Andorra madaniyati va tarixining bir qancha muhim jihatlariga, masalan, Karoling imperiyasining merosiga ishora qiladi.
Andorra davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Juan Benlloch i Vivó, 1954-yil |
---|---|
Bastakor | Enric Marfany Bons |
Qabul qilindi | 8 Sentyabr 1921 |
Tarix
tahrirEl Gran Carlemanyni ruhoniy boʻlgan Enric Marfany Bons (1871—1942) bastalagan[1][2]. Qoʻshiq soʻzlari 1906-yildan 1919-yilgacha Urgell yepiskopi boʻlib ishlagan Juan Benlloch i Vivó (1864—1926) tomonidan yozilgan. Qoʻshiq 1921-yil 8-sentyabrda birinchi marta mamlakat soborida kuylangan va rasman mamlakat milliy madhiyasi sifatida belgilangan[2][3][4][5]. Qabul qilingan kun – 8 sentyabr – Andorra milliy kuni. Bu qoʻshiq matnida tilga olingan mamlakat homiysi Meritxell xonimi bayramiga toʻgʻri keladi.
Matn
tahrirEl Gran Carlemany qoʻshiqlari Andorra tarixi haqida (birinchi shaxs hikoyasi) qisqacha maʼlumot beradi. Unda Karl tomonidan 788- va 790-yillar oraligʻida Kataloniyani zabt etib Andorraga mustaqillik berganligi va ushbu hududdagi vodiylarni vorislari orqali boshqarganligi, maʼlum vaqtdan soʻng ushbu mintaqani Murlardan qaytarib olgani haqidagi hikoya qilinadi. Oʻsha yili chegaralar belgilandi[6]. Davlat Karl tomonidan oʻz davlatini (Karolinglar imperiyasini) himoya qilish maqsadida tashkil etilgan himoya zonasi boʻlgan Marca Hispanica tarkibiga kirdi[7]. Afsonaga koʻra, u mamlakatni qayta qurish, uning aholisini nasroniylikka qaytarish va monastirlar qurilishini nazorat qilish uchun mas’ul edi. Bu yutuqlari tufayli unga afsonaviy nom berildi va bugungi kunda Karl Andorraning asoschisi sanaladi hamda sharaflanadi.
Madhiya „El gran Carlemany mon pare“ („Buyuk Karl mening otam“) soʻzlari bilan boshlanadi.
Kataloncha asli[8][9][10] | Katalon IPA transkripsiyasi | Ispancha tarjima[11] | Fransuz tarjimasi[12] | Inglizcha tarjima |
---|---|---|---|---|
El gran Carlemany, mon pare, |
[el‿ɣɾan kaɾ.le.ˈmaɲ | mon ˈpa.ɾe |] |
El gran Carlomagno, mi padre, |
Le Grand Charlemagne mon père |
The great Charlemagne, my father, |
Manbalar
tahrir- ↑ Xavier Maugendre. L'Europe des hymnes dans leur contexte historique et musical. Editions Mardaga, 1996 — 145-bet. ISBN 978-2-87009-632-1.
- ↑ 2,0 2,1 Augustin (2008), p. 99.
- ↑ Lichfield, John. „The Not-so-Rough Guide to Andorra – The land that Europe forgot“ (2006-yil 2-sentyabr), s. 26–27. Qaraldi: 2014-yil 7-may. (subscription required)
- ↑ „Andorra“. The World Factbook. CIA. Qaraldi: 2014-yil 7-may.
- ↑ „Country's Profile – Andorra“. Sochi2014.com. Sochi 2014 Olympics. 2014-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-may.
- ↑ Geyer, Helen (November 2013). "Sprachpolitik und-praxis in Andorra" (de). Interlinguistische Informationen (Diputació de Girona) 20: 68. ISSN 1432-3567. http://www.interlinguistik-gil.de/wb/media/beihefte/20/beiheft20.pdf#page=68. Qaraldi: May 8, 2014.Andorra davlat madhiyasi]]
- ↑ Shelley, Fred M.. Nation Shapes: The Story Behind the World's Borders. ABC–CLIO, April 23, 2013 — 8-bet. ISBN 9781610691062.
- ↑ „The anthem of the Principality of Andorra“. www.consellgeneral.ad. 2007-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „SYMBOLES PRINCIPAUTE ANDORRE Andorra Ambassade Andorre Culture Andorre tourisme“. www.andorra.be. 2005-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „Himno nacional del Principado de Andorra“. www.andorramania.net. 2006-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „National Anthems & Patriotic Songs - Andorran National Anthem - El Gran Carlemany lyrics + Spanish translation“ (en). lyricstranslate.com. Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
- ↑ „National Anthems & Patriotic Songs - Andorran National Anthem - El Gran Carlemany lyrics + French translation“ (en). lyricstranslate.com. Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.