Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Oʻzbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi „Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 608-sonli qaroriga[1] asosan, shuningdek, Federal Baliqchilik agentligining 2020-yil 19-martdagi 141-sonli Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining „Astraxan davlat texnika universiteti“ „Toshkent viloyatida filialini tashkil etish toʻgʻrisida“gi buyrugʻi asosida tashkil etilgan.
Xalqaro nomi |
Branch of the Federal State Budgetary Educational Institution of Higher Education "Astrakhan State Technical University" in the Tashkent region of the Republic of Uzbekistan |
---|---|
Turi | Filial |
Asos solingan sanasi | 2020 |
Talabalari | 1,000+ |
Bakalavriat | 4 ta yoʻnalish |
Fan doktorlari | 15 |
Professorlari | 10 |
Manzili |
Universitet ko‘chasi, 2 - uy, Qibray tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston |
Veb-sayti | https://www.astutr.uz/ |
Rahbariyat
tahrir- Ijrochi direktor: Xamrakulov Abdullajon Kadirovich
- Umumiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari: Djumonov Dilshod Safaroliyevich
Fakultetlar
tahrirKafedralar
tahrir- Suv bioresurslari va texnologiyalari
- Umumiy ekologiya va iqtisodiyot
- Ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy fanlar
Bakalavr yoʻnalishlari
tahrirKunduzgi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 05.03.06 | Ekologiya va tabiatni boshqarish |
2 | 19.03.03 | Oziq-ovqat texnologiyasi |
3 | 35.03.08 | Suv bioresurslari va aqvakultura |
4 | 38.03.01 | Iqtisodiyot |
Sirtqi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 05.03.06 | Ekologiya va tabiatni boshqarish |
2 | 19.03.03 | Oziq-ovqat texnologiyasi |
3 | 35.03.08 | Suv bioresurslari va aqvakultura |
Kechki taʼlim
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 38.03.01 | Iqtisodiyot |
Xalqaro faoliyat
tahrirTalabalar hayoti va yutuqlari
tahrirFilialda talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Filialda jami 9 ta toʻgarak mavjud boʻlib, ularning 5 tasi ilmiy, 4 tasi sport toʻgaraklari boʻlib, jami 140 nafar talabalar toʻgaraklar aʼzosi hisoblanadi.
Talabalarning tadqiqot ishlarini baholovchi koʻrsatkichlar:
- Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanuvchi talabalar soni 46 nafarni tashkil etdi.
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini nazorat qiluvchi oʻqituvchilar soni 14 nafarni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining № PF-6309 2021 yil 9 sentyabrdagi „Respublikaning oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi [2] farmoniga muvofiq 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari, shuningdek respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Davlat nomdor stipendiyalari uchun tanlovlar oʻtkaziladi.
Joriy oʻquv yili boshida, belgilangan tartibda filialda 2023-2024 oʻquv yili uchun nomzodlarni tanlab olishning dastlabki bosqichi boʻlib oʻtdi va uning natijalari toʻgʻrisidagi barcha zarur maʼlumotlar, shuningdek, tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Koʻrik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun taqdim etildi.
Filial talabalari R.Nurmatova va Sh. Toʻgaev Beruniy hamda Islom Karimov nomidagi stipendiya tanlovida qatnashish uchun hujjatlari barcha mezonlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi respublika komissiyasida belgilangan tartibda koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 516-sonli buyrugʻiga asosan 2/109-sonli guvohnoma asosida Nurmatov Ruhsora Utkir qizi Beruniy nomidagi stipendiya sohibi deb eʼtirof etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 516-sonli buyrugʻiga asosan 4/112-sonli guvohnoma asosida, Togayev Shokhruh Akbarovich Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibi sifatida eʼtirof etildi.
„Ekologiya va tabiatdan foydalanish“ yoʻnalishining 3-kurs talabasi Sh. Togaev № FZ-202010281-"Koloradodagi xavfli karantin majmuasining entomopatogen mikroorganizmlariga qarshi yangi biologik preparatlarni ishlab chiqish" va „Qiyin hududlarda etishtiriladigan moyli urugʻlarni nazorat qilish uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini rivojlantirish“ loyihalarida ishtirok etadi.