Apple Inc.

Amerika ko'p millatli texnologiya kompaniyasi
(Appledan yoʻnaltirildi)

Apple Inc. – shtab-kvartirasi Kupertinoda (Kaliforniya) joylashgan Amerika koʻp millatli texnologiya kompaniyasi. Apple 2022-yilda 394,3 milliard dollar daromad bilan dunyoning eng yirik texnologiya kompaniyasi hisoblanadi. 2023 yil mart holatiga koʻra, Apple bozor kapitallashuvi boʻyicha dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. 2022 yil iyun holatiga koʻra, Apple shaxsiy kompyuterlar sotuvchisi boʻyicha toʻrtinchi va dunyodagi ikkinchi yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisi. U Alphabet (Google kompaniyasining bosh kompaniyasi), Amazon, Meta Platforms va Microsoft bilan bir qatorda Amerikaning Katta beshlik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Apple Inc.
Turi Ommaviy kompaniya
Xizmatlari Kompyuter texnikalari, uyali telefon, audio texnika va dastur taʼminoti ishlab chiqarish
Qachon asos solingan 1-aprel 1976
Joylashuvi Kupertino(rus.), Kaliforniya
Asoschi(lari) Steve Jobs va Steve Wozniak
Rahbariyat Steve Jobs, Steve Wozniak, Timothy D. Cook
Daromadi US$24.01 miliard (2007)
Aylanma daromadi 383 285 000 000[1]
Operatsion foydasi 114 301 000 000[1]
Boyligi 351 002 000 000[2]
Sof foydasi 96 995 000 000[1]
Ishchilar soni 17,787 (30-sentabr 2006)
Vebsayti Apple.com

Apple 1976-yil 1-aprelda Steve Wozniak, Steve Jobs (1955–2011) va Ronald Wayne tomonidan Wozniak-ning Apple I shaxsiy kompyuterini ishlab chiqish va sotish uchun Apple Computer kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. U 1977-yilda Jobs va Voznyak tomonidan Apple Computer, Inc. nomi bilan tuzilgan. Kompaniyaning ikkinchi kompyuteri Apple II eng koʻp sotilgan va birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan mikrokompyuterlardan biriga aylandi. Apple 1980 yilda bir zumda moliyaviy muvaffaqiyatga erishdi. Kompaniya innovatsion grafik foydalanuvchi interfeyslariga ega kompyuterlarni ishlab chiqdi, jumladan, 1984-yilgi asl Macintosh, oʻsha yili „1984“ deb nomlangan tanqidiy reklamada eʼlon qildi. 1985 yilga kelib, uning mahsulotlarining yuqori narxi va rahbarlar oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash muammolarni keltirib chiqardi. Voznyak Apple kompaniyasini tark etdi va boshqa tashabbuslarni davom ettirdi, Jobs esa isteʼfoga chiqdi va NeXT kompaniyasiga asos soldi va Apple xodimlarining bir qismini oʻzi bilan olib ketdi.

Tarixi

tahrir

70-yillar

tahrir
 
Apple II

Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970-yilning oʻrtalarida ular „Motorola 6502“ protsessori bazasida birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. Oʻnlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1-aprel 1976-yilda kompaniyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishgan.1976-yilda ishlab chiqilgan „Apple I“ birinchi dasturlashtiruvchi mikrokompyuter boʻlmagan. Birinchilik „Alʼtair 8800“ kompyuteriga tegishli, 1974-yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan. Ammo, „Alʼtair“ texnik tomondan „shaxsiy kompyuter“ sifatida kvalifikatsiyalanmagan boʻlgan, chunki yigʻish imkoniyatiga ega boʻlmagan va dastur yordamida maʼlumotlarni chiqarish imkoniga ega boʻlmagan. Yillar davomida kompaniya „Motorola“ prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizimli oʻzining „Macintosh“ kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan.

80-yillar

tahrir
 
Macintosh 128K

1980-yil noyabr oyida kompaniya kompyuterlarini bozorga chiqara boshlaydi va barcha kamchiliklar oʻzini namoyon eta boshlaydi. 1981-yil mart oyiga kelib etkazib berilgan kompyuterlarning 20 % i nosoz holda yetkazilayotgani aniqlandi. Qolganlari esa yoqilishi bilan bir soat oʻtar oʻtmas buzilar edi, chunki Jobs ventilyator qoʻyishga ruxsat bermagan edi va mikrosxemalar temperatura oshishiga dosh bermas edi. 1981-yilning mart oyida Wozniak aftohalokatga uchraydi va vaqtinchalik ishlay olmaydi. „Apple III“ ni sotish bilan bogʻliq muammolar shunga olib keldiki, Jobs oʻzning 40 ta ishchisini boʻshatishga majbur boʻladi. 1985-yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan texnik progressni rivojlantirgani uchun Jobs va Wozniakga medal topshiradi.

