Andrew Morgan (talaffuzi: Endryu Morgan 1976-yil 5-fevralda tugʻilgan) — NASA astronavti[1][2].

Andrew R. Morgan
Tavalludi 1976-yil 5-fevral (46 yosh) Morgantown, Gʻarbiy Virginia, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Daraja Polkovnik, AQSh
Kosmosdagi vaqt
271 kun 12 soat 48 daqiqa
Tanlash 2013-yil NASA guruhi
Jami EVAs
7
Jami EVA vaqti
45 soat 48 daqiqa
Missiyalar Soyuz MS - 13 / Soyuz MS - 15 (ekspeditsiya 60/61/62)
Missiya belgisi

Shaxsiy hayoti

tahrir

Andrew Stacey Morgana uylangan. Ularning toʻrt nafar farzandi bor.

Erta hayot va taʼlim

tahrir

Morgan 1976-yil 5-fevralda Gʻarbiy Virginia shtatining Morgantown shahrida Richard va Jenis Morgan oilasida tugʻilgan. U Delaverdagi Dover oʻrta maktabida oʻqigan. Morgan 1998-yilda West Point AQSh harbiy akademiyasida atrof-muhit muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng Morgan AQSh armiyasiga qoʻshildi. U West-Pointdagi faoliyati davomida „Qora ritsarlar“ nomi bilan tanilgan West Point parashyut jamoasining bir qismiga aylandi. Keyinchalik u Sogʻliqni saqlash fanlari Uniformed Services universiteti qoshidagi tibbiyot fakultetida oʻqidi va u yerda doktorlik ilmiy darajasini oldi. 2005-yilda MorganVashington shtatidagi Tacoma yaqinidagi Madigan armiyasi tibbiyot markazida shoshilinch tibbiy yordami boʻyicha rezidenturani tamomladi. 2013-yilda Virjiniya Hamdoʻstlik universitetida birlamchi tibbiy yordam sport tibbiyoti boʻyicha stipendiyali oʻqishni tamomlagan[3].

 
Morgan WORFdan Yerning fotosuratlarini oladi
 
Morgan AMSni ta'mirlash paytida
 
CRS-20 ISSga yaqinlashmoqda

Astronavt faoliyati

tahrir

Morgan 2013-yil iyun oyida NASA tomonidan NASA astronavtlar guruhi 21 („Sakkiz toʻp“ laqabli) sakkiz aʼzosidan biri sifatida tanlandi va ikki yillik kosmonavtlarni tayyorlash dasturida oʻqishni boshladi. Tayorlanish mobaynida u rus tili, robototexnika, ilmiy va texnik sohalar, ISS operatsiyalari, T-38 parvoz operatsiyalari, omon qolish va koinotda yurish operatsiyalarini oʻtagan. Morgan yetti nafar azolar bilan birga astronavtlarni tayyorlashni tugatdi va 2015-yil 7-iyulda kelajakdagi parvoz topshiriqlarini olish huquqiga ega boʻldi[4].

Mashgʻulotni yakunlash va birinchi parvoziga tayinlanish oraligʻida Morgan NASA EVA/Robotexnika va ekipaj operatsiyalari boʻlimlarida xizmat qildi.


Morgan birinchi missiyasidan qaytganidan soʻng NASA Astronavtlar idorasining Missiyani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi va 67-ekspeditsiya uchun qoʻshimcha rahbari boʻlib ishladi.

Manbalar

tahrir
  1. National Aeronautics and Space Administration. „2013 Astronaut Class“. NASA. 2013-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2013-yil.
  2. Whiting. „Andrew R. Morgan (M.D.) (Col., U.S. Army) NASA Astronaut“. NASA (21-fevral 2016-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2020-yil.
  3. Whiting. „Andrew R. Morgan (M.D.) (Col., U.S. Army) NASA Astronaut“. NASA (21-fevral 2016-yil).
  4. Northon. „NASA’s Newest Astronauts Complete Training“. NASA (9-iyul 2015-yil). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.