Anita Gara
Anita Gara (1983-yil 4-martda tugʻilgan) — vengriyalik ayol shaxmatchi. U FIDE xalqaro magistri (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan turnirlarda olti karra Vengriya chempioni (2000, 2001, 2009,[1] 2013, 2016,[2] va 2017[3]) unvonini qoʻlga kiritgan. Anita Gara 2018-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Anita Gara | |
---|---|
Ismi | Gara Anita |
Mamlakat | Hungary |
Tugʻilgan sana | Budapest, Hungary | 4 March 1983
Unvon | International Master (2009) Woman Grandmaster (1997) |
2405 (January 2005) |
Anita Gara Vengriya jamoasi bilan birgalikda ayollar shaxmat olimpiadasida va ayollar oʻrtasidagi jahon jamoaviy shaxmat chempionatida ishtirok etgan.[4] Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida jamoaviy Yevropa chempionatida, jumladan, 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmir qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan jamoaviy Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. 2016-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar olimpiadasida beshinchi taxtada oʻynab, bronza medalini qoʻlga kiritgan.[5]
Anita Gara shaxmat boʻyicha turli xalqaro turnirlarning koʻp karra gʻolibi. 2003-yilda u Budapeshtdagi „First Saturday“ shaxmat festivali doirasida boʻlib oʻtgan turnirlardan birida gʻolib chiqdi. 2004-yilda Szombatheli shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi „Gold Cup“ xalqaro turnirida Ildiko Madl va Anna Muzychukni yengib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2017-yilning aprel oyida Riga shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtishi kutilayotgan navbatdagi jahon chempionatida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, uning singlisi Ticia Gara ham shaxmatchi hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Gara Anita nyerte a női sakkbajnok“ (vengercha). Origo.hu (30-avgust 2009-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2011-yil.
- ↑ „Gara Anita ötödször sakkbajnok“ (vengercha). Index.hu (1-may 2016-yil). Qaraldi: 15-iyun 2017-yil.
- ↑ Zalakaroson Rapport Richárd nyerte a nyílt magyar bajnokságot
- ↑ McGourty. „Russia and China claim World Team gold“. chess24.com (14-mart 2019-yil). Qaraldi: 27-oktabr 2019-yil.
- ↑ „USA and China take gold in Baku Chess Olympiad“. Chessdom (13-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 15-iyun 2017-yil.