Yesionov Andrey Kimovich[1] — portret va shahar manzarasi ustasi, grafik rassom. Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi (Rassomlik bo‘limi, 2018-yil), Florensiya Tasviriy sanʼat va chizmachilik akademiyasining faxriy akademigi (Accademia delle Arti del Disegno ,1995), Xalqaro sanʼat jamg‘armasi Moskva rassomlar uyushmasi[2], „Rossiya rassomlar uyushmasi“ VTOO hamda Rossiya Rassomlar ijodiy uyushmasi aʼzosi.

Yesionov Andrey Kimovich
Tavalludi 30-noyabr 1963 (58 yosh)
Тoshkent
Fuqaroligi Rossiya Rossiya
Kasbi rassom
Mukofotlari
Veb-sayt esionov.ru

Rassom portret, tarixiy, falsafiy rasmlar janrida ijod qiladi, akvarel vositasida chizishni targ‘ib qiladi. Tanqidchilarning e'tirofiga ko‘ra, Yesionov akademizm yo‘nalishidagi zamonaviy rasm uslubida ijod qiladi. Rassomning asarlari mashhur muzeylar kolleksiyalarida, jumladan, Moskva zamonaviy sanʼat muzeyi (MMOMA, Moskva), Davlat rus muzeyi (Sankt-Peterburg), Tatariston Respublikasi davlat tasviriy sanʼat muzeyi (Qozon), Samara sanʼat muzeyi (Samara), Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi (Toshkent), Tasviriy sanʼat va chizmachilik akademiyasi muzeyi (Accademia delle Arti del Disegno, Florensiya)da namoyish etilgan.

Andrey Yesionovning sur’atlarida ifodalangan real dunyo obyektlari isteʼdod, kasbiy mahorat va texnik ko‘rsatkichlardan dalolat beruvchi sanʼat asariga aylanadi. U tabiatni klonlashtirmaydi, balki hech qanday optik asboblar, fotosuratlar va kino uskunalaridan foydalanmasdan, faqat sanʼatning o‘zinigina ifodalovchi vositalar bilan yangi voqelikni yaratadi. Andrey Yesionov ijodining obrazli dramaturgiyasi, poetikasi real va xayolning uyg‘unligi bo‘lib, idrokning assotsiativligini va tomoshabinning ijodiy tasavvurini rag‘batlantiradi.Aleksandr Rojin, sanʼatshunos, Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi, „Tretyakov galereyasi“ jurnali bosh muharriri.

Biografiyasi

tahrir

Andrey Yesionov[3] 1963-yil 30-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1981-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va sanʼat maktab-internatini rassom-grafik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan[4]. A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutining dastgoh bo‘limida akademik taʼlim olgan. Rossiya Rassomlar uyushmasi aʼzosi, Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi. Rossiya Badiiy akademiyasi tomonidan oltin medal bilan taqdirlangan, xalqaro va milliy ko‘rgazmalar laureati.
…Yesionov chorak asr oldin Toshkentdan Moskvaga kelgan. Sovet davrida Toshkentda kuchli sanʼat maktabi faoliyat ko‘rsatgan, Toshkent institutidagi sifatli taʼlim va erkinlik Sovet Ittifoqida kamdan-kam uchraydigan holat edi. Ehtimol bunda Aleksandr Volkov kabi ajoyib rus koʻchmanchilarining ijodiy merosi rol o‘ynagan yoki O‘rta Osiyoda eng yangi rus sanʼatining ajoyib namunalarining mavjudligi alohida muhit yaratgan. Toshkent maktabining ayrim vakillarini bugun Moskvada ko‘ramiz va ular o‘ziga xos temperament, mustaqil xulq-atvor va o‘zgacha  matonatli qobiliyati bilan ajralib turadi.

