Racing Club de Avellaneda – Buenos Ayres shahrida joylashgan Argentina professional futbol klubi. 1903-yilda tashkil etilgan Racing Argentinaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi[1][2]. Racing hozirda Argentinaning Primera Divisiónida ishtirok etib keladi.

Racing Club
Toʻliq nomi Racing Club
Laqabi La Academia (The Academy)
El Primer Grande (The First Great)
Asos solingan 25-mart, 1903-yil (121 yil avval) (1903-03-25)
Estadio Presidente Perón
Sigʻimi 41,900
President Víctor Blanco
Direktori Gustavo Costas
Liga Primera División
Oʻrni 12-chi
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Racing „Primera División“ chempionatida 18 marotaba gʻalaba qozongan, 1913—1919-yillar oʻrtasida yetti marta ketma-ket chempionat gʻolibiga aylangan[3]. Racing nafaqat Argentina futbol tarixida ketma-ket titullar rekordiga ega, balki bu kabi yutuqqa erishgan Janubiy Amerikadagi yagona jamoa hisoblanadi. Shuningdek, jahon chempioni boʻlgan mamlakatlarda yetti marta chempion boʻlgan toʻrtta klubdan biri[4][3].

Klubda, shuningdek, beshta Ibarguren kubogi, toʻrtta Copa de Honor Municipalidad de Buenos Aires va bitta Copa Beccar Varela sovrinlari mavjud[5]. Ushbu yutuqlarga sabab jamoa„La Academia“ („Akademiya“) laqabini olgan va bu laqab haligacha klub va uning muhlislarini anglatadi.

Xalqaro maydonda klub 6 ta titulni qoʻlga kiritgan, ulardan 3 tasi CONMEBOL va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan musobaqadagi sovrinlardir[6]. Bir marotaba „Copa Libertadores“, bir marotaba Intercontinental Cup va Supercopa Libertadores sovrinlarida chempionlikga erishgan[7].

Jamoaning uy libosidagi ranglari Argentina milliy futbol terma jamoasinikiga oʻxshash, moviy va oq ranglari mavjud. Shortik va paypoqlar qora, koʻk yoki oq rangda. Futboldan tashqari, Racingda nomi bilan qatnashuvchi boshqa sport klublari ham mavjud. Badiy gimnastika, basketbol, plyaj futboli, boks, shaxmat, maydon xoki, futzal, qoʻlbola, jang sanʼati, tennis va voleybol kabi sport jamoalari mavjud[8].

 
Klub birinchi logotipi(1903)

Klubning kelib chiqishi XIX asr oxirida Buenos-Ayresning Buyuk Janubiy temir yoʻli xodimlariga borib taqaladi. Ular rahbarlarga futbol maydoni qurib berish va u yerda futbol oʻynash talabini qoʻyishadi. Ushbu talab qondirilgandan soʻng, ular oʻzlarining asosan britaniyalik immigratorlar tomonidan tashkil etilgan jamoalarga qarshi birinchi oʻyinlarini ushbu stadionda oʻynashni boshlaydilar[9].

1898-yilda ushbu ishchilar „Argentinos Excelsior Club“ nomli klubni tashkil etishdi. Bu klub 1901-yilda oʻz faoliyatini yakunladi. Shunga qaramay, klub 1902-yil 16-martda „Colorados Unidos“ nomi bilan qayta tashkil etildi.

Racing 1905-yilda Argentina futbol assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan va Argentina futbol ligasi tizimining quyi divizionlarida oʻynay boshlagan. 1906-yilda klub Segunda Divizionida oʻynash uchun roʻyxatdan oʻtgan.

Futboldagi ilk yillar

tahrir
 
Racing Club jamoasi (1910-yil)

1909-yilda Racing Primera divizioniga chiqish uchun pley-offda ishtirok etdi, ammo Gimnasia va Esgrima de Buenos-Ayres klublaridan magʻlubiyatga uchradi. Racing nihoyat 1910-yilda birinchi divizionga koʻtarilib, pley-off bosqichida „Boka Xuniors“ga qarshi 4000 tomoshabin qarshisida gʻalaba qozondi.

Stadion

tahrir

Racing klubi uy oʻyinlarini „Estadio Presidente Peron“ arenasida (Argentinaning sobiq prezidenti Juan Domingo Perón sharafiga nomlangan), xalq orasida „El Cilindro de Avellaneda“ arenasida oʻtkazadi. Stadion 1950-yilda ochilgan va 1997-yilda qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan[10].

Maydonning oʻlchami 105x70 metr. Racingning stadioni Argentinada River Pleyt stadionidan keyin ikkinchi yirik stadion hisoblanadi. Dastlab, arena 120 000 sigʻimga ega boʻlishi mumkin edi, ammo qayta qurishlar davomida uning sigʻimi 64 161 ga qisqartirildi[11].

 
Racing Club stadionining panoramik koʻrinishi, 2019-yil avgust

Futbolchilar

tahrir

Joriy tarkib

tahrir
2024-yil 18-fevral.[12]
Amplua Futbolchi
1   ARG DR Roberto León
2   ARG HM Agustín García Basso
3   ARG HM Marco Di Cesare
4   ARG HM Iván Pillud
5   ARG HM Juan Ignacio Nardoni
6   ARG HM Nazareno Colombo
7   ARG HJ Maximiliano Salas
8   COL YH Juan Fernando Quintero
9   ARG HJ Adrián Martínez
10   COL HJ Roger Martínez
13   ARG YH Santiago Sosa (on loan from Atlanta United)
15   URU HM Gastón Martirena
17   COL HJ Johan Carbonero
18   ARG YH Agustín Urzi
19   ARG YH Leonel Miranda
20   ARG HM Germán Conti
Amplua Futbolchi
21   CHI DR Gabriel Arias
22   ARG YH Baltasar Rodríguez
25   ARG DR Facundo Cambeses
27   ARG HM Gabriel Rojas
28   ARG YH Santiago Solari
29   ARG YH Santino Vera
30   ARG HM Leonardo Sigali (captain)
32   ARG YH Agustín Almendra
34   ARG HM Facundo Mura
35   ARG HM Santiago Quirós
36   ARG YH Bruno Zuculini
38   ARG HM Tobías Rubio
41   ARG HJ Ramiro Degregorio
47   ARG HM Ignacio Galván
49   ARG YH David González Torres

Ijaraga berilgan futbolchilar

tahrir
Amplua Futbolchi
  ARG HM Ignacio Galván (Orlando City Bda 2023-yil 30-noyabrgacha)
  URU YH Fabricio Domínguez (Defensa y Justiciada 2023-yil 31-dekabrgacha)
Amplua Futbolchi
  ARG YH Julián López (Defensa y Justiciada 2023-yil 31-dekabrgacha)

Barcha davrlardagi futbolchilar rekordlari

tahrir

Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar

tahrir
 
Natalio Perinetti jamoa bilan 17 yil davomida 405 ta o‘yin o‘tkazib, eng ko‘p o‘yin o‘tkazish rekordiga ega
Futbolchi Pozitsiyasi Davr Oʻyin
1   Natalio Perinetti FW 1917–33 405
2   Gustavo Costas DF 1982–92, 1994–95 337
3   Agustín Cejas GK 1962–69, 1977–80 334
4   Claudio Ubeda DF 1995–2003, 2005–06 329
5   Juan Carlos Cárdenas FW 1964–72 321
6   Ezra Sued FW 1943–54 308
7   Carlos Squeo DF 1969–72, 1974–77, 1984 303
8   José García Pérez (:es) DF 1938–57 272
9   Rubén Díaz DF 1965–73, 1977–78 246
10   Roberto Díaz (:es) FW 1975–80, 1982–83 244

Eng koʻp gol urganlar

tahrir
 
Alberto Ohaco, 12 yil ichida Racingda 244 ta gol urgan barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari
Futbolchi Pozitsiyasi Davr Gol
1   Alberto Ohaco FW 1912–23 244
2   Alberto Marcovecchio FW 1911–22 207
3   Albérico Zabaleta FW 1916–23 141
4   Evaristo Barrera FW 1932–38 138
5   Juan José Pizzuti FW 1952–54, 1956–62 125
6   Pablo Frers FW 1907–12 121
7   Natalio Perinetti FW 1917–33 112
8   Pedro Ochoa FW 1916–31 109
9   Llamil Simes FW 1948–55 106
10   Juan Perinetti (:it) FW 1908–27 99

2000-yildan keyingi murabbiylar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Racing Club: ¿Por qué es considerado el primer equipo grande de Argentina?“ (es). El Comercio Perú (2019-yil 2-aprel). 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
  2. Taveira. „Racing, el Primer Grande en serio“ (es-ES). Infobae (2019-yil 30-iyun). 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
  3. 3,0 3,1 Juventus salió campeón y se sumó al club de los heptacampeones on Bolavip, by Juan Arias Montoya, 13 May 2018
  4. „El único e irrepetible heptacampeón de nuestro fútbol“. Racing Club (2018-yil 14-dekabr). 2021-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
  5. „Campeones de Primera División“ (es-AR). AFA. 2023-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  6. „Las competiciones oficiales de la CONMEBOL“. Conmebol.com (2015-yil 19-avgust). 2017-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  7. „Palmares“ (es). Racing Club. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
  8. „Polideportivo J. Camba“. Racing Club - Sitio Oficial. 2014-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-avgust.
  9. „Así nació la Academia“ (es). Ole.com (2010-yil 16-mart). 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
  10. „Estadio Presidente Perón“. Soccerway. Global Sports Media. 2013-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyun.
  11. Características del estadio at Club’s official website[sayt ishlamaydi].
  12. „Racing Club squad“. Racingclub.com.ar. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-may.

Havolalar

tahrir

34°40′03″S 58°22′07″W / 34.66750°S 58.36861°W / -34.66750; -58.36861