Android Ice Cream Sandwich (yoki Android 4.0) Google tomonidan ishlab chiqilgan Android mobil operatsion tizimining toʻrtinchi yirik versiyasidir. 2011-yil 19-oktabrda taqdim etilgan Android 4.0 smartfonlar va planshetlar uchun yagona platforma yaratish maqsadida faqat planshetlar uchun moʻljallangan Android Honeycomb tomonidan kiritilgan muhim oʻzgarishlarga asoslanadi. Android Ice Cream Sandwich operatsion tizimli birinchi telefon Samsung Galaxy Nexus edi.

Operatsion tizim
Android Ice Cream Sandwich
Ishlab chiquvchi Google
Ilk e’lon qilinishi 18-oktyabr, 2011-yil (13 yil avval) (2011-10-18)[1]
Soʻnggi versiyasi 4.0.4 (IMM76L)
So’nggi test versiyasi 4.0.4 (IMM76L)
Paket menedjerlari Google Play
Yadro tipi Monolitik (Linux)
Oldingisi Android 2.3.7 „Gingerbread“ (smartfonlar uchun)
Android 3.2.6 „Honeycomb“ (planshetlar uchun)
Keyingisi Android 4.1 „Jelly Bean“
Veb sayt „Rasmiy vebsayti“.

Android 4.0 inson interfeysi yoʻriqnomalari toʻplami uchun umumiy Android tajribasini soddalashtirish va rivojlantirish maqsadiga qaratilgan edi. Ushbu saʼy-harakatlarning bir qismi sifatida u toza, minimalist dizayn va Roboto nomli yangi standart shrift atrofida qurilgan „Holo“ kod nomli yangi vizual koʻrinishni taqdim etdi. Undan tashqari operatsion tizim bir qancha yangi funksiyalarni taqdim etdi, jumladan, yangilanib turadigan bosh ekran tasviri, NFC tizimi, yangilangan veb brauzer, ijtimoiy integratsiya uchun yangi kontakt boshqaruvi, ekran qulfi vaqtida musiqani nazorat qilish va kamerani ochish funksiyalari, yuz orqali qulfdan ochish funksiyasi, mobil aloqadan va internetdan foydalanishni nazorat qilish va cheklash va bir qancha ichki yangilanishlar.

Android 4.0 tanqidchilar tomonidan ijobiy sharhlarga sazovor boʻldi va ular operatsion tizimning oldingi versiyalarga nisbatan toza, yangilangan koʻrinishini hamda yaxshilangan grafika va funksionalligini maqtashdi.

2022-yil oktabr holatiga koʻra, Google tomonidan eʼlon qilingan statistik maʼlumotlarga asoslanib, Google Play’dan foydalanadigan barcha Android qurilmalarining 0,15 foizi Ice Cream Sandwich’da ishlaydi[2]

Rivojlanishi

tahrir

"Google I/O 2011" koʻrgazmasida faqat planshetlar uchun moʻljallangan „Honeycomb“ chiqishidan soʻng Android`ning navbatdagi versiyasi, „Ice Cream Sandwich“ (ICS) smartfon va planshetlar oʻrtasida yagona foydalanuvchi tajribasini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilishi eʼlon qilindi. 2011-yil iyun oyida Samsung tomonidan ICS bilan birga yangi Nexus telefoni haqida ham maʼlumotlar paydo boʻldi. Android blogi RootzWiki 2011-yil avgust oyida Nexus S`ning ICS tizimida ishlayotgani, Honeycomb`ga oʻxshash yangi dastur menyusi va koʻk rangli yangi interfeys tasvirlangan fotosuratlarni chiqardi[3][4][5]. Android 4.0 va yangi Nexus telefonining rasmiy taqdimoti dastlab 2011-yil 11-oktabrda San-Diyegodagi CTIA savdo koʻrgazmasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Lekin Apple asoschilaridan biri Stiv Jobsning oʻlimi sababli Google va Samsung tadbirni Gonkongda 2011-yil 19-oktyabrga qoldirdi[6]. Android 4.0 va Galaxy Nexus 2011-yil 19-oktabrda rasman taqdim etildi. Andy Rubinning aytishicha, yangi versiya smartfon va planshetlarda „jozibali va intuitiv“ foydalanuvchi tajribasini taqdim etish uchun moʻljallangan[7].

Xususiyatlari

tahrir

Vizual dizayn

tahrir

Android 4.0 foydalanuvchi interfeysi Honeycomb tomonidan taqdim etilgan dizaynning davomchisi hisoblanadi, garchi Honeycombning futuristik estetikasi neon koʻk, qattiq qirrali va soyalar bilan tekis dizayn foydasiga qisqartirilgan boʻlsa ham. Ice Cream Sandwich yangi standart tizim shrifti Robotoni taqdim etdi; Droid shriftlari oilasini almashtirish uchun ishlab chiqilgan Roboto birinchi navbatda yuqori aniqlikdagi mobil displeylarda foydalanish uchun optimallashtirilgan edi.

Honeycomb`da boʻlgani kabi, qurilmalar endi navigatsiya tugmalarini — „Orqaga“, „Bosh ekran“ va „Oxirgi ilovalar“ni ekranning pastki qismidagi „tizim paneli“da koʻrsatishi mumkin, bu esa jismoniy muqobillarga boʻlgan ehtiyojni yoʻqotadi.

Foydalanuvchi tajribasi

tahrir

Ice Cream Sandwich`ning standart asosiy ekrani ekranning yuqori qismidagi doimiy Google Qidiruv panelini oʻz ichiga oladi. Ilova papkalarni ilovalarni surib, uni boshqasiga olib borish orqali yaratish mumkin. Vidjetlarning oʻlchamlarini oʻzgartirish va ularni aylantirish mumkin.

Telefon ilovasi Holo dizayni, kiruvchi qoʻngʻiroqlarga oldindan belgilangan matnli xabarlar orqali javoblarni yuborish imkoniyati va qoʻngʻiroqlar jurnali displeyida vizual ovozli pochta integratsiyasi bilan yangilandi

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Android 4.0 Platform and Updated SDK Tools“. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  2. „Dashboards | Android Developers“. developer.android.com. 2018-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
  3. „Tasty Ice Cream Sandwich details drip out of redacted screenshots“. Ars Technica (2011-yil 11-avgust). 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  4. „Google announces Android Ice Cream Sandwich will merge phone and tablet OSes“. Ars Technica (2011-yil 10-may). 2019-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  5. „Leaked specs for beastly Google Nexus 4G may win carriers' hearts“. Ars Technica (2011-yil 15-iyun). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  6. „Android Ice Cream Sandwich event moved to October 19 in Hong Kong“. Ars Technica (2011-yil 13-oktyabr). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  7. Meyer, David „Google unveils Ice Cream Sandwich Android 4.0“. ZDNet (2011-yil 19-oktyabr). 2019-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
tahrir