Wolf matematika mukofoti

matematiklarga beriladigan mukofot

Wolf matematika mukofoti (inglizcha: Wolf Prize in Mathematics) — Isroildagi Wolf jamgʻarmasi tomonidan matematiklarga beriladigan mukofot. Bu mukofot Wolf jamgʻarmasi tomonidan taʼsis etilgan va 1978-yildan beri berib kelinayotgan olti Wolf mukofotining biridir: jamgʻarma qishloq xoʻjaligi, kimyo, tibbiyot, fizika va sanʼat boʻyicha ham mukofot beradi

2013–2014-yillarda oʻtkazilgan soʻrovda Wolf matematika mukofoti Abel mukofoti va Fields medalidan keyingi uchinchi eng nufuzli xalqaro matematika mukofoti deb topildi.[1][2] Abel mukofoti taʼsis etilguniga qadar Wolf mukofoti „Matematika boʻyicha Nobel mukofoti“ga eng yaqin ekvivalent hisoblangan, chunki Fields medali toʻrt yilda bir marta va faqat 40 yoshgacha boʻlgan matematiklarga beriladi.

Wolf matematika mukofoti sovrindorlari

tahrir
Yili Ismi Millati Iqtibos
1978 Izrail Gelfand   Sovet Ittifoqi
Carl Siegel   Olmoniya
1979 Jean Leray   Fransiya
André Weil   Fransiya
1980 Henri Cartan   Fransiya
Andrey Kolmogorov   Sovet Ittifoqi
1981 Lars Ahlfors   Finlandiya
Oskar Zarisskiy   AQSh
1982 Hassler Whitney   AQSh
Mark Kreyn   Sovet Ittifoqi
1983/4 Shiing-Shen Chern   Xitoy
Paul Erdős   Vengriya
1984/5 Kunihiko Kodaira   Yaponiya
Hans Lewy   Olmoniya
1986 Samuel Eilenberg   Polsha /   AQSh
Atle Selberg   Norvegiya
1987 Kiyosi Itô   Yaponiya
Peter Lax   Vengriya
1988 Friedrich Hirzebruch   Olmoniya
Lars Hörmander   Shvetsiya
1989 Alberto Calderón   Argentina
John Milnor   AQSh
1990 Ennio de Giorgi   Italiya
Ilya Pyatetskiy-Shapiro   Isroil
1991 berilmagan
1992 Lennart Carleson   Shvetsiya
John G. Thompson   AQSh
1993 Mixail Gromov   Rossiya
  Fransiya
Jacques Tits   Belgiya
  Fransiya
1994/5 Jürgen Moser   Olmoniya
1995/6 Robert Langlands   Kanada
Andrew Wiles   Birlashgan Qirollik
1996/7 Joseph Keller   AQSh
Yakov Sinay   Rossiya
1998 berilmagan
1999 László Lovász   Vengriya
  AQSh
Elias M. Stein   AQSh
2000 Raoul Bott   Vengriya
Jean-Pierre Serre   Fransiya
2001 Vladimir Arnold   Rossiya
Saharon Shelah   Isroil
2002/3 Mikio Sato   Yaponiya
John Tate   AQSh
2004 berilmagan
2005 Grigoriy Margulis   Rossiya
Sergey Novikov   Rossiya
2006/7 Stephen Smale   AQSh
Hillel Furstenberg   AQSh
  Isroil
2008 Pierre Deligne   Belgiya
Phillip Griffiths   AQSh
David Mumford   AQSh
2009 berilmagan
2010 Shing-Tung Yau   Xitoy
Dennis P. Sullivan   AQSh
2011 berilmagan
2012 Michael Aschbacher   AQSh
Luis Caffarelli   Argentina
2013 George Mostow   AQSh
Michael Artin   AQSh
2014 Peter Sarnak   Janubiy Afrika Respublikasi
2015 James Arthur   Kanada
2016 berilmagan
2017 Richard Schoen   AQSh
Charles Fefferman   AQSh
2018 Aleksandr Beylinson   Rossiya
Vladimir Drinfeld   Ukraina
2019 Jean-Francois Le Gall   Fransiya
Gregory Lawler   AQSh
2020 Simon Donaldson   Birlashgan Qirollik
Yakov Eliashberg   AQSh
2022 George Lusztig   AQSh
2023 Ingrid Daubechies   Belgiya

Manbalar

tahrir
  1. IREG Observatory on Academic Ranking and Excellence. IREG List of International Academic Awards. Brussels: IREG Observatory on Academic Ranking and Excellence. Qaraldi: 3-mart 2018-yil.  (Wayback Machine saytida 2019-03-12 sanasida arxivlangan)
  2. Zheng, Juntao; Liu, Niancai (2015). "Mapping of important international academic awards". Scientometrics 104: 763–791. doi:10.1007/s11192-015-1613-7. 

Havolalar

tahrir