Angʻirt, sariq gʻoz, atayka (Tadorna ferruginea) – gʻozsimonlar turkumining oʻrdaklar oilasiga mansub parranda. Patlari ochiq sargʻish, boshi oqish. Yevropa va Osiyoning choʻl, dasht va togʻli hududlarida tarqalgan. Qishlash uchun Afrikaning shimoliy va Osiyoning jan. tomonlariga uchib ketadi; Oʻzbekistonda ham uchraydi, bir qismi shu yerda qishlaydi. Togʻ, choʻl va dasht zonalaridagi chuchuk suvli va shoʻr koʻllarda yashaydi. Inini tulki, qorsoq, boʻrsiq kabi hayvonlarning tashlab ketgan uyasiga va toshlar orasiga quradi, 8-12 tacha tuxum qoʻyadi. Erkagi uyaning atrofidan uzoqqa ketmasdan, urgʻochisini qoʻriqlab yuradi va tuxumdan chiqqan joʻjalarini boqishga koʻmaklashadi. Angʻirt har xil mayda jonivorlar va oʻsimliklar bilan ovqatlanadi. Angʻirt ov qilinadi. Goʻshti yozda (faqat jonivorlar bilan ovqatlanganda) bemaza va qoʻlansa, kuzda (oʻsimliklar bilan ovqatlanganda) mazali boʻladi.

Botanika bogʻidan Ogar
Tadorna ferruginea

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil