Andrew Robertson
Andrew Henry Robertson (1994-yil 11-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi, Premier League ning „ Liverpool“ klubi chap qanot himoyachisi va Shotlandiya terma jamoasi sardori.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andrew Henry Robertson[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-mart 1994-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Glasgow, Shotlandiya | ||
Boʻyi | 5 fut 10 inches (1.78 m)[3] | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Liverpool | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2009 | Celtic | ||
2009-2012 | Queenʼs Park | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012–2013 | Queenʼs Park | 34 | (2) |
2013–2014 | Dundee United | 36 | (3) |
2014–2017 | Hull City | 99 | (3) |
2017- | Liverpool | 161 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
2013–2015 | Shotlandiya U21 | 4 | (0) |
2014- | Shotlandiya | 59 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may uchun) |
Robertson oʻzining karerasini 2012-yilda Queenʼs Parkda boshlagan, bir yildan soʻng faoliyatini Dundee Unitedda davom etiradi. Uning professional faoliyatidagi birinchi mavsumidayoq PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. U 2014-yilning iyul oyida 2,85 million funt sterling evaziga „Hull City“ga oʻtadi. Robertson „Hull“da uch mavsum oʻynab, birinchi va uchinchi mavsumida quyi ligaga, ikkinchi mavsumda esa quyi ligadan yuqoriga koʻtariladi.
U 2017-yilning iyul oyida „Liverpool“ jamoasiga 8 million funt sterling evaziga oʻtadi. Robertson „Liverpool“ bilan faoliyati davomida bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritgan, jumladan 2019-yilda Chempionlar ligasi va 2020-yilda Premer-ligada, Premer-liganing 2018/19-yilgi mavsumidagi oʻyinlari uchun u PFA tomonidan yil jamoasiga kiritiladi.
Robertson 2014-yilning may oyida Shotlandiya terma jamoasi safida toʻliq debyut qilgan va 2018-yilning sentabrida Shotlandiya sardori etib tayinlangan. U UEFA Yevro-2020 da jamoani himoya qilgan.
Hayoti va faoliyati
tahrirRobertson Glazgoda tugʻilgan va bolalikdan „Celtik“ muxlisi edi[4]. Uning otasi Brian, „Pop“ laqabi bilan mashxur boʻlib, u Meryhill hududida (u yerda futbolchilar Jim Duffi va Charlie Nicholasning bolalikdagi doʻsti boʻlgan)[4] havaskor oʻyinchi boʻlgan.
U 2006-yildan 2012-yilgacha[5] Sharqiy Renfrewshirdagi Giffnock shahridagi Sent Ninian oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda futbol jamoasi sardori boʻlgan. U Glazgodagi mahalliy golf klubining kichik sardori ham edi.[6] U shuningdek, Giffnock Soccer Centre, Elgin Starda va yoshligida „Celtic“da oʻynagan, ammo u juda kichik deb hisoblangani uchun 15 yoshgacha boʻlgan bolalar jamoasida oʻynagan.[7] Keyin u Queenʼs Park bilan shartnoma imzoladi[4].
Klubdagi faoliyati
tahrirQueenʼs Park (klub)
tahrirOʻqishga eʼtibor qaratgan Robertson 2012/13-yilgi mavsum boshida Queenʼs Park asosiy jamoasiga chaqirilgunga qadar universitetni bakalavriat darajasida boshlash arafasida edi. U Shotlandiya Challange Kubogida Berwick Rangersga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi[8] va mavsum davomida jami qirqta oʻyinda maydonga tushdi[9] va klubning uchinchi oʻringa chiqishiga yordam berdi. 2012/13-yilgi Shotlandiya uchinchi divizionini yakunladi. Uning klubdagi birinchi goli 2012-yilning 13-noyabrida Sharqiy Stirlingshiredan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[9].
Dundee United
tahrirRobertson 2013-yil 3-iyun kuni Shotlandiya Premer-ligasi vakili Dundee United bilan shartnoma imzolaydi[10].
Hull City
tahrir2014-yil iyul oyida Dundee Yunayted 2,85 million funt sterlinglik taklifni qabul qildi va Robertson Angliya Premer-ligasining „Hull City“ jamoasiga oʻtdi[11]. Transfer 29-iyul kuni yakunlandi, chunki Robertson „Hull“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[12]. „Hull City“ning bosh skauti Stan Ternent aytganidek, „Men Styuart Armstrongni kuzatgan edim, lekin [Robertson] aql bovar qilmas oʻyin koʻrsatdi. Siz darhol uning qobiliyati borligini koʻrasiz“[13].
