Arktika choʻli ekomintaqasi – Shimoliy Muz okeanidagi Svalbard, Frans-Iosif yerlari, Severny oroli va Severnaya Zemlya orol guruhlarini o'z ichiga olgan ekologik hudud hisoblanadi. Mintaqa sovuq haroratda muzliklar, qor va faqat toshlar bilan qoplangan. Yozda ob-havo qisqa vaqt davomida muzlatuvchi haroratdan yuqori boʻlgani uchun muzning biroz erishi sodir boʻladi. Shu asnosda bu hudud dengiz qushlari va sutemizuvchilar koloniyalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi[1]. Uning maydoni 161,400 km.kv ni tashkil etadi[2][3][4].

Arktika cho'li
Bell oroli, Frans-Iosif yerlari
Bell oroli, Frans-Iosif yerlari
JoylashuviShimoliy Muz okeani
typeTundra
Maydoni161,400 km²

Joylashuvi va tavsifi

tahrir

Ekologik hudud Shimoliy Muz okeani boʻyida Norvegiya va Rossiya shimoli boʻylab 2000 km gʻarbdan sharqqa va 1000 km shimoldan janubga qarab choʻzilgan. U Svalbard (Norvegiya), Frans-Iosif yerlari (Rossiya), Severniy oroli (Rossiya) va Severnaya Zemlya (Rossiya) orol guruhlarini qamrab oladi.

Iqlimi

tahrir

Mintaqada Tundra mavjud. Ushbu iqlim uzoq, sovuq qish va juda qisqa yoz bilan tavsiflanadi. Frans-Iosif yerlaridagi Ernst Krenkel rasadxonasida oʻrtacha yogʻingarchilik 1961-yildan beri 294 mm/yilni tashkil etgan[5].

Flora va fauna

tahrir

Sovuq iqlim sharoiti tufayli hududda oʻsimliklar turi juda kam, lekin hududning quyi qismlarida yoki tuproq mavjud boʻlgan hududning 5-10% ida mox va liken oʻsimliklari mavjud. Mintaqada Fil suyagi gulining eng katta koloniyalari, shuningdek, Atlantika morjlari va oq ayiqlar ham mavjud.

Qoʻriqxona va Milliy bogʻlari

tahrir

Ekologik hududning 36% dan ortigʻi rasman qoʻriqlanadigan hudud hisoblanadi[4], shulardan baʼzilari esa:

  • Forlandet milliy bogʻi (Norvegiya), Prins Karls Forland (orol);
  • Nordaust-Svalbard qoʻriqxonasi (Norvegiya);
  • Nordvest-Spitsbergen milliy bogʻi (Norvegiya), Shpitsbergen orolining shimoli-gʻarbiy qismini qamrab oladi;
  • Nordre Isfjorden milliy bogʻi (Norvegiya), Shpitsbergen markazini qoplaydi;
  • Franz losif yerini, Severnaya Zemlyning shimoliy uchini va boshqa orollarni qamrab olgan Rossiya Arktika milliy bogʻi (Rossiya);
  • Shpitsbergen orolining janubiy qismini qamrab olgan Sor-Spitsbergen milliy bogʻi (Norvegiya);
  • Søraust-Svalbard qoʻriqxonasi (Norvegiya), Svalbardning janubi-sharqiy qismini qamrab oladi.

Yana qarang

tahrir
  • Rossiyadagi ekologik hududlar roʻyxati
  • Evropadagi ekologik hududlar roʻyxati

Manbalar

tahrir
  1. „Russian Arctic National Park“ (ru). Russian Arctic National Park. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  2. „Arctic desert“ (en). GlobalSpecies.org. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-noyabr.
  3. „Arctic desert“ (en). World Wildlife Federation. Qaraldi: 2018-yil 20-noyabr.
  4. 4,0 4,1 „Arctic desert“ (en). Digital Observatory for Protected Areas. Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.
  5. „Climate Data for Krenkel Polar station“ (en). US National Oceanographic and Atmospheric Administration (NOAA). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.