Shunga o‘xshash holatni Andrey Yesionov timsolida ham ko‘rish mumkin. Moskva bag‘rida hech kim uni ko‘tarmagan, erkalamagan, ko‘rgazmalari va ijodiy uyushmalardagi mavqeiga eʼtibor bermagan. Yesionov 2013-yilda Badiiy akademiyada namoyish etilgan mashhur, biroq noaniq, isteʼdodli va boshqa turli xil sanʼat ustalarining bu keng do‘stona jamiyati haqida juda kam narsa bilgan. U Moskva rassomlarining bir nechtalarini ismlarini bilgan va baʼzilarini hurmat qilib qadrlagan; lekin ularning ishlari va taqdiri, biografiyasi va ular bilan bog‘liq urf-odat va rivoyatlar haqidagi fikrlarni butunlay ibtidoiy deb hisoblagan. Ehtimol, uni bu mahalliy kadrlar va bizning Moskva badiiy haqiqati (ijtimoiy mifologiya) unchalik qiziqtirmaydi. U o‘zining qatʼiy nigohi bilan bizni kuzatishga va nimanidir o‘rganishga tayyor, zero u maʼlumotni qanday o‘rganishni va o‘zlashtirishni biladi. Biroq u buni qandaydir o‘zgachalik bilan amalga oshiradi. U juda, juda o‘ziga xos. U bizning Moskva zaminida ildiz otgan, biroq uning ildizlari jahon badiiy madaniyatining boshqa qatlamlariga borib taqalsa kerak. Yesionovning ishi sirli. Rassomlar yo‘qdan paydo bo‘ladimi, ular yakka holda mavjud bo‘la oladimi? Ular odatda o‘z doiralarida (hatto tor doirada) yashaydilar, universitet va kollejlarda dars berishadi, matbuot bilan uchrashadilar, taqdimotlar va muhokamalarda qatnashadilar. Ular doʻstlashib, baʼzan janjal ham qiladilar, bir-birlari bilan raqobatlashadilar, oʻz davrasidagi inson bilan turmush quradilar, farzandlarini imkoni boricha koʻpaytiradilar. Ularning barchasi turlicha, biroq barchasida Moskvaning o‘ziga xos talablari kuzatiladi. Yesionov hech qachon bizlardan bo‘lmagan. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, u hech qachon yuz foiz bizning odamimiz bo‘lmagan.

So‘nggi besh yildagi asarlari orqali u o‘zini Moskvada yashovchi, poytaxt manzaralari va poytaxtning mashhur insonlari portretlarini muvaffaqiyatli chizadigan rassom deya eʼlon qildi. Bunga qadar Yesionovning fanda qanday rassom bo‘lganligi nomaʼlum. Moskvadagi ustaxonasida talabalik yillari chizilgan Toshkentning ikki-uch surati saqlangan. Bular chuqur Osiyo hayoti haqidagi navqiron, kuchli va ehtirosli talabaning asarlaridir. O‘sha paytlarda yosh rassomlar yigirma yil davomida umuman rasm chizmagan, butunlay boshqa narsalar bilan shug‘ullangan. Aynan o‘sha yillari professorlar taksi haydovchisi bo‘lgan, gumanitar fanlar biznesga kirgan va rassomlar taʼriflab bo‘lmaydigan o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. Qayta qurish shamoli bilan uchib ketgan bu qum donalarining hammasi ham keyinchalik o‘zlari xohlagan va tayyorlangan kasblarga qaytmagan. Aynan yigirma yildan keyin Yesionov yana rasm va grafikaga qaytdi. Eng ajablanarlisi va g‘ayrioddiysi shuki, rassom 2010-yildan keyin birdan Moskvada debyut qildi…

Andrey Yesionov sanʼati, muallif — Aleksandr Yakimovich, sanʼat fanlari doktori, Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi

