Atrofiya (yunoncha "atropheo" – ozayapman) – toʻqimalar oziqlanishining buzilishi natijasida aʼzolarning kichrayib, hujayralar sifatining oʻzgarishi. Fiziologik va patologik atrofiya bir biridan farq qilinadi. Fiziologik atrofiya aʼzolar funksiyalarining toʻxtashi natijasida roʻy beradi. Organizm oʻsishdan toʻxtaganda, ayrisimon bez atrofiyalanib, yogʻ toʻqimasi koʻpayadi. Odam qarigan sari aʼzolar faoliyati susayishi natijasida bezlar va ichki aʼzolar hajmi kichrayadi, teri elastikligi yoʻqolib, ajin paydo boʻladi. Patologik Atrofiyaga turli kasalliklar (sil, oʻsmalar, zaharlanish va boshqalar) sabab boʻladi. Bunda aʼzolar hajmi kichrayadi. Atrofiya sabablari yoʻqotilsa, aʼzolar asli holiga qaytishi mumkin, jumladan singan suyak bitgandan soʻng atrofiyalangan muskullar tiklanib, harakat normallashadi. Atrofiyaning oldi olinmasa, hayot uchun xavf tugʻdirishi mumkin, masalan, koʻz nervi atrofiyasi koʻrlikka, muskullar astrofiyasi falajlikka, jinsiy bezlar atrofiyasi jinsiy qobiliyatning susayishi (farzand koʻra olmaslikka) sabab boʻladi[1].

Tadqiqot

tahrir

Sinovda o'tkazilgan bir dori moslamani yo'qotishning turini oldini olgan. Sut emuzuvchilarda o'tkazilgan sinovlar natijasida mushak atrofiyasida ishtirok etuvchi mushakda mavjud boʻlgan proteinning faoliyatini blokirovka qilganligini ko'rsatdi[2]. Biroq, dori yurakga uzoq muddatli ta'sir qilishi odamlarda uning muntazam foydalanilishini taqiqlaydi va boshqa foydali dorilar kashf qilinmoqda[3].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
  2. "Merg1a K+ channel induces skeletal muscle atrophy by activating the ubiquitin proteasome pathway". FASEB J 20 (9): 1531–3. May 24, 2006. doi:10.1096/fj.05-5350fje. ISSN 0892-6638. PMID 16723379. 
  3. „Drug could stop muscle wasting'“. NetDoctor.co.uk (2006-yil 25-may). 2007-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 27-may.