Atirgullar ochdi chiroy
„Atirgullar ochdi chiroy“ (yoki „Azizim“) – aktyor va xonanda Kozim Qayumov tomonidan ijro etilgan mashhur qoʻshiq. Qoʻshiq dastlab „Masxaraboz“ filmida kuylangan. 1994–1996-yillarda suratga olingan Masxaraboz filmida ilk bor ijro etilgan qoʻshiq oʻz muxlislar orasida uzoq yillar mobaynida mashhurligini saqlab kelgan. Qoʻshiq bugunga qadar oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, uygʻur, ozarbayjon kabi oʻnga yaqin tillarda kuylangan[1].
„Atirgullar ochdi chiroy“ | |
---|---|
Kozim Qayumov qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1995 |
Davomiyligi | 3:45 |
Matn muallif(lar)i | Azim Suyun |
Kaverlari
tahrir2014-yil Jasurbek Jabborov hamda Dilnoza Akbarova ijrosida „Azizim“ nomi bilan qayta kuylangach, xorijiy respublikalarda ham ancha ommalashib ketgan. Qoʻshiq uchun olingan klip, 2024-yil mart oyi hisobiga koʻra, birgina „YouTube“ tarmogʻidagi eng yirik musiqiy portallardan biri – „RizaNova.uz“da 32 milliondan ortiq koʻrilgan, 6000 ga yaqin izoh yozilgan[2][1].
2016-yil qoʻshiqni qozogʻistonlik xonandalar Quandiq Rahim va Albina Shardarova qozoqchaga tarjima qilib, „Bolayik birge“ nomi ostida ijro etishdi. Xonandalar qoʻshiq ijrosi oldidan bastakor Mirhalil Mahmudovdan ruxsat soʻrashgan. Qoʻshiq klipi Oʻzbekistonda suratga olingan boʻlib, qozogʻistonliklar tomonidan iliq qabul qilingan. Qoʻshiqning „qozoqcha versiyasi“ asosida qirgʻizistonlik xonandalar – Nurlan Nasip va Samara Karimova qayta ijro etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 oyina.uz „“Atirgullar ochdi chiroy”, "Bolayik birge", "Ezizim" – xalqlarni birlashtirgan oʻzbek qoʻshigʻi“ (uz). Oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-mart.
- ↑ Jasurbek Jabborov va Dilnoza Akbarova - Azizim | Жасурбек ва Дилноза - Азизим (inglizcha), qaraldi: 2024-03-11