Apollo 11 — 1969-yil 16-iyuldan 24-iyulgacha AQSh tomonidan amalga oshirilgan kosmik parvoz edi. Bu insoniyat tarixida odamlar Oyga tushgan birinchi marta bo‘ldi. Komandir Neil Armstrong va Oy moduli uchuvchisi Buzz Aldrin 1969-yil 20-iyulda, soat 20:17 UTC da Apollo Oy moduli "Eagle"ni Oyga qo‘ndirishdi, va Armstrong 6 soat 39 daqiqadan so‘ng, 21-iyul kuni soat 02:56 UTCda Oy yuzasiga qadam qo‘ygan birinchi inson bo‘ldi. Aldrin 19 daqiqadan keyin unga qo‘shildi va ular taxminan ikki yarim soat birgalikda tushgan joylarini o‘rgandilar, bu joyga tushgan vaqtlarida "Tranquility Base" deb nom berishdi. Armstrong va Aldrin Oydan Yerga olib kelish uchun 47,5 funt (21,5 kg) oy materiali yig‘ishdi, bu vaqtda uchuvchi Michael Collins "Columbia" boshqaruv moduli bilan Oy orbitasida parvoz qilayotgan edi. Ular Oy yuzasida 21 soat 36 daqiqa bo‘lishdi va keyin Columbia'ga qaytish uchun uchib ketishdi.

Buzz Aldrin Oyda. Surat Neil Armstrong tomonidan olingan.

Parvoz Fazoviy poyganing bir qismi boʻlgan. 1961-yilda John F. Kennedy tomonidan „insonni Oyga qoʻndirish va uni Yerga xavfsiz qaytarish“ rejasi yakuniga yetgan.

Parvoz direktorlari

tahrir

Parvoz direktorlari:[1][2][3][4][5][6]

Apollo 11 parvozi direktorlari
Ismi Shift Jamoa Faoliyatlari
Clifford E. Charlesworth 1 Talant
Gerald D. Griffin 1 Gold
Gene Kranz 2 White
Glynn Lunney 3 Black
Milton Windler 4 Maroon

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Orloff 2000, s. 272.
  2. Kranz 2000, ss. 230, 236, 273, 320.
  3. SP-4223: Before This Decade is Out—Personal Reflections on the Apollo Program—Chapter 9—Glynn S. Lunney Glen E. Swanson: . NASA, 5-avgust 2004-yil — 211-bet. ISBN 978-0-16-050139-5. Qaraldi: 21-iyun 2019-yil. „Apollo 11 flight directors pose for a group photo in the Mission Control Center. Pictured left to right, and the shifts that they served during the mission, are (in front and sitting) Clifford E. Charlesworth (Shift 1), Gerald D. Griffin (Shift 1), Eugene F. Kranz (Shift 2), Milton L. Windler (Shift 4), and Glynn S. Lunney (Shift 3). (NASA Photo S-69-39192.)“ 
  4. Murray, Charles A.; Cox, Catherine Bly. Apollo, the race to the moon. Simon & Schuster, July 1989 — 356, 403, 437-bet. ISBN 978-0-671-61101-9. Qaraldi: 9-iyun 2019-yil. 
  5. Woods, David; MacTaggart, Ken; O'Brien, Frank „Day 4, part 4: Checking Out Eagle“. Apollo Flight Journal (18-may 2019-yil). 24-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2019-yil.
  6. Woods, David; MacTaggart, Ken; O'Brien, Frank „Day 3, part 1: Viewing Africa and Breakfast“. Apollo Flight Journal (18-may 2019-yil). 12-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2019-yil.

Havolalar

tahrir