Anton Makarenko
Anton Semyonovich Makarenko (ruscha: Анто́н Семёнович Мака́ренко; 1888-yil 13-mart, Ukraina — 1939-yil 1-aprel, Moskva) — pedagog va yozuvchi.
Anton Makarenko | |
---|---|
![]() | |
Asl ismi | Анто́н Семёнович Мака́ренко |
Tavalludi |
13-mart 1888-yil |
Vafoti |
1-aprel 1939-yil (51 yoshda) Moskva |
Ijod qilgan tillari | Rus |
Fuqaroligi |
![]() |
Yoʻnalish | Pedagogika, didaktika. |
Hayoti
tahrirAnton Semyonovich Makarenko 1888-yilning 13-martida Ukrainaning Sumi viloyati Bilopiliya shahrida tugʻilgan. 1917-yilda Poltavadagi oʻqituvchilar institutini tugatgan. 1920–1930-yillarda Poltava shahri yaqinidagi voyaga yetmagan qonunbuzar bolalar mehnat koloniyasiga Harkov yaqinidagi bolalar mehnat kommunasiga rahbarlik qilgan.
Makarenko pedagogik amaliyotida qonunbuzar bolalarni ommaviy qayta tarbiyalash tajribasini amalga oshirgan. Jamoada tarbiya berish nazariyasi va metodikasini, oilaviy tarbiya nazariyasini ishlab chiqqan. “Pedagogik poema” (1935), “Minoralardagi bayroqlar” (1938), “Oʻttizinchi yil marshi” (1932), “Ota-onalar kitobi” (1937) asarlari va bir qancha pedagogik maqolalar muallifi. 1939-yil 1-aprelda Moskvada vafot etgan[1].
Asarlari
tahrir- Pedagogik poema (ruscha: Педагогическая поэма; 1935-yil);
- “Minoralardagi bayroqlar” (ruscha: Флаги на башнях; 1938);
- “Oʻttizinchi yil marshi” (ruscha: Марш 30 года; 1932);
- Ota-onalar kitobi (ruscha: Книга для родителей; 1937).
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |