Anvar Otaxoʻjayev
Otaxoʻjayev Anvar Xoʻjaxanovich – Namangan shahar hokimi[4][5][6][7].
Otaxoʻdjayev Anvar Xoʻjaxanovich | |
---|---|
Namangan shahar hokimi | |
Mansab davri 2023-yil 18-dekabr – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Hokim | Shavkat Abdurazzoqov |
Oʻtmishdoshi | Gʻofur Jamolov[1] |
Chortoq tumani hokimi | |
Mansab davri 2019-yil 4-mart – 2023-yil 18-dekabr | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Shavkat Abdurazzoqov |
Oʻtmishdoshi | Oybek Haydarov[2] |
Vorisi | Ilhom Sattorov[3] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1972-yil Namangan, UzSSR |
Fuqaroligi | → |
Taʼlim |
Namangan Muhandislik Iqtisodiyot Instituti |
Bolaligi
tahrirAnvar Otaxoʻjayev 1972-yil Namangan shahrida tavallud topgan.
Taʼlim
tahrirAnvar Otaxoʻjayev 1989-yilda Namangan Muhandislik-Iqtisodiyot Institutiga (kunduzgi) oʻqishga kiradi va uni 1994-yilda tamomlaydi. 2001-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2002-yilda Namangan Muhandislik-Iqtisodiyot Institutining sirtqi yoʻnalishida taʼlim oladi.
Mehnat faoliyati
tahrirOtaxoʻjayev mehnat faoliyatini 1994-yilda Namangan shahridagi „Oltin vodiy-95“ xususiy firmasida faoliyat yuritgan. 1997-yilda Namangan viloyati statistika boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimida iqtisodchi sifatida faoliyatini davom ettiradi. 1998-yildan Namangan viloyati iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasida aholi turmush darajasi va isteʼmol bozorini balanslashtirish boʻlimi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlaydi.
Anvar Otaxoʻjayev 2001-yili Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhiga ishga oʻtadi va u yerda yetakchi mutahassis sifatida ish boshlaydi. 2005-yilda esa Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. Shundan soʻng 2008-yili Namangan viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib faoliyat yuritadi.
2012-yilda Otaxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleksi rivojlantirish shoʻ‘basining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlaydi.
2016-yilda Anvar Otaxoʻjayev Oʻzbekiston Oziq-ovqat xolding kompaniyasi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2017-yilda „Oʻzparrandasanoat“ uyushmasi raisining oʻrinbosari etib tayinlanadi.
2018-yilda „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ AJ isteʼmol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi sifatida ish boshlab, u yerda 2019-yilgacha faoliyat yuritadi.
Hokim
tahrir2019-yil 5-mart kuni Anvar Otaxoʻjayev Namangan Viloyatining Chortoq tumaniga hokim etib tayinlandi[8]. 2023-yil 18-dekabr kuni Namangan viloyati Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Наманган шаҳрига янги ҳоким тайинланди“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Президент ташрифи давомида Чортоқ тумани ҳокими ишдан олинган, унинг ўрнига янги раҳбар тайинланди“. kun.uz (2019-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „“Bayram bolalarniki, ular shifoxonada ham buni unutmasliklari kerak” — Namangan hokimi“. kun.uz (2023-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
- ↑ „Назначен новый хоким Намангана“ (ru). gazeta.uz (24-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
- ↑ „Назначен новый хоким Намангана“ (ru). uznews.uz (24-noyabr). Qaraldi: 24-noyabr.
- ↑ „Namanganda elektrobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi“ (uz). daryo.uz (24-noyabr). Qaraldi: 24-noyabr.
- ↑ „https://namangan.uz/uz/yangiliklar-2/8-o-zbekcha/202-chortoq-tuman-hokimi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.