Liverpool
tahrir2017- yilning 21-iyulida Robertson "Liverpool" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, transfer narxi 8 million funt sterling edi[14][15]. Robertson 2017/18-yilgi mavsumni Alberto Morenoning oʻrinbosari sifatida boshlagan, ammo dekabr oyida ispaniyalik jarohat olgan. Uning 14-yanvar kuni chempionat peshqadami "Manchester City" ga qarshi oʻyindagi (4:3) „Liverpool“ muxlislari olqishiga sazovor boʻldi[16]. U klubdagi birinchi golini 2017/18-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida „ Brayton & Hove Albion“ ga qarshi oʻyinda, 4:0 hisobida gʻalaba qozondi[17].
Terma jamoadagi faoliyat
tahrirRobertson ilk bor 2013-yil oktabr oyida 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasiga jalb etiladi[18]. U Slovakiyaga qarshi oʻyinda (2:1) zaxiradan maydonga tushd[19]. Robertson 2015-yilning noyabrida U21 jamoasiga chaqirildi[20].
Oʻyin uslubi
tahrir"Liverpool"ga qoʻshilganidan beri Robertson jahon futbolidagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri sanaladi[21][22][23][24]. „Liverpool“da oʻynagan oʻyinchi Fabio Aurelio Robertsonni taʼrifladi „Mening eʼtiborimni tortadigan narsa shundaki, u doimo takomillashib bormoqda va oʻzining asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlishidan noqulay ahvolga tushmoqda“[25].
Shaxsiy hayoti
tahrirRobertson amaldagi Rim katolikidir[26]. U Rachel Robertsga uylangan[27][28]. Ularning rasmiy toʻyi 2022-yilning yozida boʻladi[29]. Robertson 2017-yil 26-avgustda oʻgʻil farzandli boʻladi[30]. 2019- yil yanvar oyida er-xotin ikkinchi marta ota-ona boʻlishadi va ikkinchi farzandlari qiz farzand boʻlib, uning ismi Aria edi[31]. Robertsonning buvisi Glenfarneda tugʻilgan irlandiyalik edi[32].
Yutuqlar
tahrirHull City
- Futbol ligasi chempionati pley-off bosqichi: 2016[33]
Liverpool
- Premer-liga: 2019–20[34]
- Angliya kubogi: 2021–22[35]
- EFL kubogi: 2021–22[36]
- FA hamjamiyat qalqoni: 2022[37]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2018–19[38]
- UEFA Superkubogi: 2019[39]
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2019[40]
Shaxsiy yutuqlar
- PFA Shotlandiya yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2013–14[41]
- PFA Shotlandiyaning yil jamoasi: 2013–14[42]
- SPFL oyning eng yaxshi futbolchisi: 2013-yil noyabr[43]
- SPFL oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2013-yil sentabr[43]
- Yilning PFA jamoasi: 2018–19 Premer-liga,[44] 2019–20 Premer-liga[45]
- UEFA Chempionlar Ligasi XI: 2018[46]
- UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibi: 2018–19[47]
- UEFA Chempionlar Ligasining mavsumdagi jamoasi: 2021–22[48]
- UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2019[49]
- Yilning ESM jamoasi: 2019–20[50]
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA Club World Cup Qatar 2019: List of Players: Liverpool“. FIFA (2019-yil 21-dekabr). 2020-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Andy Robertson: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
- ↑ „Andrew Robertson: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Greig, Martin. „Liverpool's Andy Robertson: The people & places behind Scotland defender's rise“. BBC Sport (30-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
- ↑ Scotland players' old schools send good luck messages, Henry Hepburn, TES (magazine), 11 June 2021
- ↑ „Andy Robertson: How a Glasgow golf club helped mould a Liverpool hero“. bunkered (15-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Dundee United starlet Andy Roberston: Celtic made a small blunder the day they let me go“. Daily Record (7-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 25-iyul 2014-yil.
- ↑ „Ramsdens Cup: Berwick Rangers 2–2 Queen's Park (aet, 2–3 pens)“. BBC Sport (28-iyul 2012-yil). Qaraldi: 11-iyun 2015-yil.
- ↑ 9,0 9,1 „Andrew Robertson“. Dundee United F.C. (5-avgust 2013-yil). 2013-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2013-yil.
- ↑ „Dundee Utd sign Queen's Park's Robertson and Connolly“. BBC Sport (3-iyun 2013-yil). Qaraldi: 5-avgust 2013-yil.
- ↑ Spence. „Andrew Robertson: Dundee United agree fee with Hull City“. BBC Sport (24-iyul 2014-yil). Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
- ↑ „Andrew Robertson completes transfer from Dundee United to Hull“. STV Sport (29-iyul 2014-yil). 30-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2014-yil.
- ↑ Buckingham. „How Hull City helped Andy Robertson to win the Champions League“. Hull Daily Mail (2-iyun 2019-yil). Qaraldi: 9-iyun 2019-yil.
