Masxaraboz (film)

mashhur oʻzbek filmi

Masxaraboz“ – 1995-yil namoyish etilgan mashhur oʻzbek filmi. Film ssenaristi va rejissyori Sharof Boshbekovdir.

„Masxaraboz“
Rejissyor(lar) Sharof Boshbekov
Ssenariynavis(lar) Sharof Boshbekov
Bastakor(lar) Mirhalil Mahmudov
Chiqarilgan sanasi 1995
Davomiyligi 81
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Tarixi

tahrir

Film 19941996-yillarda suratga olingan[1]. Baʼzi manbalarda 1995-yilda suratga olingani koʻrsatilgan[2]. Filmni suratga olish jarayoni Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi qishloqlardan birida amalga oshirilgan[3].

Film mavzusi

tahrir

Film bosh qahramoni ota-onasidan erta ayrilgan, gʻam-armoni boʻlsa ham barchasini kulgu va shodlik bilan yengib oʻtadigan yigit. U oʻzgacha fikrlari bilan hammadan ajralib turadi va insonlarga qoʻlidan kelgancha yaxshilik ulashib keladi. Koʻngil qoʻygan qiz oʻzga odamga turmushga chiqayotganini bilganida ham matonat va sabr bilan unga baxt tilaydi[2].

Saundtreklari

tahrir

Film uchun 2 ta saundtrek tanlab olingan. Ulardan biri – „Yigʻlamayman“ning soʻzi Sharof Boshbekovga tegishli. Mashhur „Atirgullar ochdi chiroy“ qoʻshigʻi muallifi esa Azim Suyundir[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 oyina.uz „“Atirgullar ochdi chiroy”, "Bolayik birge", "Ezizim" – xalqlarni birlashtirgan oʻzbek qoʻshigʻi“ (uz). Oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-mart.
  2. 2,0 2,1 «Masxaraboz» (Масхарабоз, komediya, o'zbekiston, 1995) | iTV.uz – TAS-IXda televideniye, kino va seriallar eng yaxshi sifatda., qaraldi: 2024-03-11 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 64 (yordam)
  3. uz, Daryo „«Масхарабоз» фильмидаги актёр Эргаш Мўминов нега экранларда кўринмай қолди? (фото)“ (uz). Daryo.uz (2021-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-mart.