Abul Abbos Muhammad ibn Jaʼfar al-Muqtadir (arabcha: أبو العباس أحمد (محمد) بن جعفر المقتدر; 909-yil 1-yanvar — 940-yil 13-dekabr), koʻproq hukmronlik nomi ar-Radiy billoh (arabcha: الراضي بالله[4]) bilan mashhur, Abbosiylar xalifaligining 934-yildan vafotiga qadar hukmronlik qilgan yigirmanchi xalifasi. 940-yil 13-dekabrda 31 yoshida vafot etgan. Hukmronlik davri xalifaning siyosiy hokimiyati tugashi va amir ul-umaro unvoni uchun kurashadigan harbiy kuchlar paydo boʻlishi bilan farqlanadi.

ar-Radiy billoh
الراضي بالله
Xalifa
Moʻminlar amiri

934-yil Ahvozda zarb qilingan ar-Radiyning oltin dinori
Abbosiylar xalifaligining 20-xalifasi
Saltanat 934-yil 24-aprel — 940-yil 12-dekabr
Oʻtmishdoshi al-Qohir
Davomchisi al-Muttaqiy
Tugʻilishi Muhammad ibn Jaʼfar al-Muqtadir[1]
909-yil 1-yanvar[1]
Bagʻdod[1]
Vafoti 940-yil 13-dekabr[2] (31 yoshda)
Bagʻdod[2]
Dafn etilgan joy
Ar-Rusafa, Iroq
Turmush oʻrtogʻi Farha[3]
Rabab[3]
Farzandlari al-Abbos
Sulola Abbosiylar
Otasi al-Muqtadir
Onasi Zalum
Dini Islom (Sunniylik)

Yoshlik davri

tahrir

Boʻlajak xalifa ar-Radiy 909-yil 20-dekabrda xalifa al-Muqtadir (h. 908–932) va Zalum ismli yunon qul kanizakdan tugʻilgan[5][6]. To‘rt yoshida Misr va Mag‘ribning nominal gubernatorligini qabul qilib, bosh qoʻmondon Muʼnis al-Muzaffar bilan Misrga joʻnatiladi. Bosh qoʻmondon unga tarbiyachi bo‘ladi[6].

927-yilda Munis va al-Muqtadir oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgach, Abul Abbos bilan vazir Ibn Muqla otasi va qudratli sarkarda oʻrtasida vositachilik qilishga urinib koʻrgan, ammo natija boʻlmagan[6]. 930-yilda Abul Abbos otasidan Suriya noibligini olsa-da, Bagʻdodda yashab, shaharning Muharrim kvartalidagi saroyida istiqomat qilgan[6]. Keyingi yili Mu’nis Abul Abbosni o‘g‘irlab, Suriyaga olib ketib, o‘sha yerda xalifa deb e’lon qilmoqchi bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqalgan. Bu al-Muqtadirni xavotirga solib, oʻgʻlini oʻzi bilan birga xalifa saroyida yashash uchun olib kelgan[6].

932-yilda otasi oʻldirilgach, Abul Abbos nomzodi xalifalikka taklif qilingan, ammo oxir-oqibat amakisi al-Qohir (h. 932–934) saylangan[5][6]. Abul Abbos xavfli raqib deb koʻrilib, qamalgan. Mol-mulki musodara qilingan. Shu bilan al-Qohir taxtdan tushirilgunga (934-yil 24-aprel) qadar qamoqda qolgan[5][6][7].

Xalifaligi

tahrir

Oʻsha davr tarixchisi Masʼudiy uni tashqi ko‘rinishidan yoqimli, koʻp atir ishlatadigan va saxovatli, saroy a’yonlariga bergan dabdabali sovg‘alari bilan ajralib turadigan kishi sifatida ta’riflagan. Masʼudiyga koʻra, xalifa „oʻtmishdagi odamlar va voqealar haqida gapirishdan zavqlanar, olimlar va bilimdonlarni izlar, ularni tez-tez oʻz huzuriga chaqirar, ular bilan erkin muloqor qilardi“[8]. Kuchli al-Qohirdan farqli oʻlaroq, ar-Radiy ramziy hukmdorga aylangan. Shuhratparast odamlar esa davlat hokimiyatini qoʻlga olgan[5].

Taniqli sobiq vazir Ali ibn Iso al-Jarroh qarigani sababli bu lavozimga qayta tayinlanishdan bosh tortgach, lavozimni al-Qohirga qarshi fitnaga boshchilik qilgan Ibn Muqla egallagan[5][7]. Biroq hukmronligining dastlabki oylarida Muhammad ibn Yoqut 935-yil aprelida qulaguniga qadar saroyning eng kuchli aʼzosi boʻlib qolgan. Shundan soʻnggina Ibn Muqla toʻliq boshqaruvni o‘z qo‘liga olgan[5]. 935-yilda hukumat baʼzi Hanbaliy mutaassiblarining xatti-harakati tufayli Bagʻdoddagi gʻalayonlarga qarshi choralar koʻrishga majbur boʻlgan. Ommaviy kayfiyatdan kelib chiqqan holda ular koʻcha-koʻyda aholini koʻtargan. Xususiy uylarga bostirib kirishgan, qayerda boʻlsa-da, sharob idishlarini boʻshatishgan, musiqa asboblarini sindirishgan va qoʻshiqchilarga yomon munosabatda boʻlishgan. Savdo-sotiq tafsilotlarini oʻrganishdi, ashʼariy raqiblarini kaltaklab, islom qonunlari va odatlarining qatʼiy talqiniga zid boʻlgan har qanday holatga nisbatan oʻzboshimchalik bilan harakat qilgan[5].