- ↑ „Andrew Robertson: Liverpool sign defender from Hull City for £10m“. BBC Sport (21-iyul 2017-yil). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
- ↑ „Liverpool FC complete Andy Robertson signing“. Liverpool F.C. (21-iyul 2017-yil). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
- ↑ Jones, Paul. „Klopp's patience was key for Andy Robertson and Alex Oxlade-Chamberlain“. Liverpool Echo (16-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2018-yil.
- ↑ Jennings, Patrick. „Salah breaks record as Liverpool secure top four spot“. BBC Sport (13-may 2018-yil). Qaraldi: 13-may 2018-yil.
- ↑ „Billy Stark names Scotland Under-21 squad for Euro 2015 ties“. BBC Sport (1-oktabr 2013-yil).
- ↑ „Under-21 – Andrew Robertson – UEFA“.
- ↑ „Scotland U21s include Andy Robertson for Ukraine match“. BBC Sport (2-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2015-yil.
- ↑ Marshall-Bailey. „Andy Robertson labelled the best left-back in the Premier League“. Liverpool Echo (19-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 20-mart 2019-yil.
- ↑ Treadwell. „Liverpool's Andy Robertson best left-back in world, says Jose Enrique“. Sky Sports (13-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
- ↑ Hubbuck. „The 10 Best Left Backs In The World Right Now, Named And Ranked“. Sport Bible (7-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Best Left-Backs in the World in 2020“. SportMob (19-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Westwood. „'Robertson is a complete player' – Liverpool full-back singled out for praise by Aurelio“. Goal.com (11-iyun 2020-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2020-yil.
- ↑ Arnold, Barry. „Andy Robertson says meeting Sean Cox drove Liverpool to win Premier League“. extra.ie (19-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
- ↑ McCoid, Sophie. „Meet the new Everton and Liverpool WAGS“. Liverpool Echo (4-avgust 2017-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2018-yil. „...his girlfriend Rachel Roberts is due to give birth to the couple's first child.“.
- ↑ Farrell. „Rachel Roberts, Andy Robertson's Girlfriend: 5 Fast Facts You Need to Know“. Heavy.com (3-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
- ↑ „Liverpool “squad goals” photo from Andy Robertson’s wedding goes viral“. This Is Anfield. Qaraldi: 19-iyul 2022-yil.
- ↑ McDermott, Scott. „Andy Robertson reveals Liverpool icon Kenny Dalglish told him he's got his back“. Daily Record (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2017-yil.
- ↑ Pearce, James. „Liverpool victory was perfect end to special week for Andy Robertson“. Liverpool Echo (13-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2019-yil.
- ↑ Cunningham. „Robertson has the backstory that will get people to cheer Scotland in Euro 2020“. Buzz.ie (11-iyun 2021-yil).
- ↑ Williams, Adam. „Hull City 1–0 Sheffield Wednesday“. BBC Sport (28-may 2016-yil). Qaraldi: 5-iyun 2016-yil.
- ↑ „Andrew Robertson: Overview“. Premier League. Qaraldi: 24-avgust 2020-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
- ↑ „Nunez nets as Liverpool win Community Shield“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
- ↑ McNulty, Phil. „Tottenham Hotspur 0–2 Liverpool“. BBC Sport (1-iyun 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
- ↑ Rose, Gary. „Liverpool 2–2 Chelsea“. BBC Sport (14-avgust 2019-yil). Qaraldi: 15-avgust 2019-yil.
- ↑ Poole, Harry. „Liverpool 1–0 Flamengo“. BBC Sport (21-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Three Celtic players make player of year shortlist“. BBC Sport (17-aprel 2014-yil). Qaraldi: 24-aprel 2014-yil.
- ↑ „Celtic and Dundee United trios in SPFL Premiership team of year“. BBC Sport (18-aprel 2014-yil). Qaraldi: 24-aprel 2014-yil.
- ↑ 43,0 43,1 „Dundee United defender wins player award“. Evening Telegraph (7-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2014-yil.
- ↑ „PFA Team of the Year: Paul Pogba, Raheem Sterling and Sadio Mane included in side“. BBC Sport (25-aprel 2019-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
- ↑ „PFA Player of the Year: Kevin de Bruyne and Beth England named 2020 winners“. BBC Sport (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
- ↑ „Champions League breakthrough team of 2018“. UEFA.com. Union of European Football Associations (21-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.
- ↑ „UEFA Champions League Squad of the Season“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2-iyun 2019-yil). Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
- ↑ „2021/22 UEFA Champions League Team of the Season“. UEFA.com. Union of European Football Associations (31-may 2022-yil). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
- ↑ „UEFA.com fans' Team of the Year 2019 revealed“. UEFA.com. Union of European Football Associations (15-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
- ↑ „ESM reveal Team of the Year for 2019/20“ (31-avgust 2020-yil). Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.