Boshqaruv

tahrir
 
Companiya bosh ofisi Cupertino, California.

„Apple“ – ommaviy kompaniya, uning aksiyalari NASDAQ va London fond birjalarida sotiladi. Kapitalizatsiya 2007-yil iyul oyi oʻrtalarida – $115,3 mlrdni tashkil etdi. Bosh boshqaruvchi – Steve Jobs.

Faoliyati

tahrir

Kompaniya oʻzining bir qism mahsulotlarini oʻziga tegishli doʻkonlar tizimi orqali koʻtara sotadi. (AQSH, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya da 147 ta doʻkoniga ega). „Apple“ 2005-yil 24-sentyabr moliyaviy yil yakunlariga koʻra oʻz doʻkonlaridan $2.35 mlrd daromad olgan, bu uning yillik savdo hajmining 17 % ni tashkil etadi.

Apple oʻzining mustaqil xizmat koʻrsatish markazlari dasturini (IRP) 200 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham ishga tushiradi. Dastur bosqichma-bosqich kengaytiriladi – Oʻzbekiston esa ikkinchi bosqichda qamrab olinadi. Mamlakatdagi xizmat koʻrsatish markazlari 2021-yilning oxirida IRP sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza berishi mumkin boʻladi[3].

Mahsulotlari

tahrir
 
MacBook Air M1

Hozirgi kunda Macintosh kompyuterlaridan tashqari (MacPro, iMac va Mac mini modellari, noutbuklar : MacBook va MacBook Pro, Xseve server ishlab chiqarish) shuningdek ularga dasturiy taʼminoti (Mac OS X, iLife,Final Cut, Aperture multimediya paketlari va boshqalar) ishlab chiqaradi. Apple iPod pleyerlari ishlab chiqaradi, shuningdek iTunes onlayn doʻkoni orqali raqamli audio va videoyozishlarni sotish bilan ham shugʻullanadi. Apple Cinema Display deb nomlanuvchi professional kompyuter displeylarini ham ishlab chiqaradi.

2006-yil yanvar oyidan boshlab „Apple“ kompaniyasi Intel prosessorli kompyuterlar ishlab chiqara boshladi.

2007-yil 21-mart dan boshlab „Apple“ HDTV video formatda ishlovchi Apple TVmultimediya pleyerlarni ishlab chiqara boshladi.

 
iPhone

2007-yil 29-iyundan „Apple“ yangicha boshqarish usuli Multi – Touch ga asoslangan iPhone yangi telefonini sotishni boshladi.

IPhone – Yangi iPhone 5
IPhone – Mobil telefon
IPad – Planshet Kompyuter
IPod_classic, IPod_shuffle, IPod_nano va IPod_touch – Multimedia Pleyer
MacBook_Pro – Professional Notebook, 2006
MacBook_Air – yupqa Notebook, 2008
Mac_mini – Shaxsiy kompyuter, 2005
IMac – Kompyuter Hammasi birda (Monitor, Sistemni blok)
Mac_Pro – Stol ustida Kompyuter
Thunderbolt_Display – Kompyuter Monitorlari

Faoliyati koʻrsatkichlari

tahrir

Umumiy ishchilari soni – 14.8 ming kishi (24-sentyabr 2005) 2006 moliyaviy yilda (31-sentyabr 2006-yilda tugagan) Apple ning sotuvlari natijasi – $19.3 mlrdni tashkil etgan.

Apple Rossiyada

tahrir

Kompaniyaning Rossiyadagi biznes hamkorlari bu – Apple IMC Russia, „MakSentr“ va „Deep apple“ hisoblanadi. 2006 moliyaviy yil yakunlariga koʻra „Apple“ ning Rossiyadagi sotuvlari $69 mln ni tashkil etgan."Apple IMC Russia" menejerlari fikriga koʻra ushbu mavsumda Rossiyada 240 ming dona iPod audio pleyerlari sotilgan.

Qiziqarli faktlar

tahrir
  • Yangi kompaniyaga nom tanlash uchun uch oy intilishlardan soʻng, kompaniya asoschilaridan biri Steve Jobs oʻz hamkasblariga shunday ultimatum qoʻyadi:"Men kompaniyani „Apple“ (oʻzbekcha: „“Olma”“) deb nomlayman, agar siz soat beshgacha yahshiroq nom topmasangiz"
  • „Macintosh“ – AQShda sotilgan olma navining nomi, Jobsning yaxshi koʻrgan mevasi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir