Shavkat Abdurazzoqov
Shavkatjon Shokirjonovich Abdurazzoqov (1976-yil, Namangan, Oʻzbekiston SSR, — oʻzbek davlat arbobi. 2015—2017-yillarda Namangan tumani hokimi, 2017-yil iyulidan Namangan shahar hokimi boʻlgan. 2020-yil 5-martdan 25-sentyabrgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini boshqargan. 2020-yil 25-dekabrdan Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. 2021-yil 19-fevraldan Namangan viloyat hokimi etib tayinlandi[1].
Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov | |
---|---|
Namangan viloyati hokimi | |
Mansab davri 2021-yil 19-fevral – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Xayrullo Bozorov |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2020-yil 5-mart – 2020-yil 25-sentyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Namangan shahri hokimi | |
Mansab davri 2017-yil – 2020-yilgacha | |
Namangan tumani hokimi | |
Mansab davri 2015-yil – 2017-yilgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1976 Namangan, Namangan viloyati, OʻzSSR |
Maʼlumoti |
Namangan muhandislik-qurilish instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi |
Biografiyasi
tahrirShavkat Abdurazzoqov 1976-yilda Namanganda tugʻilgan[2]. 1998-yilda Namangan muhandislik-qurilish institutini, 2006-yilda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
2015-yildan 2017-yilgacha Namangan tumani hokimi, 2017-yil iyuldan esa Namangan shahar hokimi va Vazirlar Mahkamasining qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan[3].
2020-yil mart oyida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini boshqargan[4].
2020-yil 25-sentabrdan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi[5]. Hokimlikka tayinlangach, sobiq hokim Xayrullo Bozorov tomonidan boshlangan „Namangan city“ qurilish loyihasini bekor qildi[6]
Hayot shundayki, men har bir viloyatga rahbar bo‘la oladigan odamni to‘rt-besh yil oldin tayyorlashga majburman. Endi yangi hokim masalasida gapirsak. Shavkat Abdurazoqov Namangan tumani, Namangan shahrida hokim bo‘lgan, Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, vazir bo‘lib ishlagan. Namanganning sharoitini, xalqning dardini, Toshkentdagi kabinetlar eshigini qanday ochishni, masalani qanday hal qilishni biladi. Namanganga Toshkentdan birorta vazirni olib kelish mumkin edi, lekin Namanganni yaxshi biladigan odam qo‘yilishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Men Shavkat Abdurazzoqovni Namangan viloyati hokimi vazifasiga tavsiya qilaman. Hozirgi holatda undan yaxshiroq nomzod yo‘q, deb o‘ylayman. U sizlar uchun yangi odam emas, o‘z ichingizdan chiqqan odam
— Sh. Mirziyoyev, [7]
Internetdagi mashhurlik
tahrirShavkat Abdurazzoqov OAVga bergan intervyularidagi fikrlari tufayli jamoatchilik nazariga tushib turadi. Jumladan, 2021-yil aprel oyida „Internetdagi negativ fikrlar bekorchilikdan kelib chiqishi“ni aytgan boʻlsa[8], hokimliklarning avtomashinalar xarid qilishi haqidagi tanqidlarga mashinalar chetdan keladigan mehmonlar uchun kerakligini aytib, tanqidlarga javob bergan edi[9]. Shuningdek, Sh. Abdurazzoqov 2021-iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob oʻqitish kerakligi[10] haqidagi fikri tufayli ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nazariga tushgan edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Shavkat Abdurazzoqov nomzodi Namangan hokimligiga tasdiqlandi“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20200305/Khokim-Namangana-naznachen-predsedatelem-Goskomekologii-13607674.html
- ↑ https://podrobno.uz/cat/politic/shavkat-abdurazakov-vozglavil-namanganskuyu-oblast-ranee-on-rabotal-predsedatelem-goskomekologii/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/25/namangan-region/
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20200925/Naznachen-vrio-khokima-Namanganskoy-oblasti-15053135.html
- ↑ „Namangan viloyatining yangi hokimi Namangan city qarorini bekor qildi“ (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2021/02/19/shavkat-abdurazzoqov-namangan-viloyati-hokimi-etib-tasdiqlandi
- ↑ „Internetdagi negativ fikrlar bekorchilikdan kelib chiqadi — Namangan viloyati hokimi“ (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ „Hokimlikdagi mashinalar chetdan keladigan mehmonlar uchun kerak — Shavkat Abdurazzoqov“ (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ „«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi“ (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.