Andrey Kolmogorov
Andrey Kolmogorov (25-aprel 1903-yil — 20-oktyabr 1987-yil) — sovet matematigi. Matematikaning koʻplab sohasida ish olib borgan. 1980-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Andrey Nikolayevich Kolmogorov | |
---|---|
Tavalludi |
25-aprel 1903-yil Tambov, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
20-oktyabr 1987-yil (84 yoshda) Moskva, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Moskva davlat universiteti |
Akademik rahbarlari | Nikolay Luzin |
Mashhur shogirdlari |
Vladimir Alekseyev Vladimir Arnold Sergei Artyomov Grigoriy Barenblatt Roland Dobrushin Yevgeniy Dinkin Israil Gelfand Boris Gnedenko Leonid Levin Per Martin-Löf Andrey Monin Sergey Nikolskiy Alexander Obuxov Yuriy Proxorov Yakov Sinay Albert Shiryayev Anatoliy Vitushkin Vladimir Uspenskiy Akiva Yaglom |
Mashhur ishlari |
Ehtimollik nazariyasi Topologiya Intuitsion logika Turbulentlik Klassik mexanika Mathematik analiz Kolmogorov murakkabligi Kolmogorov–Arnold–Moser teoremasi Kolmogorov–Petrovskiy–Piskounov tenglamasi |
Mukofotlari |
Stalin mukofoti (1941) Balzan mukofoti (1962) Qirollik jamiyatining xodimi (1964) Lenin mukofoti (1965) Wolf mukofoti (1980) Lobachevskiy mukofoti (1986) |
Kolmogorov fizika-matematika fanlari doktori boʻlgan. 1931-yildan Moskva davlat universiteti professori. 1939-yil SSSR Fanlar akademiyasi akademigi etib tayinlangan. 1964–1966- va 1974–1985-yillarda Moskva matematika jamiyati prezidenti boʻlgan. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1963). Lenin va Stalin mukofotlari laureati.
Kolmogorov oʻzgaruvchan funksiyalar nazariyasiga, topologiya (yuqori gomologiyalar nazariyasi), ehtimollar nazariyasi va klassik mexanika (turbulentlik nazariyasi), funksional analiz, oʻlchovlar nazariyasi, toʻplamlar nazariyasi, integrallar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi, funksiyalarning yaqinlashish nazariyasi, kibernetika va boshqa sohalar rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Olim ehtimollar nazariyasini aksiomatik asoslash sistemasini qurgan, Markovning tasodifiy jarayoni va statsionar tasodifiy jarayonlar nazariyasini rivojlantirgan.