Choʻl
Sahro — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, xususan, arab va fors tillarida chul maʼnosida ishlatiladigan atama. Joy nomlari sifatida ham qoʻllanadi, mas, Sahroi Kabir. Oʻzbek tilida, xususan, badiiy adabiyotlarda baʼzan choʻl soʻzining sinonimi sifatida ham ishlatiladi; 2) Arktika va Antarktikadagi sovuq, qor va muz qoplagan yerlar[1].
Choʻl yoki sahro deb juda oz miqdorda yogʻin sodir boʻladigan mintaqaga aytiladi. Aksariyat choʻllarda yogʻin yiliga 400 mm dan kam boʻladi[2]. Yiliga 250 mm dan kam yogʻinli choʻllar haqiqiy, 250—400 mm orasida yogʻin oladigan choʻllar esa yarimchoʻl yoki dasht, deyiladi[2][3].
Choʻllar shuningdek „issiq“ va „sovuq“ tiplarga ajratiladi. Issiq choʻllar qum-tuproq bilan qoplangan boʻlsa (masalan, Qoraqum), sovuq choʻllar qor va muz bilan qoplangan boʻladi (masalan, Antarktida).
Galereya
tahrirManbalar
tahrirVikiomborda Choʻl haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |