Ashxobod (sayilgoh, Toshkent)
Ashxobod bogʻi (oʻzbekcha: Ashxobod sayilgohi) — Toshkent markazidagi katta istirohat bogʻi, 2018-yilda ochilgan[1]. Kichik halqa yoʻli va Mahtimguli shoh koʻchasi[2][3] oraligʻida joylashgan. Bugungi kunda u 10 gektar maydonni egallaydi. Shahardagi eng katta va eng mashhur bogʻlardan biri.
„Ashxobod“ sayilgohi | |
---|---|
Joylashuv | Oʻzbekiston |
Turi | madaniyat va istirohat bog'i |
Xarita | |
Koordinatalari | 41°18′16.247″N 69°18′2.581″E / 41.30451306°N 69.30071694°E |
Tarixi
tahrirIkki qoʻshni davlat poytaxtlari — Ashxobod (Turkmaniston) va Toshkent (Oʻzbekiston) birodarlashgan shaharlardir. Ashxobod va Toshkent shahar maʼmuriyatlari oʻrtasida qardosh shaharlar munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim 2017-yil 20-may kuni imzolangan edi.
Bogʻning qurilishi 2017-yilda yakunlangan.[4]
2018-yilning 24-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida bogʻning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[5] 30-aprel kuni Ashxobod bogʻi tashrif buyuruvchilar uchun ochildi[6].
Rejalashtirishi va bezatilishi
tahrirBogʻning meʼmoriy koʻrinishi Turkmaniston poytaxti — Ashxobod shahri qiyofasini oʻzida mujassam etgan.
Park taxminan 10 gektar maydonni egallaydi. Bogʻning asosiy kirish qismida favvoralar oʻrnatildi, Axalteke otlarining haykallari oʻrnatildi. Bogʻda koʻngilochar maskanlar[7],oʻrindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurildi, koʻchatlar ekildi. Parkda piyoda va velosiped yoʻllari mavjud.
Bogʻ hududi Turkmanistonning ramziy timsollarini aks ettiruvchi yodgorliklar bilan bezatilgan: dutor, Kaspiy dengizi va oq marmardan yasalgan Ashxobod, meʼmorchilik yodgorliklari, tabiiy boyliklar va turkman zaminining boyliklari.
Bogʻda 450 oʻrinli[8] amfiteatr qurilgan boʻlib, u yerda mumtoz, xalq, estrada musiqasi konsertlari, hazil-mutoyiba tomoshalari[9] oʻtkaziladi. Amfiteatr lochin shaklida qurilgan. Ushbu obraz Ashxobod xalqaro aeroportidan olingan[10].
Parkda aylanma gʻildirak ham mavjud.
Parkning butun hududi Wi-Fi tarmogʻi bilan taʼminlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „В Ташкенте открылся парк «Ашхабад»“. 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Как выглядит новый парк «Ашхабад» в Ташкенте (фото) - UzNews.uz“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Ashxobod Sayilgohi“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ Prezident Uzbekistana posetil park „Ashxabad“ | Kultura
- ↑ „Мирзиёев и Бердымухамедов открыли парк "Ашхабад" в Ташкенте - 24.04.2018, Sputnik Узбекистан“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Каким оказался парк «Ашхабад»? - обзор“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „В Ташкенте снова заработал парк Ашхабад“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „В Ташкенте Для Широкой Публики Открыли Парк "Ашхабад" (Фото, Видео) - Darakchi“. 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Включаем новогоднее настроение: 7 волшебных фестивалей парка «Ашхабад» - Город“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Президенты Туркменистана и Узбекистана открыли в Ташкенте парк «Ашхабад» | Politika“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.