Atik Valide masjidi
Atik Valide masjidi (turkcha: Atik Valide Camii, Eski Valide Camii) – XVI asrdagi Usmonli imperiyasi masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, katta va aholi zich joylashgan Üsküdar (talaffuzi: Uskudar) tumanidagi tepalikda joylashgan. Masjid sulton Salim II ning rafiqasi Nurbanu Sulton uchun madrasa, mehmonxonalar va qoʻshaloq karvonsaroyni oʻz ichiga oluvchi katta majmuaning bir qismi sifatida tashkil qilingan. Masjidni imperiya meʼmori Xoʻja Sinon loyihalashtirgan. 1571-yilda bitta minoradan iborat kichik masjid qurilishi rejalashtirila boshlangan. Keyinchalik esa masjid binosi kengaytirilgan, Nurbanu Sultonning vafotidan uch yil oʻtib, 1586-yilda inshoot toʻliq qurib bitkazilgan.
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Üsküdar |
Koordinatalar | 41°01′08″N 29°01′26″E / 41.018797°N 29.023862°E |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Xoʻja Sinon |
Binokorlik | 1571—1586 |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 12.7 m (42 ft) |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiali | granit, marmar, koshinlar |
Atik Valide masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirAtik Valide masjidi (tarjimasi: Eski Volida Sulton masjidi) Istanbul hududida joylashgan masjidlar orasidagi maydoni jihatdan keng qurilgan majmualardan biri hisoblangan[1]. Masjid sulton Salim II ning venetsiyalik rafiqasi va Murod III ning onasi Nurbanu Sultonga atab qurilgan. Nurbanu Sultan ayollar saltanati deb atalgan davrda Usmonlilar imperiyasini haramdan turib samarali boshqargan birinchi Volida Sulton (ona qirolicha) boʻlgan[1]. Atik Valide masjidlarini qurish va taʼmirlash uchun 1583-yilda vaqf tashkil etilgan[2]. Kilis va Reşwan (talaffuzi: Reshvan) qabilasidan kelgan kurdlardan olingan soliqlar aynan masjid qurilishi va taʼmirlanishi uchun sarflangan[2].
Masjid Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, uch bosqichda qurilgan. 1571-yilda masjid poydevori qoʻyilgandan to 1574-yilda masjidning dastlabki nusxasi qurib bitkazilgunga qadar qurilish ishlarini boshqa meʼmor boshqargan, chunki oʻsha vaqtda meʼmor Sinon Edirneda joylashgan Salimiya masjidi qurilishida boʻlgan. Atik Valide masjidi qurilishining ikkinchi bosqichi 1577-yildan 1578-yilgacha davom etgan. Ushbu qurilish davomida binoga ikkinchi minora qoʻshilgan boʻlib, u bitta galereyadan iborat boʻlgan. Qurilish ishlari davomida inshootga, shuningdek, qoʻsh ayvon ham qoʻshilgan. Qurilishdagi bu oʻzgarishlar, ehtimol, Nurbanu Sultonning mavqei yanada oshgani sababli ham amalga oshirilgan boʻlishi mumkin, chunki 1574-yilda uning oʻgʻli Murod III taxtga oʻtirgandan soʻng, sulton xonim Volida Sultonga aylangan. Nurbanu Sulton 1583-yilda vafot etgan va qurilishning uchinchi va oxirgi bosqichi uning vafotidan keyin 1584 va 1586-yillar oraligʻida boʻlib oʻtgan. Masjid markaziy gumbazining har ikki tomoniga bir juft kichik gumbazlar qoʻshilgan va shu orqali bino yon tomonga kengaytirilgan[1].
Atik Valide masjidi madrasa, hadis maktabi, Qur’on tilovati maktabi, boshlangʻich maktab, darvishxona, shifoxona, mehmonxona va qoʻshaloq karvonsaroyni oʻz ichiga olgan katta majmuaning bir qismini tashkil qilgan[1]. Shuningdek, masjidda hammom ham qurilgan[1].
Arxitekturasi
tahrirMasjidning asosiy maydoni 12.7 metr (42 ft)[1].
Qibla devori va mehrob Iznik koshinlari bilan bezatilgan. Mehrobning ikki tomonidagi yon devorlariga bahorgi gullar tasviri tushirilgan. Shimoliy jabhada joylashgan panellarda, shuningdek, markaziy panellarda ham Qur’on suralaridan iqtiboslar keltirilgan (48:3-4)[3][4][1].
Yuqori qavatlar XIX asrda harbiy kasalxona va qamoqxonaga aylantirilganda hospis binolariga qoʻshib yuborilgan[1].
Galereya
tahrir-
Atik Valide masjidining janubiy tomondan madrasa bilan birgalikdagi koʻrinishi
-
Atik Valide masjidining kirish qismi
-
Atik Valide masjidining yomondan koʻrinishi
-
Atik Valide masjidining kirish qismi
-
Atik Valide masjidining kichik teshikdan koʻrinishi
-
Atik Valide masjidi balkoni
-
Atik Valide masjidining umumiy koʻrinishi
-
Atik Valide masjidining keng burchagi
-
Atik Valide masjididining mehrob hududi
-
Atik Valide masjidi koshinlari
-
Atik Valide masjidi koshinlari
-
Atik Valide masjidi koshinlari
-
Masjid hovlisi
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.
- Governorship of Istanbul. „General information on Atik Valide Mosque“. 2012-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-mart.
- Palerne, Jean. Peregrinations du S. Jean Palerne Foresien, Secretaire de François de Valois Duc d'Anjou (fr). Lyon: Iean Pillehotte, 1606 — 431-bet. Includes a description of the caravansaray during a visit in 1582.