Auberge de Castille
Auberge de Kastille (maltacha: Berġa ta' Kastilja) — Maltaning Valletta shahrida joylashgan auberge. Auberge Kastiliya maydonida, Kavalier Sent-Jeyms, Malta fond birjasi va Yuqori Barrakka bogʻlari yaqinida joylashgan. Bino Valettaning eng baland nuqtasida joylashgan, hamda Floriana va Grand Harbor hududiga qaraydi.
Auberge de Castille | |
---|---|
Berġa ta' Kastilja | |
Auberge de Kastille 2019–yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Intact |
Turi | Auberge |
Meʼmoriy uslubi | Ispan barokko usuli |
Joylashuvi | Valletta, Malta |
Koordinatalar | 35°53′45″N 14°30′41″E / 35.89583°N 14.51139°E |
Egasi | Malta hukumati |
Texnik holati | |
Material | Tosh |
Qavatlar soni | 2 |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Andrea Belli |
Auberge de Castille |
Tarixi
tahrirAuberge de Kastille 1573-74-yillarda meʼmor Jirolamo Kassar loyihasi asosida qurilgan[1][2].
Hozirgi bino 1741-1744-yillarda Buyuk Usta Manuel Pinto da Fonseka davrida ispan barokko uslubida butunlay qayta qurilgan[3]. Yangi bino Andrea Belli loyihasi boʻyicha qurilgan va qurilishni kapomastro Domeniko Kachia boshqargan[4]. Baʼzi oʻzgartirishlar, jumladan, asosiy eshikni kattalashtirish 1791-yilda amalga oshirilgan[5].
Fransiya istilosi va Britaniya hukmronligi
tahrirAvliyo Ioann ordeni 1798-yilda fransuzlar bosqini tufayli Maltadan chiqarib yuborilgan. Keyinchalik auberge fransuz kuchlarining shtab-kvartirasiga aylandi[6]. Bino 1798-1800-yillardagi blokada paytida biroz zarar koʻrgan[7].
1800-yilda inglizlar Maltani bosib oldilar, shu yilning sentabr oyida Malta protektoratini yaratdilar. Bu protektorat rasman Sitsiliya Qirolligi tomonidan boshqarilgan, lekin aslida Britaniya imperiyasining bir qismi edi. 1805-yilda auberge Maltadagi Britaniya qurolli kuchlarining bosh qarorgohiga aylandi. 1813-yilda Malta Britaniya imperiyasi tarkibidagi Malta toj mustamlakasi sifatida rasman Britaniya hukmronligi ostiga oʻtdi. Auberge ingliz zobitlari uchun qarorgoh sifatida ham ishlatilgan. 1814-yilda Misr armiyasi nogiron askarlari aubergega joylashtirildi. 1840-yilda birinchi qavatdagi xonalardan birida protestant cherkovi ochildi. 1889-yilda Grand Harborda bogʻlangan Oʻrta yer dengizi flotining harbiy kemalari bilan aloqa qilish uchun tomga katta antennali signal stantsiyasi oʻrnatildi[8]. U Kastiliya minorasi sifatida tanilgan[9].
Qirolicha Yelizaveta II Auberge de Kastilleda Askarlar, dengizchilar, harbiy xizmatchilar oilalari uyushmasi bilan uchrashgan[10].
1942-yilda, Ikkinchi Jahon urushi paytida, binoning oʻng tomoni havo hujumidan zarar koʻrdi[11]. Keyinchalik shikastlangan qismlar taʼmirlandi. 1954 yildan keyin bino Malta va Liviya, shuningdek, Kipr uchun armiyaning Bosh shtab-kvartirasi sifatida ishlatilgan[12].
Mustaqil Malta
tahrirMamlakat 1974-yil dekabr oyida rasman Malta Respublikasi sifatida eʼlon qilindi. 1972-yil 4‐martda Malta Bosh vazirining idorasi Auberge d’Aragondan Auberge de Kastillega koʻchib oʻtdi[13]. Bosh vazir hukumat ishlarini aubergedan turib boshqaradi[14].
Yillar oʻtib, toshdan qilingan qismlarning bir qismi parchalana boshladi va fasadlar qorayib ketdi. Bino 2009 va 2014-yillar orasida qayta tiklandi[15].
Bino 1925-yilda Vallettadagi boshqa aubergelar bilan birga antik buyumlar roʻyxatiga kiritilgan[16]. Endi u Malta Atrof-muhit va rejalashtirish boshqarmasi tomonidan 1-darajali milliy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan. Bundan tashqari bino Malta orollari madaniy mulki milliy inventarizatsiyasiga ham kiritilgan[17].
Esdalik tangalari
tahrirAuberge de Castille 2008-yilda Malta Markaziy banki tomonidan zarb qilingan ikkita esdalik tangalarida tasvirlangan. Tangalarning orqa tomonida bino, old tomonida esa Malta gerbi tasvirlangan[18].
Manbalar
tahrir- ↑ „Auberge de Castille et Leon“. National Inventory of the Cultural Property of the Maltese Islands (2012-yil 28-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The first Auberge de Castille“. angelfire.com. 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „UNESCO Features: A Fortnightly Press Service“. United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization. (1980-yil 24-fevral).
- ↑ „Auberge de Castille et Leon“. National Inventory of the Cultural Property of the Maltese Islands (2012-yil 28-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Auberge de Castille – Valletta“. Restoration Directorate. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Auberge de Castille – Valletta“. Restoration Directorate. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Auberge de Castille“. Office of the Prime Minister. 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „History of Auberge de Castille“. CulturalMalta. 2013-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „History“. melitensiawth.com. Qaraldi: 2020-yil 10-fevral.
- ↑ Hicks Pamela (2013), „Daughter of Empire: My Life as a Mountbatten“, Simon and Schuster, p. 171.
- ↑ „Auberge de Castille – Valletta“. Restoration Directorate. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „History of Auberge de Castille“. CulturalMalta. 2013-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Auberge de Castille“. Office of the Prime Minister. 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Deputat tal-PN tallega li hemm 'direct link' bejn Kastilja u l-MEPA“ (mt). iNews Malta (2016-yil 16-iyun). 2016-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Last scaffolding comes down as five-year Castille restoration is completed“. Times of Malta (2014-yil 13-iyul). 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Protection of Antiquities Regulations 21st November, 1932 Government Notice 402 of 1932, as Amended by Government Notices 127 of 1935 and 338 of 1939.“. Malta Environment and Planning Authority. 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Auberge de Castille et Leon“. National Inventory of the Cultural Property of the Maltese Islands (2012-yil 28-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Europa Programme 2008 with the theme of 'Cultural Heritage' – Auberge de Castille“. Central Bank of Malta. Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.