António Guterres
Antonio Guterres (portugalcha: António Manuel de Oliveira Guterres; 30-aprel, 1949-yil, Lissabon) — Birlashgan millatlar tashkilotining bosh kotibi (2017-yildan). Portugaliya Sotsialistik partiyasi bosh kotibi (1992—2002), Bosh vazir (1995—2002), BMTning qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari (2005—2015).
António Manuel de Oliveira Guterres | |
---|---|
BMTning 9-Bosh kotibi | |
Mansab davri 1-yanvar 2017-yil | |
Oʻtmishdoshi | Pan Gi Mun |
Portugaliya Bosh vaziri | |
Mansab davri 28-oktyabr 1995-yil – 6-aprel 2002-yilgacha | |
Prezident | Mario Soares |
Oʻtmishdoshi | Anibal Silva |
Vorisi | Jose Manuel Barrosu |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-aprel 1949-yil Lissabon, Portugaliya |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1973-yilda Oliy texnika institutini tugatgan[1]. 1974-yildan sotsialistik partiya aʼzosi. 1992—2002 yillarda bosh kotib. 1995-2002 yillarda Portugaliya Bosh vaziri[2]. 2005-2015 yillarda BMTning qochoqlar boʻyicha oliy komissari. 2016-yil 5-oktyabrda BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tashkilot bosh kotibi etib saylandi[3]. 2017-yil 1-yanvardan bosh kotib lavozimiga kirishdi[4]. 2017-yilning 8-9 iyun kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammitida ishtirok etdi. 10-iyun kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi[5]. Samarqand shahrida marhum prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qoraqalpogʻistonda boʻlib, Orol dengizidagi ahvol bilan tanishdi. Shu kuni Qirgʻizistonga joʻnab ketdi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „António Guterres“ (pt). infopedia.pt (2016-yil 10-iyun). Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Новый генсек ООН: кто такой Антониу Гутерриш?“ (ru). BBC (5. 10. 2016). Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
- ↑ David Santiago. „António Guterres é o novo secretário-geral da ONU“ (pt). Negócios (2016-yil 10-may). Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
- ↑ „В ООН выбрали нового генерального секретаря“. РБК. Qaraldi: 2016-yil 13-oktyabr.
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/06/10/bmt-bos-kotibi-antoniu-guterris-uzbekistonga-keldi
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/06/11/antoniu-guterris-uzbekistonga-safarini-akunlab-kirgizistonga-zunab-ketdi