Anje
(Anjerdan yoʻnaltirildi)
Anje, Anjer — Fransiyadagi shahar, Maine-et-Loire departamentining maʼmuriy markazi, Anju tarixiy viloyatining eng katta shahri. Aholisi 141 ming kishi (1990). Men daryosi Luaraga quyiladigan yerdagi pristan. Anje tuguni. Anje mashinasozligi, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poyabzal sanoati korxonalari, sanʼat va hunar milliy maktabi, roman-gotika cherkovi (12—13-asrlar), qasr (1228—1238-yillar), arxeologiya va suratli gilamlar muzeylari bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |