Antik davrda Xorazm
Xorazmiya – Gʻarbiy Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlat boʻlib, ushbu davlatning qachondan boshlab barpo etilgani noaniq. Uning markazi hozirgi Turkmaniston va Oʻzbekiston hududidagi keng choʻllar bilan chegaradosh Amudaryo boʻyidagi Xorazm vohasi edi.
Xorazm | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
1190—1220-yillarda Xorazm imperiyasi. | |||||||
Poytaxti | Kat, Urganch, Xiva | ||||||
Til(lar)i | Xorazmiy, Xorazm-turkiy, | ||||||
Dini | Islom | ||||||
Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya | ||||||
Meros boʻlib oʻtishi | |||||||
Xorazm XSR → |
Tarixi
tahrirUshbu davlat haqidagi birinchi maʼlumotlar miloddan avvalgi VI asrda paydo boʻlgan. Xorazmiya zardushtiylik dinining ilk markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 588-yilda shahar aholisi Zardushtiylik diniga eʼtiqot qilgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi boʻlmish „Avesto“da Xorazmiya haqida soʻz boradi. Shuningdek, mamlakat vaqtincha Ahamoniylar imperiyasining poytaxti boʻlgan. Ushbu davlat boshqa Oʻrta Osiyo hududlari qatori Kir II tomonidan bosib olingan[1]. Doro I saroy qurilishi uchun qilingan qoʻlyozma manbada Xorazmiya ham boshqa fors hududlari orasidagi viloyat sifatida koʻrsatilgan. Hozirga kelib ushbu qadimiy shahardan 400 ga yaqin aholi turar joy qoldiqlari topilgan.
Arxeologiyada ushbu davr antik arxaik davr deb ataladi. Ushbu yodgorliklar miloddan avvalgi VII-IV asrlarga oid[2]. Arxeologlar tomonidan Koʻzaliqir shahri qisman qazib olingan boʻlib, uning maydoni 25 gektar va ushbu shahar oʻz saroyiga ega boʻlgan. Bu joy VII-VI asr boshlarida gullab-yashnagan. Yana bir arxeloglar tomonidan topilgan shahar Qoʻyqirilgan qal’adir. Topilmalar orasida temir qurollar, bronzali kamon oʻqlari va 24 ta yogʻoch idishlar bor[3]. Qal'aliqirda miloddan avvalgi 400-yillarga oid saroy topilgan. Bino hech qachon qurib bitkazilmagan. Bu esa Xorazmiyadagi ayrim shahar binolari qurib bitkazilmay turib Fors imperiyasi qoʻliga oʻtib ketganini anglatadi.