Artuklu bekligi yoki Artuklular — Mardin, Harput va Hasankeyf hududlarida 1102-1409-yillar orasida hukm surgan ogʻuz turkman bekligi[1].

Artuklu bekligi
Artukoğulları Beyliği


 

1102 — 1409





1200-yillarda Onadoʻli.
Poytaxti Mardin
Harput
Hasankeyf
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Artukoğulları
Bek
 - 1098—1104(ilk) Sökmen Bey
 - 1407—1409 (soʻngi) Şihabeddin Ahmet
Tarix
 -  1102 Beklikka asos solindi.
 -  1102-1231 Hasankeyf Artuklu bekligi
 -  1185-1224 Harput Artuklu bekligi
 -  1104-1409 Mardin Artuklu bekligi
 -  1409 Beklik Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan bosib olindi.

Artuklular 1102-yilda janubiy va sharqiy Onadoʻlida tashkil etilgan turk bekligi. Beklik oʻz nomini asoschisi Sökmen Beyning otasi Artuk Beydan olgan. 1086-yili Quddusni egallagan Artuk bey oʻsha yili shu yerda vafot etgan. Keyinchalik Artuklular uchta qismga boʻlinib: Hasankeyf, Mardin va Harputdan boshqarilgan.

Hasankeyfdagi Artuklu bekligiga Artuk Beyning oʻgʻli Sökmen Bey asos solgan boʻlib, markazi dastlab Hasankeyf, soʻngra Diyorbakir boʻlgan. Ushbu beklik 1231-yilda Ayyubiylar davlati tomonidan bosib olingan.

Mardindagi Artuklu bekligining asoschisi İlgazi Beydir. Vaqti-vaqti bilan moʻgʻullar va Koʻniya sultonligiga vassal boʻlgan. 1409-yilda Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan bosib olingan.

Harput Artuklu bekligining asoschisi Mardin Artuklularidan Melik İmameddin Ebubekirdir. Ushbu beklik 1224-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Alouddin kayqubod tarafidan bosib olingan.

Artuklulardan qolgan tarixiy obidalardan biri Malabadi koʻprigi boʻlib, u hozirgacha saqlanib qolingan. Malabadi koʻprigi 1147-yilda qurilgan.

1071-yilda Manzikert jangida Vizantiya imperiyasi magʻlubiyatga uchragandan soʻng, koʻplab turkman qabilalari Vizantiya hududidan tortib olingan yerlar Onadoʻliga koʻchib oʻrnasha boshlaganlar. Alp-Arslon sarkardalari Vizantiya yerlarini bosib olib, mustaqil yoki yarim mustaqil bebliklarni tuzdilar[1].

Aynan oʻsha vaqtda Onadoʻliga Oʻrta Osiyodan koʻchib borgan oʻgʻuzlarning koʻplab qabilalari singari, duger qabilasi ham joylashdi[2][3][4]. Ushbu qabila boshligʻi Artuk Bey boʻlib, Alp-Arslonga xizmat qilgan va Manzikert jangida Vizantiya qoʻshinini yengishda katta hissa qoʻshgan[2][1][5]. Qabila qayerdan kelganligini aniq aniqlashning iloji yoʻq, ammo Artukning ajdodlari Qoraqum gʻarbidagi Shexrimon degan shaharda yashagan degan tahminlar mavjud[2].

Sökmen Bey va İlgazi Bey saljuqiylarga Onadoʻlida yangi hududlarni egallashda yordam berishgan va Hasankeyf, Mardin va Diyorbakirga joylashganlar. Mardin beki Sökmen Bey 1104-yilda Harran jangida xristianlarni magʻlub etdi. İlgazi Bey Mardinda Sökmen Beyning oʻrnini egalladi va 1118-yilda qozi İbnü'l-Aşşabning istagi bilan Halapni egalladi. 1119-yilda Ager Sanguinis jangida xristian davlati Antakya knyazligi İlgazi Bey tarafidan magʻlub etildi.

1121-yilda İlgazi Bey 15,000-20,000 atrofida askarlari bilan Gruziya ustiga hujum boshladi, ammo bu jum muvafaqqiyatsiz yakunlandi. İlgazi Bey 1122-yilda vafot etdi. Keyin beklik taxtiga jiyani Belek Gazi oʻtirdi. Belek Gazi vafotidan soʻng Artuklu bekligi Mardin, Harput va Hasankeyf hududlariga boʻlib, boshqarildi.

Harput bekligi 1224-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Alouddin kayqubod tarafidan bosib olindi. Hasankeyf bekligi 1231-yilda Ayyubiylar davlati tomonidan ishgʻol etildi. Mardin bekligi esa yillar davomida Ayyubiylar davlati, Koʻniya sultonligi, Hulokuiylar davlati, Temuriylar imperiyasiga vassal boʻlib, oʻz mustaqilligini maʼlum darajada saqlab qoldi. 1409-yilga kelib beklik Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan butunlay tugatildi[6].

Artuklu bekligi beklari

tahrir
 
Diyorbakir shahar devorlari
 
Mansur Nasreddin Artuk Arslanning bronza dirhami
 
Tasviriy meʼmoriy asar. Turk va islom sanʼati muzeyi, Istanbul

Hasankeyf beklari

  • Müineddevle Sökmen Bey (1098-1104)
  • İbrahim (1104-1109)
  • Rükneddin Davud (1109-1144)
  • Ebulharis Fahreddin Karaaslan (1144-1167)
  • Nureddin Muhammed (1167-1185)
  • Mesud Kutbeddin (1185-1200)
  • Salih Nasreddin Mahmud (1200-1222)
  • Mesud Rükneddin Mevdud (1222-1231)

Harput beklari

  • İmadeddin Ebubekir (1185-1203)
  • Nizameddin Ebubekir (1203-1223)
  • Nizameddin İbrahim (1223-1224)
  • Şemsüddevle Süleyman (1224)
  • İzzeddin Ahmed (1224-1234)[7]

Mardin beklari

  • Necmeddin İlgazi (1104-1122)
  • Hüsameddin Timurtaş (1122-1154)
  • Necmeddin Alpı (1154-1176)
  • Kutbeddin İlgazi (1176-1184)
  • Hüsameddin Yavlak Yörükaslan (1184-1201)
  • Mansur Nasreddin Artuk Arslan (1201-1239)
  • Said Necmeddin Gazi (1239-1260)
  • Muzaffer Ebulfeth Fahreddin Karaaslan (1260-1292)
  • Semseddin Davud (1292-1294)
  • Mansur Necmeddin Gazi (1294-1312)
  • Adil İmadeddin Ali Alpı (1312)
  • Salih Şemseddin (1312-1363)
  • Mansur Ahmed (1363-1367)
  • Salih Mahmud (1367)
  • Muzaffer Davud (1367-1376)
  • Zahir Mecdeddin İsa (1376-1407)
  • Salih Şihabeddin Ahmed (1407-1409)

Halep beklari

  • İlgazi Bey (1117-1121)
  • Eburebi Bedriddevle Süleyman (1121-1123)
  • Belek Gazi (1123-1124)
  • Timurtaş (1124)* İzzeddin Ahmed (1224-1234)[8]

Rasmlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Запорожец 2011, Глава VI, § 1.
  2. 2,0 2,1 2,2 Väth 1987, s. 23.
  3. Sevim 1991.
  4. Cahen (a) 1986.
  5. Väth 1987, s. 24.
  6. Cahen (b) 1986.
  7. Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.43
  8. Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.43-44

Adabiyotlar

tahrir