Astrid Lindgren Anna Emiliya (1907.14.11, Vimmerbyu) – shved yozuvchisi. Lindgrenning birinchi kitoblari – „Britt-Mari yurakka taskinlik baxsh etadi“ (1944) va „Uzunpaypoq Peppi“ (1945–52). Shvetsiya bolalar adabiyotidagi didaktik sentimental anʼanalarni oʻzgartirdi.

Bolalar uchun atalgan „Mio, bolajonim Mio“ (1954), „Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson“ (1955), „Tomda yashaydigan Karlson yana uchib keldi“ (1962), „Tomda yashaydigan Karlson yana paydo boʻldi“ (1968) kabi kitoblari bor. Bu uch qissa 1988-yil oʻzbek tilida „Mittivoy va Karlson“ nomi bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan. „Mashhur izquvar Kalle Blyumkvist“ (1946), „Daydi Rasmus“ (1956) kitoblarida bolalar qarovsizligi bilan bogʻliq muammolarni koʻtargan. Lindgrenning „Lyonneberglik Emil“ (1963–72), „Qaroqchining qizi Ronya“ (1981) kitoblari ham mashhur. Lindgren insonparvarlik ruhidagi ijodi uchun X. K. Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan (1958). Nobel mukofoti laureati (1994).[1]

Uning "Mio, bolajonim Mio" va "Uzunpaypoq Peppi" asarlari 2022-yil Zabarjad media nashriyoti tomonidan o'zbek tilida chop etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil