Naʼmatak (Rosa) – raʼnodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Boʻyi 3 m cha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushboʻy, rangi har xil, yakka yoki 2—3 tadan oʻrnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul oʻrnidagi soxta meva ichida tukli, bir urugʻli yongʻoqchalar joylashgan. N. turlari bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi, novda poʻstlogʻining rangi hamda novdadagi tikanlarning oz-koʻpligi va joylanishiga qarab farqlanadi. N. oʻrmonlarda ariq yoqalarida, butalar orasida, togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Guli chiroyli turlari bogʻlarda, xiyobonlarda va koʻchalarda oʻstiriladi.

Itburun naʼmatak (R. canina) mevasida 4—6%, baʼzan 18% cha C, B2, K, B oilasi vitaminlari, 18 mg% cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar boʻlib, tibbiyotda avitaminozning oldini olish va davolashda qoʻllanadi. N.ning manzarali turlari – atirgullardan olinadigan xushboʻy efir moyi (atirgul moyi), asosan, parfyumeriyada, undan tayyorlanadigan atirgul suvi (Aqua Rosae) farmatsevtikada dorilarning hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi[1].

Botanikasi

tahrir

Barglari poyada navbatma-navbat joylashgan. Koʻp turlarida uzunligi 5-15 smgacha keladi. Bargi shakli varaqasimon, chetlari tishli. Poyaning pastki qismidagi barg shakli nayzasimon. Asosan rangi doimiy yashil. Gultojbarglari beshta, baʼzi turlarida toʻrtta. Ranglari oq yoki pushti. Hasharotlar yordamida changlanadi. Atirgullarning yigʻma mevasi rezavor mevalar qatoriga kiradi. S vitaminiga boy. Atirgullarning novdasi boʻylab oʻsgan „tikan“ deb ataladigan oʻsimtalar epidermis toʻqimasidan kelib chiqqan boʻlib, haqiqiy tikandan deyarli farq qilmaydi. Namataklarning baʼzi turlarida ilgaksimon navdalari boʻladi va ulardan asosan manzarali oʻsimliklar sifatida foydalaniladi.

Evolutsiyasi

tahrir

Atirgullarning eng dastlabki avlodlari Kolorodo shtatidan topilgan[2]. Yevropaga erta Oligotsen davridan boshlab tarqalgan[3]. Bogʻ atirgullari turi XVIII asrda Xitoydan kelib chiqqan[4].


Manbalar

tahrir