Koʻrgazmalardagi ishtiroki

tahrir
  • Rossiya Badiiy akademiyasi zalida ,,Moskva va moskvaliklar" shaxsiy ko‘rgazmasi. Moskva, Prechistenka 21 (2013);
  • Artspace Galleries-Art Galleries Yevropadagi ,,Moscou et moscovites" shaxsiy ko‘rgazmasi, 78 avenue de Suffren, Parij (2013)[5];
  • Rossiyada madaniyat yili doirasidagi shaxsiy ko‘rgazma Mintaqaviy rivojlanish vazirligi tomonidan vazirlik galereyasida tayyorlangan. Moskva, Krasnaya Presnya 3 (2014);
  • Zurab Sereteli sanʼat galereyasi zallarida ,,Rassom makonida Adan Zgacha" nomli  shaxsiy ko‘rgazmasi. Moskva, Prechistenka, 19 (2014);
  • Moskva zamonaviy sanʼat muzeyida (MMOMA) ,,Rangli suvdagi akslar" shaxsiy ko‘rgazmasi. Moskva, Gogol bulvari, 10 (2016);
  • Davlat rus muzeyida, Stroganov saroyida ,,Ko‘zgu" shaxsiy ko‘rgazmasi. Sankt-Peterburg, Nevskiy prospekti, 17 (2016)[6];
  • Samara sanʼat muzeyida ,,O‘zgarish sanʼati" shaxsiy ko‘rgazmasi. Samara, Kuybisheva ko‘chasi, 92 (2017-yil iyun — 2017-yil iyul).
  • Tatariston Respublikasi Davlat tasviriy sanʼat muzeyida ,,Muvozanat" shaxsiy ko‘rgazmasi. Qozon, Qozon Kremli, Xazine muzey majmuasi (2017-yil avgust — 2017-yil sentabr).
  • O‘zbekiston Davlat sanʼat muzeyida ,,Daryoga ikki marta kir" shaxsiy ko‘rgazmasi. Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 16 (2017-yil oktabr — 2017-yil dekabr).
  • „Neonomadi e Autoctoni“ shaxsiy ko‘rgazmasi Arti del Disegno di Firenze akademiyasining ko‘rgazmalar zalida, Florensiya, Rikasoli 68 (2019-yil mart — 2019-yil aprel)[7].
  • San Salvatore in Lauro muzeyida, Rimdagi Piazza San Salvatore in Lauro muzeyida ,,Visionary realism" shaxsiy ko‘rgazmasi 15  (2019-yil sentabr — 2020-yil yanvar)
  • Tatariston Respublikasi Pushkin muzeyining Zamonaviy sanʼat galereyasida ,,Dastlabki natijalar" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi. Qozon, Karl Marks 57 (2021-yil avgust — 2021-yil noyabr).
  • Shusev nomidagi Davlat arxitektura muzeyida, ,,Varob" qanotida ,,Nigoh bilan qurollangan" shaxsiy ko‘rgazmasi. Moskva, Vozdvijenka 5/25 (2021-yil dekabr — 2022-yil fevral).
  • Shaxsiy ko‘rgazma „Imon yo‘llari. Rimning yetti cherkovidagi Andrey Yesionovning sanʼati“. Birinchi marta suratlar bir vaqtning o‘zida Rimdagi yettita tarixiy cherkovi: Panteon/Santa-Mariya-ad-Martires, Il-Jezu, San-Marko, Sant-Andrea-della-Valle, San-Lorenso-in- Luchina, Santi-Vinchenso-e-Anastasio, Santa-Mariya-in-Kampitelli (2022-may — 2022-yil oktabr)da namoyish etilgan.

Mukofotlari

tahrir
  • Rossiya Badiiy akademiyasi oltin medali (2012)[8];
  • Rossiya Rassomlar ijodiy uyushmasi kumush medali;
  • „Anʼanalar va zamonaviylik“ oltinchi Moskva xalqaro sanʼat festivalining rassomlik yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi (2012)[9];
  • Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining Faxriy diplomi;
  • Rossiya Badiiy akademiyasining „Shuvalov“ medali (2016)[10].
  • II darajali ,,Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordeni (2019) — Milliy madaniyat va sanʼat, ommaviy axborot vositalari rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, koʻp yillik samarali faoliyati uchun[11].

Manbalar

tahrir
  1. „Youtube channel“. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  2. Redazione Met. „Met - Notizie dagli Enti della Toscana centrale - quotidiano di informazione della città metropolitana di Firenze.“. met.provincia.fi.it. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
  3. „Русское искусство. Андрей Есионов“. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  4. „Художник Андрей Есионов“. artifex.ru. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  5. „Andrei Esionov - Russia“ (en). Art Galleries Europe. 2018-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  6. „В русском музее представляют современную акварель“. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  7. „NEO-NOMADS AND AUTOCHTHONS: THE FIRST SOLO EXHIBITION OF ANDREY ESIONOV IN ITALY“.
  8. „ЕСИОНОВ Андрей Кимович“. www.rah.ru. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  9. „Московский Международный Фестиваль Искусств "Традиции и Современность"“ (ru). ТАСС. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  10. „На заседании Президиума Российской академии художеств 27 сентября 2016 года“. www.rah.ru. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  11. „Указ Президента Российской Федерации от 28.03.2019 г. № 132“ (ru). Президент России. 2020-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-may.