Bu vaqtga kelib, xalifalik oldida turgan eng katta xavf Abbosiylar saroyidagi ichki nizolardan foydalanib, oʻz viloyatlari ustidan nazoratni kuchaytirib, Bagʻdodga toʻlanadigan soliqlarni ushlab qolish orqali markaziy hukumatni tanazzulga uchratayotgan viloyat hokimlarining mustaqilligi edi[7]. Ibn Muqla qoʻshni viloyatlar ustidan harbiy kuch bilan nazoratni tiklashga qaror qilib, birinchi nishon sifatida Hamdoniylar nazorati ostidagi Jazirani tanlagan. 935-yilda Hamdoniylar poytaxti Mosulni egallash uchun yurish boshladi, lekin Bagʻdodga qaytishga majbur boʻlgan. 936-yilda Vositning isyonchi noibi Muhammad ibn Raiqqa qarshi yurish boshlashga urinish barbod boʻlgan. Ushbu soʻnggi falokat kuchayib borayotgan moliyaviy inqirozga qarshi tura olmagani bilan birga Ibn Muqlaning hokimiyatdan qulashiga olib kelgan[9]. 936-yil aprel oyida Ibn Muqlani Muhammad ibn Yoqutning ukasi al-Muzaffar hibsga olishi tufayli ar-Radiy uni vazirlik lavozimidan bo‘shatishga majbur boʻlgan[5].

Ibn Muqlaning lavozimdan olinishi Abbosiy xalifalari mustaqilligini tugatgan. Koʻp oʻtmay, ar-Radiy Ibn Raiqni yangi amir ul-umaro (qoʻmondonlar qoʻmondoni) lavozimiga tayinlagach, u xalifalikning amaldagi hukmdoriga aylangan. Xalifa faqat Bag‘dod va uning yaqin atrofi ustidan nazoratini o‘zida saqlab qolgan. Barcha davlat ishlari esa Ibn Raiq va uning kotibi qo‘liga o‘tgan[5][10]. Hatto juma namozi xutbasida xalifa bilan bir qatorda amir al-umaro nomi ham zikr qilingan[5].

Ar-Radiy odatda oxirgi haqiqiy xalifa sifatida tilga olinadi. U juma namozida nutq soʻzlagan, faylasuflar bilan kun masalalarini muhokama qilish uchun yigʻilishlar oʻtkazgan yoki davlat ishlari boʻyicha maslahatlashgan oxirgi xalifa boʻlgan. Shuningdek, muhtojlar oʻrtasida nafaqa tarqatgan yoki zolim zobitlarning qattiqqoʻlligini yumshatish uchun aralashgan oxirgi xalifa boʻlgan.

Shunga qaramay, u boshqa bir shaxsga qaram ham edi. Ichki siyosat masalasida oʻzining qoʻlida juda kam hokimiyat saqlanib qolgan edi. Tashqi siyosatda esa undan ham kam mustaqil edi. Boy Sharq, berber Afrikasi, Misr, Suriya va Mesopotamiyaning katta qismi boy berilgan. Mosul mustaqil boʻlgan edi. Arabiston yarim oroli Qarmatlar va boshqa mahalliy rahbarlar qoʻl ostida edi. Hatto Basra va Vositda ham qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan. „Yunonlar“ning (Vizantiya imperiyasi) oldinga siljishini faqat „Xalq qilichi“ deb nom olgan jasur Hamdoniy shahzodasi Sayf ud-Davlagina toʻxtatib turgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Duindam, J.; Artan, T.; Kunt, M.. Royal Courts in Dynastic States and Empires: A Global Perspective, Rulers & Elites. Brill, 2011 — 204-bet. ISBN 978-90-04-20622-9. 
  2. 2,0 2,1 Masudi 2010, s. 393.
  3. 3,0 3,1 al-Zubayr, A.R.I.; Qaddūmī, G.Ḥ.. Book of Gifts and Rarities, Harvard Middle Eastern monographs. Center for Middle Eastern Studies of Harvard University, 1996 — 191-bet. ISBN 978-0-932885-13-5. 
  4. Bowen 1928, s. 336.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 Zetterstéen 1995, s. 368.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 Özaydın 2007, s. 489.
  7. 7,0 7,1 7,2 Kennedy 2004, s. 194.
  8. Masudi 2010, s. 411.
  9. Kennedy 2004, ss. 194–195.
  10. Kennedy 2004, ss. 195ff..

Adabiyotlar

tahrir
ar-Radiy
Tavalludi: 907 Vafoti: 940-yil 23-dekabr
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Abbosiylar xalifaligi xalifasi
934-yil 24-aprel — 940-yil 12-dekabr
Keyingisi