Atirgulraʼnodoshlar turkumining xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qoʻyilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda oʻsadigan turlari xalqda raʼno, naʼmatak, qirq ogʻayni va itburun nomlari bilan maʼlum. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. Atirgulning Yer yuzida 250 – ZOYU turi, 25 mingdan ortiq navi bor. Oʻzbekistonda 19 turi, 600 dan ortiq navi oʻstiriladi. Bu navlar gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada oʻrnashishi, gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib oʻsishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi; fasl boʻyi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib oʻsadigan xillari koʻproq ekiladi. Atirgul asosan, payvand qilib, parxishlab va qalamchasini ekib koʻpaytiriladi. Payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytirishda iyulda terilgan naʼmatak mevalaridan ajratib olingan urugʻlar nam joyda saqlanib, noyabr oxiri – dekabr boshlarida ochiq dalaga sepiladi. Urugʻ unib chiqqanidan keyin kelasi yili aprel – avgust oylari davomida 4–5-marta chopiq qilinadi, 8 – 10-marta sugʻoriladi; avgust – sentabr oylarida Atirgul navi kurtaklari naʼmatakka payvand qilinadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtag unga ulangan kurtak hammasi yolgon yuqorisidan kesib tashlanadi, payvandni bogʻlagan chipta boʻshatiladi. Yoz davomida bachki shoxchalar 1 – 2-marta yulib tashlanadi, payvandi gul 15 – 20 sm oʻsgach, uning boʻyiga choʻzilishiga va muddatidan oldin gullashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesilib, vaqt-vaqti bilan yon shoxlari qisqartib turiladi. Atirgulni maxsus oʻsishni faollashtiruvchi moddalar bilan ishlov berib qalamchalardan ham koʻpaytirish mumkin. Atirgul koʻchatlari gulzorlarga kuzda va bahorda oʻtqaziladi. Gulzor tuprogʻi oldindan 30 – 35 sm chuqurlikda yumshatiladi, 1 m2 yerga 5–10 kg goʻng solinadi. Koʻchat 70 x 70 sm oraliqda oʻtqaziladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurning kengligi 30 – 40 sm, chuqurligi 40 – 50 sm qilinadi. Yoz davomida gulzor 20-martagacha sugʻoriladi, 6-martagacha chopiladi, 2-marta (1m2 yerga 30 g selitra va 45 g ammoniy sulfat hisobidan) oziqlantiriladi, unshudring kasalligiga qarshi oltingugurt kukuni bilan dorilanad i, begona oʻtlardan xoli tutiladi. Kech kuzda novdalar 1 – 2 kurtak qoldirib kesiladi. Baʼzi navlarning gulbarglaridan gulqand, murabbo qilinadi. Oʻzbekiston sharoitida Atirgul ochiq yerlarda apreldan noyabrning oxirigacha ochilib turadi, issikxonalarda yil boʻyi gul olish mumkin. Fransiya, Bolgariya, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ayrim turlari (damashq, fransuz va boshqalar) navlaridan qimmatbaho efir moyi olinadi.

Qizil atirgul
Charivari atirguli
Atirgul

Atirgul shaklidagi bezak, amaliy bezak sanʼatida keng qoʻllanadi. Atirgul kashtachilik (jumladan, doʻppi-doʻzlik)da milliy iroqi usuli bilan tikib, zargarlik (bilaguzuk yuziga), miskarlik (mis idishlar bezagi)da oʻyib va boshqa usulda yaratiladi.

Atirgul navlari: 1–Montezuma; 2–Loriya Dey; 3–Marella; 4–Papa Meyyan[1].

Galareya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar

tahrir