Arximed qonuni
Arximed qonuni – gidrostatika va aerostatikaning asosiy qonuni. Miloddan avvalgi 3-asrda Arximed kashf qilgan.
Qonun va unga izoh
tahrirArximed qonunining formula koʻrinishi:
bu yerda – suyuqlik yoki gazning zichligi, – erkin tushish tezlanishi, boʻlsa – botirilgan jismning hajmi (botirilgan qismining.
Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz ogʻirligiga teng gidro-aerostatik "koʻtarish kuchi" ta’sir qilishini ifodalaydi. Bu kuch jism sirtiga suyuqlik yoki gaz tomonidan ta’sir qiluvchi bosim kuchlarining teng ta’sir etuvchisi boʻlib, yuqoriga tik yoʻnaladi. Agar jismning ogʻirligi "koʻtarish kuchi"dan katta boʻlsa, jism choʻkadi, kichik boʻlsa – choʻkmaydi, teng boʻlsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida boʻla oladi. Bu qonun bir jinsli boʻlmagan suyuqlik va gazlarga ham taalluqlidir.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Arximed qonuning kashf etilishi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |