Asma Afsaruddin
Asma Afsaruddin (1958-yilda tugʻilgan) — amerikalik islom olimasi[1] va Indiana universitetining Bloomingtondagi Yaqin Sharq tillari va madaniyati kafedrasi professori.
Asma Afsaruddin | |
---|---|
2015-yilda Asma Afsaruddin | |
Tavalludi | 1959-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Biografiya
tahrirIndiana shtatidagi Notr Dam universitetida arab va islomshunoslik boʻyicha dotsent boʻlgan.[2] U ilgari Garvard universiteti va Jons Xopkins universitetida dars bergan, 1993-yilda doktorlik darajasini olgan.[3] Uning ixtisoslashgan sohalari orasida islom dinining diniy va siyosiy fikri, asosiy islom matnlarini (Qurʼon va hadis) oʻrganish, shuningdek, gendershunoslik kiradi.
Afsaruddin Kembrij universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan Yaqin Sharq tadqiqotlari assotsiatsiyasi byulleteni tahririyat kengashi aʼzosi boʻlgan. U Routledge Oʻrta asrlar islom sivilizatsiyasi entsiklopediyasining muharriri va Oksford Islom lugʻati (2002) uchun maslahatchi boʻlgan.
Afsaruddin Islom va demokratiyani oʻrganish markazi direktorlar kengashiga raislik qiladi. U, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari Tinchlik Institutining „Musulmon dunyosi“ tashabbusi va Karamah inson huquqlari tashkiloti maslahat qoʻmitalarida ishlaydi.[4]
Mukofot va unvonlar
tahrir2015-yilda unga Eron prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan "Alloh yoʻlida intilish: islomiy fikrda jihod va shahidlik" nomli kitobi uchun islomshunoslik boʻyicha eng yaxshi yangi kitob uchun Jayeze Jahani mukofotini (Jahon kitob mukofoti) topshirildi.[5] Kitob, shuningdek, 2014-yilda Britaniya-Quvayt doʻstlik jamiyati kitob mukofoti sovrindori boʻlgan.
Nashrlari
tahrirContemporary Issues in Islam (Islomdagi zamonaviy muammolar) (Edinburg universiteti nashriyoti, 2015)[6]
Striving in the Path of God: Jihad and Martyrdom in Islamic Thought (Alloh yoʻlida intilish: islomiy tafakkurda jihod va shahidlik) (Oxford University Press, 2013)[7]
The First Muslims: History and Memory (Birinchi musulmonlar: tarix va xotira) (Oxford: Oneworld Publications, 2008)[8]
Excellence and Precedence: Medieval Islamic Discourse on Legitimate Leadership (Mukammallik va ustunlik: qonuniy yetakchilik haqida oʻrta asrlardagi islom nutqi) (Leiden: EJ Brill, 2002)
Hermeneutics and Honor: Negotiation of Female „Public“ Space in Islamic/ate Societies (Germenevtika va sharaf: Islomiy jamiyatlarda ayollarning „jamoat“ makonining muzokaralari) (Kembrij, Mass.: Garvard universiteti, 1999)
Culture, and Language in the Near East: Essays in Honor of Georg Krotkoff (Yaqin Sharqda madaniyat va til: Georg Krotkoff sharafiga insholar)(Eisenbrauns: Winona Lake, Ind., 1997)
Manbalar
tahrir- ↑ Suroor. „Towards the birth of a 'new' Islam?“. The Hindu (2015-yil 23-mart). Qaraldi: 2021-yil 1-may.
- ↑ Nomani, Asra Q. „Going where I know I belong“. Washington Post (28-dekabr 2003-yil). 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
- ↑ „Asma Asfaruddin“. University Indiana.
- ↑ „Interview with Asma Afsaruddin“. ThatReligiousStudiesWebsite (20-iyun 2007-yil).
- ↑ „IU professor honored by Iran's president for her scholarly book on new understanding of jihad“. Indiana University. Qaraldi: 4-sep 2016-yil.
- ↑ Reviews of Contemporary Issues in Islam:
- ↑ Reviews of Striving in the Path of God: Jihad and Martyrdom in Islamic Thought:
- ↑ Reviews of The First Muslims: History and Memory: