Anvariy
Avhadiddin Anvariy (toʻliq ismi: Anvariy Avhadiddin Ali ibn Muhammad ibn Isʼhoq Anvariy Abivardiy; 1105-yil, Abivard – 1187-yil, Balx) – fors-tojik shoiri.
Hayoti
tahrirTus madrasasida tahsil olib, oʻz davrining asosiy fanlari, jumladan, nujum, handasa, riyoziyot, musiqa, hikmat, tib va falsafani chuqur oʻzlashtirgan. Madrasadaligidayoq Xovariy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Yigirma yoshida Sulton Sanjarga bagʻishlangan qasidasi bilan uning eʼtirofiga sazovor boʻlib, Amir Muizziy rahbarligidagi saroy shoirlari safidan joy oladi. Sulton Sanjar taxtdan ketgandan soʻng saroyni tark etib, avval Marvdan Nishopurga, keyin Balxga boradi va shu yerda vafot etadi.
Ijodi
tahrirAnvariydan qolgan adabiy meros 15 ming baytga yaqin boʻlib, 250 qasida, 337 gʻazal, 557 qitʼa, 472 ruboiy va boshqa sheʼrlardan iborat. U Abulfaraj Runiyga ergashib, iroqiy uslubni yanada rivojlantirgan.
Alisher Navoiy uni “Mahbub ul-qulub”da “nazmida majoz tariqi adosi gʻolib” shoirlar guruhiga kiritadi. “Xamsa” nihoyasida soʻz sanʼatkorlarining ustozi qatorida hurmat bilan tilga oladi. “Muhokamat ul-lugʻatayn”da Hirot fozillari oʻrtasida Anvariy sheʼrlari yuzasidan boʻlgan bahsga yechim topib berganini aytadi[1][2][3].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiiqtibosda Anvariyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |