Arrow 3
Arrow 3 yoki Hetz 3 Isroil va Qoʻshma Shtatlar tomonidan birgalikda moliyalashtirilgan, gipertovushli antiballistik raketadir. Arrow 3ning asosiy ishlab chiqaruvchilari Isroil aerokosmik sanoati (IAI) va Boeingdir. Arrow 3 ballistik raketalarni, shu jumladan yadroviy, kimyoviy, biologik yoki anʼanaviy jangovar kallaklarni tashuvchi qitʼalararo ballistik raketalarni (ICBM)[2] ekzosferada tutib olishga moʻljallangan[3].
Arrow 3 | |
---|---|
Turi | Gippertovushlik, antiballistik raketa |
Davlat | Isroil |
Xizmat tarixi | |
Qurolli kuchlarida | Isroil |
Ishlab chiqarilish tarixi | |
Konstruktor | Isroil aerokosmik sanoati |
Islab chiqaruvchi | Isroil aerokosmik sanoati, Boeing |
Islab chiqarilgan yillari | 2017-yildan hozirgacha |
Tavsifi | |
Yuritkich turi va modeli | Ikki bosqichli |
yoʻl zaxirasi, km | 2400km[1] |
Isroil kosmik agentligi (IAI) raisining soʻzlariga koʻra, Arrow 3 sun'iy yo'ldoshga qarshi qurol boʻlib xizmat qilishi mumkin, bu esa Isroilni sunʼiy yoʻldoshlarni urib tushirishga qodir dunyodagi kam sonli davlatlardan biriga aylantiradi[4].
Rivojlanishi
tahrirIsroil aerokosmik sanoati (IAI) Arrow 3 ning dastlabki sinovlarini 2011-yilda boshlagan. 2012-yil 23-yanvarda Isroil Mudofaa vazirligi Palmachim aviabazasidan muvaffaqiyatli uchib ketgan sinovlar fotosuratlari va videolarini eʼlon qilgan[5][6].
2012-yil 23-yanvarda IAI Boeing bilan Arrow 3 ustida hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishuvni eʼlon qilgan[7]. Boeing Arrow 3 ishlab chiqarish tarkibining 40-50 foizi uchun javobgardir[8].
Yuqori darajadagi mudofaa manbasiga koʻra, raketa gipertovush tezlikka erishgan va 100 km (62 mi) balandlikka koʻtarilgan[9].
Texnik xususiyatlari
tahrirArrow 3 ballistik raketalarni, ayniqsa ommaviy qirgʻin qurollarini tashuvchi raketalarni 100 km (62 mi) dan ortiq balandlikda tutib olish xususiyatiga ega[10][11][12]. Arrow 3ning 2010-yildagi narxi 2–3 million dollar turadi[13]. dastur qiymati esa uch yil davomida 700–800 million dollarga baholangan[14].
Koʻplab isroillik mutaxassislarning fikriga koʻra, Isroilning Qurol va texnologik infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasining sobiq direktori va hozirda Isroil kosmik agentligi raisi Yitzhak Ben Yisrael Arrow 3 sunʼiy yoʻldoshga qarshi qurol sifatida xizmat qilishini ham taʼkidlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Israel and Germany discuss with US for acquisition of Arrow 3 air defense missile systems | Defense News October 2022 Global Security army industry | Defense Security global news industry army year 2022 | Archive News year“. www.armyrecognition.com. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ „Israel Introduces Arrow-3 Missile Interceptor System“.
- ↑ „Arrow 3 (Israel)“.
- ↑ Opall-Rome. „Israeli Experts: Arrow-3 Could Be Adapted for Anti-Satellite Role“. SpaceNews (2009-yil 9-noyabr).
- ↑ „Defense Ministry conducts first test of 'Arrow 3' system“. Israel Defense Forces (2012-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
- ↑ Egozi. „Arrow-3: a totally different layer of protection“. Flightglobal.com (2011-yil 2-avgust). Qaraldi: 2011-yil 4-avgust.
- ↑ Ben David. „Boeing links up with IAI on Arrow-3“. Aviation Week & Space Technology (2012-yil 26-yanvar). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-yanvar.
- ↑ „Arrow II brochure“. Boeing (2008-yil mart). Qaraldi: 2009-yil 19-avgust.
- ↑ Lappin. „Israel successfully tests Arrow 3 missile defense“. The Jerusalem Post (2013-yil 25-fevral). Qaraldi: 2013-yil 25-fevral.
- ↑ „Arrow 3 brochure“. Israel Aerospace Industries. 2013-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-mart.
- ↑ Ben-Yishai, Ron. „US to help Israel develop Arrow-3“. Ynetnews (2008-yil 8-iyul). Qaraldi: 2009-yil 19-avgust.
- ↑ Sharp. „CRS report for Congress: U.S. foreign aid to Israel“. www.everycrsreport.com (2016-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 9-mart.
- ↑ „Eyeing Iran, Israel slates missile shield for 2015“. Ynet news. Reuters (2010-yil 15-noyabr).
- ↑ „Israel Requests US Support for Arrow-3“. Defense Update. 7 August 2009. 2 June 2017da asl nusxadan arxivlandi.