Atle Selberg
Atle Selberg (talaffuzi: Atle Selberg) (14-iyun 1917-yil – 6-avgust 2007-yil) – norvegiyalik matematik. 1950-yil Fields medali, 1986-yil esa Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. Selberg analitik son nazariyasi hamda avtomorfik formalar teoriyasi boʻyicha ishlari bilan, xususan, ushbu teoriyalar bilan spektral teoriya oʻrtasidagi munosabat boʻyicha ishlari bilan tanilgan.
Atle Selberg | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyun 1917-yil Langesund, Norvegiya |
Vafoti |
6-avgust 2007-yil (90 yoshda) Princeton, New Jersey, AQSh |
Fuqaroligi | Norvegiya va AQSh |
Millati | Norvegiya |
Sohasi | Matematika |
Taʼlimi | Oslo universiteti |
Mashhur ishlari |
Chowla-Selberg formulasi Kritik chiziq teoremasi Maass-Selberg munosabatlari Selberg sinfi Selberg taxmini Selberg integrali Selberg iz formulasi Selberg zeta funksiyasi Selberg elagi |
Taʼsir olgan | Srinivasa Ramanujan |
Mukofotlari |
Abel mukofoti (faxriy) (2002) Fields medali (1950) Wolf mukofoti (1986) Gunnerus medali (2002) |
Selberg 1943-yil Oslo universitetidan PhD darajasini olgan. Ikkinchi jahon urushi davomida Germaniya Norvegiyani okkupatsiya qilishi ortidan yolgʻiz ishlashga majbur boʻlgan. Urush oʻz yakuniga yetganidan keyin, uning ilmiy ishlari maʼlum boʻlgan. Bular orasida Selbergning Riemann zeta funksiyasi nollarining musbat proporsiyasi chizigʻida yotishini koʻrsatib bergan isbotini aytib oʻtish mumkin.
Urushdan keyin Selberg elak teoriyasi ustida ishlay boshlagan va avval eʼtibor berilmagan ushbu sohaga qiziqishni oshirgan. 1947-yil Selberg elagini taklif qilgan. 1950-yillarda AQShga koʻchib borib, umrining oxirigacha Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ (2007-yil 9-avgust). „Atle Selberg (1917–2007)“ (en). Press-reliz.
- ↑ Maugh II, Thomas H.. „Atle Selberg, 90; Researcher 'Left a Profound Imprint on the World of Mathematics'“. Los Angeles Times (2007-yil 22-avgust). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.