Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi
Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi (1956) — Suvaysh kanalini bosib olish maqsadida uyushtirilgan bosqinchilik. 29-oktyabrda Isroil qoʻshinlari Misr hududiga bostirib kirdi, 31-oktyabrda ingliz va fransuz qurolli kuchlari Misrni bombardimon qildi va 5-noyabrda Port-Said atrofiga qoʻshin tushirdi. Sobiq SSSR, AQSH va BMT tomonidan koʻrilgan ogohlantiruvchi chora-tadbirlar Buyuk Britaniya va Fransiyani 1956-yil dekabrda, Isroilni esa 1957-yil martda oʻz qoʻshinlarini Misrdan olib chiqib ketishga majbur qildi[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 1-jild (A — Beshbaliq). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 — 736-bet.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil